Milliy libos, kashtachilik, to’qimachilik
Yangi modellarni ishlab chiqarishga konstruktiv va texnologik tayyorlash
Download 1.83 Mb.
|
Texnologik jarayonlarni loyixalash O\'quv uslubiy majmua 2021
Yangi modellarni ishlab chiqarishga konstruktiv va texnologik tayyorlash.
Modellarni ishlab chiqarishga tayyorlash korstruktiv va texnologik tayyorgarliklardan iborat. Modellarni konstruktiv tayyorlash deganda barcha turdagi andozalar kerakli sonida tayyorlanganligi tushuniladi. Andozalarni tayyorlash andozachilar guruxi tomonidan bajariladi. Andozachilar guruxi quyidagi andozalar turlarini tayyorlaydi: original; etalon; ish; yordamchi. Original andozalar - yangi modelning o’rtacha o’lcham va bo’yiga mo’ljallangan bo’lib, modelning namunasiga to’g’ri keladi. Etalon andozalar original andozalardan foydalanib barcha o’lcham va bo’ylar bo’yicha ko’paytirish yo’li bilan yaratiladi. Etalon andozalar yarim komplektda tayyorlanadi. Ish andozalari etalon andozalardan foydalanib to’rtta-beshta to’la komplektda tayyorlanadi. Ulardan bitta (ikkitasi) - tajriba joylashmalarni bajarib gazlama sarflash normasini aniqlash uchun, bittasi- tayyorlov sexida bo’rlama tayyorlash uchun, qolgan ikki komplekt ish andozasi bichish sexida nuqsonli gazlamalarni bo’rlash va to’shama ustiga qo’yiladigan bo’rlamaning o’chib ketgan joylarini bo’rlash uchun ishlatiladi. Ish andozalar asosiy va qo’shimcha bo’ladi. Yarim komplekt qo’shimcha andoza- tasma pichoqli bichish mashinasida detallarni aniq bichish uchun ishlatiladi. Bundan tashqari yordamchi andozalar tayyorlanadi. Ular tikuv sexida kiyim detallaridagi cho’ntak, vitochka o’rni, tugma va izma joylari, bort burchaklari va boshqa shu kabi joylarni belgilash uchun ishlatiladi. Andozalar qalinligi 0,9-1,62 mm bo’lgan qattiq kartondan qirqiladi. Kartonning namligi 8% dan oshmasligi kerak, havoning nisbiy namligi 60-65 % bo’lishi lozim. Andozalarni qirqish vaqtida kartonning namligi yuqori bo’lsa, uni qurishi natijasida andozalar o’lchamlari o’zgarishi mumkin, ya’ni andozalar kirishishi mumkin. Bunday andozalar yaroqsiz bo’ladi. Andozalarni tayyorlash uchun quyidagi maxsus mashinalar ishlatiladi - kartonni qirqish uchun - RLZ-2; - andozalarni tashqi belgi chizig’i bo’yicha qirqish uchun- VLN-1; - andozalarni ichki chiziqlari bo’yicha qirqish uchun ( vitochka, taxlama va x.k.)- VLV-1; - detal qirqimlarini tamg’alash uchun- KLS-1; - andozalarda shakli teshik ochish uchun- VLO-1. Qo’llaniladigan asbob-uskunalar tavsifi 18- jadvalda keltirilgan. Andozachilar guruxini asbob-uskunalarining tasnifi 19.1- jadval
Andozalarga quyidagi ma’lumotlar yoziladi: buyum nomi, model nomeri, detal nomi, andozalar va detallar soni, o’lcham, bo’y va to’laligi, tanda ip yo’nalishi chizig’lari va ularga nisbatan qancha chetga chiqish mumkinligi belgilanadi. Bundan tashqari andozalarda detalning qaysi joyida qanday o’lchamdagi uloq bo’lishi mumkinligi ko’rsatiladi. Andozalar komplektini asosiy detalida shu komplektga kiradigan barcha detallar ruyxati beriladi. Detallar bir-biriga to’g’ri ulanishi uchun andozalar qirqimlariga maxsus kertkich yordamida kertiklar ko’yiladi. Kertiklarni eni 2-3 mm, uzunasi 5-7 mm bo’ladi. Ish andozalari va yordamchi andozalar oyda kamida bir marta etalon andozalarga solishtirib tekshiriladi. Etalon andozalar o’zi ham yilning har choragida bir marta o’lcham jadvalida ko’rsatilgan o’lchamlarga solishtirib tekshiriladi. Andozalarni saqlash normal sharoiti: harorat- 18-20 S0, xavoning nisbiy namligi 60-70%. Andozalarni saqlash uchun ikki yarusli mexanizatsiyalashtirilgan kronshteynlar tavsiya etiladi. Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling