18-MA’RUZA.
Mavzu: TIKUV SEXIGA QO’SHIMCHA ASSORTIMENT TANLASH. (2-soat)
Reja:
1. Qo’shimcha assortiment tanlash va asosiy parametrlarini hisoblash.
2. Texnologik jarayonlarni loyihalashning avtomatlashtirilgan tizimi.
Qo’shimcha assortiment tanlash va asosiy parametrlarini hisoblash.
Sexning ixtisoslashtirilishiga qarab qo’shimcha ishlab chiqarish oqimlari uchun tikuv buyumlar turlari tanlanadi. Bu oqimlarda ishlab chiqariladigan qo’shimcha tikuv buyumning sermexnatligi, oqimdagi ishchilar soni (asosiy oqimdagi ishchilar soniga teng bo’ladi) asosida oqimning quvvati va ishlash ma’romi hisoblandi.
Qo’shimcha oqimning quvvati quyidagicha aniqlanadi:
Bu yerda: Tq - qo’shimcha assortimentni tikishga sarflanadigan vaqt;
Na –loyihalanayotgan sexdagi qo’shimcha oqimdagi ishchilar soni.
Texnologik jarayonlarni loyihalashning avtomatlashtirilgan tizimi.
- tikuv buyumlarni tayyorlash bo’yicha texnologik operatsiyalar ma’lumotnomasini ishlab chiqish;
- elektron me’yoriy ma’lumotnomadan foydalanib sarf vaqti normasi va furnitura sarfi bo’yicha xisoblarni avtomatik bajarish;
- kiyim ishlab chiqarish jarayonining tashkiliy-texnologik sxemasini avtomatik shakllantirish;
- aloxida ishchilarni va korxonani ishlab chiqarish bo’yicha amaldagi ma’lumotlarni hisobga olish;
- tikuv buyumini va oqimni to’liq sikl davomida loyixalashni ma’lumotnoma va loyixa ma’lumotidan foydalanishning yagona yondoshuvini ishlab chiqish;
- chiqish xujjatlarini avtomatik shakllantirish.
Buyumni loyixalash moduli
Modul tizimning ma’lumot qismini yaratishga uni qo’llash bilan tikuv buyumini texnologik loyixasini shakllantirishga va operatsiyani bajarish sarf vaqtini aniqlashga imkon beradi.
Texnologik operatsiyalarning shakllangan ma’lumotnomasi buyum uzellariga ishlov berish sxemalarini berishi mumkin.
Eleandr CAPP tizimi bazaviy modulining ma’lumot qismi tizim bilan ishlash jarayonida yig’iladigan asbob-uskuna, gazlama, ishlov berish usullari, sarf vaqti, tayyor loyixa qarorlari haqida ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Yagona ma’lumot muxiti yangi ishlab chiqilgan loyixa ma’lumotnomaning istalgan qismidan nusxa olish va o’zgartirish imkonini beradi. Shunday qilib, aloxida «kubik» lardan yangi loyixa qarorlarini «yig’ish» mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |