Milliy libos, kashtachilik, to’qimachilik


Download 1.83 Mb.
bet55/71
Sana22.12.2022
Hajmi1.83 Mb.
#1041774
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   71
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni loyixalash O\'quv uslubiy majmua 2021

4- AMALIY MASHG’ULOTI
MAVZU: Buyum tikish texnologik tartibini tuzish

ISH MAZMUNI


1.Buyum tikish texnologik tartibini jadval ko’rinishida tuzish. Chok kodini aniqlash.
2.Bо’linmas operatsiyalarni bajarish vaqtini aniqlash.
3.Operatsiyalar razryadi va ularni bajarish uchun asbob-uskuna tanlash.
4.Buyumga ishlov berish usulini aniqlash va jadvalini tuzish.

USLUBIY KO’RSATMA


Eng ilg’or taraqqiy etgan asbob-uskuna va tikish usullarini tanlash asosida laboratoriya mashg’ulotda tanlangan modelga muvofiq texnologik tartib tuziladi.
Talabalar texnologik tartibini ishlab chiqar ekan, uslubiy qo’llanmada mavjud bo’lgan va laboratoriya ishida taklif etilgan ish o’rinlarini taqqoslab, o’z takliflari kam harajligi va afzalligini asoslab berishi kerak.

HISOBOTGA QO’YILGAN TALABLAR


Ushbu laboratoriya mashg’ulotni rasmiylashtirilganda quyidagilarni berilishi lozim:
Tanlangan buyum modellarni tikish texnologik tartibini tuzish va amalda qo’llanayotgan texnologik tartibi bilan taqqoslab, mexnat sarflarning samarasini aniqlash yuzasidan jadval.

TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR



  1. Taraqqiy etgan asbob-uskunalardan foydalanganda, bo’linmas operatsiyani bajarish uchun sarflanadigan vaqt qanday aniqlanadi?

  2. Taraqqiy etgan asbob-uskunalardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi qanday aniqlanadi?

Mexnat unumdorligi o’sishi qanday hisoblanadi?
5- AMALIY MASHG’ULOTI
MAVZU: Ishlab chiqarish oqim turini tanlash va asoslash

ISH MAZMUNI


1.Oqim turlarini о’rganish
2.Assortiment turiga qarab ishlab chiqarish oqimini tanlash va asoslash.
3.Ishlab chiqarish oqimini asosiy parametrlarini hisoblash.

USLUBIY KO’RSATMA


Tikuvchilik sanoatida ishlab chiqarish oqim tashkil etishning har xil turlari va shakllari qo’llaniladi. Ularning har biri bir necha ko’rinishga ega.
a) bir maromda ishlash darajasi bo’yicha;
b) tikuv buyumlarni ishlab chiqarish oqimiga tushurish bo’yicha;
c) mahsulotni tashish usuli bo’yicha;
d) tashkiliy operatsiyalarni vaqtini moslash bo’yicha.
Laboratoriya mashg’ulotini bajarish jarayonida ishlab chiqarish oqimining tashkiliy shaklini va turini korxonalardagi ishlab chiqarish jarayonlarini chuqur tahlil qilish asosida tanlanadi. So’ng ishlab chiqarish oqimining parametrlari aniqlanadi.
1. Ishlab chiqarish oqimining quvvati (bir smenada tikilgan buyumlar soni) –M (dona);
2. Ishlab chiqarish oqimidagi ishchilar soni - N (ishchi);
3. Ishlab chiqarish oqim chizig’ining umumiy uzunligi yoki ish o’rinlari bir tomonlama joylashtirilgandagi uzunlik – L (m);
4. Sex sahni - S (m2)
Yuqoridagi ko’rsatilgan parametrlardan biri laboratoriya ishi topshirig’ida ko’rsatiladi, qolganlari esa hisoblash yo’li bilan aniqlanadi:
1. Ishlab chiqarish oqimidagi ishchilar soni N (ishchi):
a)
b)
c)
Bunda: lo’r - ishchi o’rnining qadami, tikuv buyum turlariga bog’liq;
Kur - ishlab chiqarish oqimidagi bir ishchiga to’g’ri keladigan o’rtacha ish o’rinlar sonini ko’rsatuvchi koeffisient;
f - bitta ishchiga mo’ljallangan sahning tipavoy normasi (m);
n - tikuv sex maydonidagi ishlab chiqarish oqimlar soni (son).
2. Ishlab chiqarish oqimini quvvati – M (dona):
a) b)
Bunda: R - smena davomiyligi –28800 sekundga teng:
Tb - buyum sermexnatligi;
- ishlab chiqarish oqimining ishlash maromi.
3. Ishlab chiqarish oqim chizig’ining umumiy uzunligi –

Tikuv sex sahni – S:

Laboratoriya mashg’ulotda loyihalayotgan ishlab chiqarish oqimini bir maromda ishlashini ta’minlash uchun ishlab chiqarish jarayonining maromi –  (s) ni hisoblash zarur.
Uni quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:
yoki
Laboratoriya mashg’ulotni topshirig’ida ko’rsatilgan ishlab chiqarish oqimining parametriga qarab, qolgan parametrlar hisobdanadi.
Agar laboratoriya ishida tanlangan modellar bo’yicha buyumlarni tikish uchun guruhli agregat ishlab chiqarish oqimi qo’llansa, unda buyum qismlarini tikishga ixtisoslangan alohida-alohida guruhlardagi ishchilar sonini aniqlash kerak. Hisob jadval shaklda olib boriladi.
HISOBOTGA QO’YILGAN TALABLAR
Ushbu laboratoriya mashg’ulotni rasmiylashtirilganda quyidagilarni berilishi lozim:
Tanlangan ishlab chiqarish oqimini shakl va turning yozma ravishda ta’rifi.
Tanlangan ishlab chiqarish oqimida ish tashkil qilish to’g’risida qisqacha ma’lumot.
Ishlab chiqarish oqimi parametrlarining hisobi.
Tanlangan ishlab chiqarish oqimining jadval shaklida ta’rifi.

TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR



  1. Texnika bilan jixozlanish darajasiga ko’ra qanday ishlab chiqarish oqimlari bor?

  2. Mexnat predmetlarining jarayon ichida uzatilish usuliga ko’ra qanday ishlab chiqarish oqimlar bor?

  3. Ishning tashkiliy shakliga ko’ra qanday ishlab chiqarish oqimlar bor?

  4. Tuzilishga ko’ra qanday ishlab chiqarish oqimlar bor?

  5. Quvvatiga ko’ra qanday ishlab chiqarish oqimlar bor?

  6. Ta’mirlash harakteriga ko’ra qanday ishlab chiqarish oqimlar bor?

  7. Bir vaqta tikiladigan buyum yoki modellar soniga ko’ra qanday ishlab chiqarish oqimlar bor?

  8. Buyumlarni ishlab chiqarish oqimiga tushirilishi usuliga ko’ra qanday ishlab chiqarish oqimlar bor?

  9. Smenaning izchilligiga ko’ra qanday ishlab chiqarish oqimlar bor?

  10. Ishlab chiqarish oqimining parametrlari qanday hisoblanadi?


Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling