Milliy libos, kashtachilik, to’qimachilik
Download 1.83 Mb.
|
Texnologik jarayonlarni loyixalash O\'quv uslubiy majmua 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11-MA’RUZA. Mavzu: ISHLAB CHIQARISH OQIMINI TASHKILIY-TEXNOLOGIK YECHIMINI SHAKLLANTIRISH.
- Ishlab chiqarish oqimini asosiy va qo’shimcha xisob shartlarini aniqlash.
Nazorat savollari.
Ishlab chiqarish oqimining asosiy parametrlari va ularni xisoblash. Tashkiliy texnologik sxemani tuzishga qo’yiladigan talablar. Ishlab chiqarish oqimidagi ishchilar soni qanday aniqlanadi? 11-MA’RUZA. Mavzu: ISHLAB CHIQARISH OQIMINI TASHKILIY-TEXNOLOGIK YECHIMINI SHAKLLANTIRISH. (2-soat) Reja: 1. Ishlab chiqarish oqimini asosiy va qo’shimcha xisob shartlarini aniqlash. 2. Texnologik jixatdan bo’linmaydigan operatsiyalar. Ishlab chiqarish oqimini asosiy va qo’shimcha xisob shartlarini aniqlash. Ishlab chiqarish jarayonlarining navbatdagi bosqichi bu texnologik operatsiyalarni tashkiliy operatsiyalarga o’tish tartibini o’rnatish va loyixalashtirilayotgan tikuv sexida ishlab chiqarish oqimi uchun tashkiliy-texnologik sxemasini tuzish, ishchi o’rinlarini joylashtirish usulini aniqlashdir. Ishlab chiqarish oqimini texnologik sxemasi tashkiliy operatsiyalaridan iborat. Tashkiliy operatsiyalar buyum tikish texnologik tartibi va texnologik jarayon graf modeli “daraxti” asosida tuziladi. Tashkiliy operatsiyalarni tuzish uchun ma’lum shartlarga rioya qilish zarur. Bu shartlar ikki turga bo’linadi: tashkiliy shartlar; hisob shartlari. Konveyerli oqimlarda tashkiliy operatsiyalarni tuzish uchun quyidagi tashkiliy shartlarga rioya qilish zarur. Kiyim tikish texnologik tartibi buzilmaslik kerak. Ishlab chiqarish jarayonida mexnat predmetlarini ish o’rinlariga qayta-qayta kelishiga yo’l qo’yilmaslik. Tashkiliy operatsiyalarni bajarish vaqti ishlab chiqarish oqimini ma’romiga mos yoki karrali bo’lib, ma’romga nisbatan farq: qat’iy ma’romli oqimlar uchun ±5÷10 % ; erkin ma’romli oqimlar uchun -5 ÷ + 15% ortib ketishiga yo’l qo’yilmaslik. Ishchilarni malakasidan to’g’ri foydalanish zarur, ya’ni bitta tashkiliy operatsiyaga razryadlari bir xil yoki yonma-yon turgan razryadli operatsiyalarni birlashtirish mumkin.(Masalan: 3 bilan 4, 2 bilan 3, 4 bilan 5). Ba’zan razryadlari har xil bo’lgan operatsiyalarni birlashtirish. Asbob-uskunalardan to’liq foydalanish zarur. Bitta tashkiliy operatsiyaga ixtisos jixatdan (asbob uskuna) bir xil operatsiyalarni birlashtirish mumkin. Ba’zan: - operatsiyani davom etish vaqti ma’romdan kam bo’lgan operatsiyalardan turli maxsus mashinalarda (izma yo’rmaydigan va tugma qadaydigan va puxta yo’rmaydigan mashinalarda tikiladiganlarini) birlashtirishga yo’l qo’yiladi; - tikish mashinaliridagi turli xil ishlarni o’tirib bajariladigan qo’l ishlari bilan birlashtirish; - presslash bilan dazmollash operatsiyalarini birlashtirish; - presslash yoki dazmollash ishlari bilan tik turib bajariladigan qo’l ishlarini birlashtirish. Mashinada bajariladigan operatsiyalarni tuzishda tashkiliy operatsiyaga kiritilgan, texnologik jixatdan hamma operatsiyalarni bitta moslamadan foydalanib bajarish mumkinligi hisobga olinadi. Juft detallarni tikishda bo’linmas operatsiyalarni bitta tashkiliy operatsiyaga kiritish lozim. Mashinada bajariladigan operatsiyalarni birlashtirishda shu tashkiliy operatsiyani bajarishda bir xil turdagi ipdan foydalanishi va tikilayotgan gazlamaning qalinligi taxminan bir xil bo’lishi ko’zda tutiladi. Bundan tashqari, yuqorida qayd etilgandek, tashkiliy operatsiyalarni tuzishda uning hisob shartiga rioya qilish zarur. Ishlab chiqarish oqimida ish bir ma’romda bo’lishi uchun tashkiliy operatsiyalarning davom etish vaqtini ma’romga teng yoki karrali qilib moslanadi. Bu shart quyidagicha ifodalanadi: t t.o.= k * τ bunda: t t.o- tashkiliy operatsiyani sarf vaqti,s; k- operatsiyani bajaradigan ishchilar soni, ishchi; τ- ishlab chiqarish jarayonini ishlash ma’romi,s. Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling