Milliy mafkuraning shakllanishi o 'zbek xalqining, ayniqsa


§ 3. SHARQIY AFRIKA XALQLARI


Download 1.14 Mb.
bet20/39
Sana17.10.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1706836
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39
Bog'liq
Etnologiya-darslik

§ 3. SHARQIY AFRIKA XALQLARI
Afrika qifasining sharqiy qismida har xil irqdagi oziga xos maishiy turmush va madaniyat yaratgan turli etnoslar yashaydi. Bu yerda mustamlaka bolmagan yagona davlat — Efiopiya, Jahon olmos bozorida yetakchilik qilayotgan Janubiy Afrika respublikasi va Namibiya joylashgan. Sharqiy Afrikaga (Efiopiyadan tashqari) Somali, Jibuti, Keniya,Uganda, Tanzaniya, Ruanda, Burundi, Zam-biya, Malavi mamlakatlari kiradi.
Qadimiy irqlardan Sharqiy Afrikadagi efiop, negroid, negril yoki pigmey va bushmen tiplari songgi 12-10 ming yillar muqaddam shakllana boshlagan. Bu yerda chorva va dehqonchilik madaniyati Nil vohasiga nisbatan keyinroq eramizdan avvalgi VI ming yilliklarda neolit davrida yuzaga kelgan. 4-5 ming yillar muqaddam Efiopiya tog’ etaklarida uy hayvonlarini qolga orgatib, don eka boshlaganlar. Neolitik makonlar, dala va kanallar Sharqiy Afrikaning qurg’oq hududlarida, Buyuk kollar atrofida topilgan. Shimoli-sharqiy qismida kusht tilida gapiradigan qadimiy tub aborigen aholi, butun sharqda tarqoq holda dehqonchilikni bilgan bantu («ntu» — odam, «ba»—iar, ya'ni «odamlar» degan ma'noda) xalqlari yashagan.
XIV-XVIII asrlarda bantular ilk yirik feodal davlatlari (Kitara, Karave, Luanda, Urundi, Buganda, Anakole kabilar)ni yaratgan-lar. Milodning I ming yilligi oxirlarida Hind okeani sohillari va orollarida arab madaniyati ta'sirida oziga xos suaxil madaniyati paydo boladi. Bu yerda turli elatlar yashaydigan shahar-davlatlar (Pate, Lamu, Mombasa, Kliva va hk.) tashkil topadi. Asli suaxil xalqi baatular bilan kelgindi osiyoliklarning aralashmasidan paydo bolgan. Ular islom diniga otib oz madaniy xususiyatlarini saqlab qolganlar. Suaxil xalqi hozir Keniya va Tanzaniyaning sohil hududlarida, Zanzibar, Pemba va Mafiya orollarida yashaydilar. Sharqiy Afrikaning shaharlariga osiyolik arablar va hindilar koplab kelib ornashgan.
204
Janubiy Afrikaning tub aholisi, asosan, bushmenlar va guttentot-lardir. Ular qadimgi zamonlarda butun Janubiy va qisman Sharqiy Afrikaning cheksiz tropik ormonlarida joylashganlar. Hozirgacha ularning ibtidoiy ajdodlari yaratgan qoyatosh rasmlari saqlanib qolgan. Ularda yowoyi hayvonlar, ov qilish, terimchilik va urush manzaralari, turli marosimlar tasvirlangan.
Bushmenlar (asli ma'nosi «butazor odamlari» yevropaliklar bergan nom) na dehqonchilik, na chorvachilikni bilganlar, faqat ovchilik va terimchilik bilan kun kechirganlar. Ular muayyan hududlarga ega bolgan qabilalarga bolinib, daydilikda kichik gu-ruh bolib, ovqat izlab kochib yurganlar. Erkaklar oq-yoy, choqmor va nayzacha bilan ov qilganlar, ayollar esa uchi otkir tayoq bilan yer kovlab yemishli ildizlar, chuvalchanglarni topib tirikchilik qilganlar.
Guttentotlar bushmenlarga nisbatan biroz yuqpri madaniyatga ega bolgan. Ular faqat bir necha asr muqaddam chorvachilikka otganlar, yirik va mayda shoxli mol boqib kun kechirganlar. Ular ham tropik ormon aholisidek uylarini doirasimon qora qilib (kraal shaklida) qurganlar va katta patriafxal oilalarga bolinib joylashganlar. Guttentotlar qoshni bantu xalqlaridan kulolchilik, temir eritish va ishlab chiqarish, temir qurollardan foydalanishni organganlar.
Afrika qifasining janubiy qismi etnik qiyofasi ancha murakkab. Janubiy Afrika mamlakatining 4|5 qismi (61 mln. kishi) turli etnoslardan, quramalashib ketgan afrikaliklardan iborat. Eng kopi bantu xalqlari (umumiy aholining 78 % i), bushmen va guttentotlar 0,5 %, yevropaliklarning avlodlari metislar bilan 19 %, kelgindi osiyoliklar va ularning avlodlari 2 % ni tashkil etadi.
Mazkur hududda yashovchi xalqlarning ichida eng birinchi de-mokratik tuzumga qadam tashlagan kop sonli (43,3 mln.) aholiga ega bolgan Efiopiya etnik jihatdan alohida orinni egallaydi.
Efiopiya eng qadimiy madaniyat markazlaridan biri. Bu yerda topilgan toshdan yasalgan ibtidoiy mehnat qurollari 3 mln.yillar muqaddam paydo bolgan. Ibtidoiy makonlardan paleolit va ayniqsa, neolit davriga oid obidalar kop topilgan. Eramizning boshlarida paydo bolgan Aksum podsholigi IV-IX asrlarda gullab-yashnagan, Misr, Rim-Vizantiya imperiyasi va Sharq mamlakat-lari bilan savdo aloqasi ornatilgan, V asrlardan aasroniy dini tarqalgan edi.
Yevropoid va negroid irqlari ortalig’ida shakllangan Efiop irqiga tegishli xalqlar asosan, semit-xamit (afroosiyo) tillarida gapiradilar. Efiopiyada yashovchi eng katta xalqlar amxara va oroma, janubi-sharqiy hududlardagi somaliylar va boshqa elatlar semit til oilasiga mansub. Markaziy qismi va janubi kop sonli galla, sidamo, kushit tilida gapiradigan xalqlardan iborat. Ular asosan, dehqonchilik bilan shug’ullanadilar.
Efiopiya eng qadimiy dehqonchilik markazlaridan bolib, uning markaziy va g’arbi-shimoliy qismlarida haydaladigan yerlariga asosan, g’alla ekilgan. Yaylovli chorva xojaligi chopqi dehqonchiligi bilan birga rivqjlangan hududlar g’arbiy, janubiy qismida mavjud. Asosiy ekinlardan bug’doyning ayrim turlari teffa (mayda urug’li don), durra (jugari turi), makka, arpa, suli, sholi, lobiyo turlari, noxat, chechevitsa, nut, paxta ekiladi. Efiopiyada kofe yetishtiriladi va u (kefa provinsiyasi nomi bilan bog’liq), eng sevimli ichimlik sanaladi. Turli sabzavot ekinlar: qalampir, piyoz, sarimsoq, karam, bodring, qovoq ham yetishti-riladi. Keyingi vaqtlarda pomidor, lavlagi, rangli karam, sabzi ham keng tarqalgan. Bog’dorchilik rivojlangan, apelsin, limon, mandarin, anor, banan ostiriladi. Dehqon xojaligida qo'1 toqi-machiligining ommaviylashgani, eksportning kopayishi natija-sida paxta muhim ekinlardan hisoblanadi. Shimoliy viloyatlar-da va Eritriyada temir tishli plug bilan yerga ishlov beriladi. Efiopiyaning g’arbida yashovchi galla xalqi bir yarim metr uzun xodaning uchiga tosh bog’lab yerni kovlab ekin ekadi. Asosan, dehqonchilik qurollari ancha jon, oddiy agrotexnika usullari qollaniladi, kopincha chopqi va yonilgan yog’och, oroq va qo'1 omochi ishlatiladi.
Dehqonlarning asosiy taomlari har xil chuchuk non va patirlar, sevimli taomi yog’li non vaqalampirli lobiyo qaylasi—shuro. Gosht kam ishlatiladi. Ammo Efiopiya mol tuyog’i soniga qaraganda jahonda yetakchi orinlarda turadi. Masalan, otgan asr oxirlarida 27 mln. yirik shoxli mol, 40 mln. qoy va echki, 15 mln. chochqa bolgan. Mamlakatda ot, tuya, eshak juda kop. Asalchilik ham keng tarqalgan. Asaldan maxsus vino-teja va sham tayyorlanadi. Daryo va kollarda, dengiz sohillarida baliqchilik mavjud.
Hunarmandchilik nihoyatda rivojlangan. Temir buyumlar ishlab chiqarish, zargarlik birinchi orinda turadi. Qadimiy davrlardan efioplar temir mahsulotlari, bilaguzuk, sirg’a va boshqa turli
206
bezaklarni nozik naqshlar bilan ishlab chiqqanlar. Hatto kiyimlar, metall, ayniqsa, oltin va kumush buyumlar qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan. osimlik naqshlari qadimiy qolyozmalarda ham ishlatilgan. Kulolchilikda zor mahorat bilan spiral usulida chozib nafis buyumlar ishlab chiqariladi. Chorvachilikda turli teri-charm mahsulotlari ishlab chiqarish yolga qoyilgan.
Qishloq aholisi xojalik xarakteriga qarab joylashgan. Amxar, galla, keffa xalqlari tartibsiz qurilgan qishloqlarda yashaydilar. Sigrai xalqida qavmu qarindoshlar mahalla (kvartal) bolib joylashgan. Uylari doirasimon, sinch yoki toqima loy bilan urilgan devorli, tomi esa konussimon somon bilan yopilgan boladi. Bunday uylar tukuli deb atalgan va baland devorlar bilan oralgan. Tukuli oyna-eshikli, ortasida ochoq, bir chekada yotish uchun supa. Uy jihozlari asosan, bambukdan toqib ishlangan past stol (xontaxta shaklida), turli chipta va boyralar, g’oladan yasalgan orindiqlar. Don uy ichida qurilgan maxsus g'o'ra (gota)da saqlangan. Nonni injaro deb ataydilar va teffa unidan katta tovada pishiradilar. Taomni dehqonlar baland doira shaklidagi savat stollarda iste'mol qiladilar. Bunday stollar odatda hovlida saqlanadi. Faqat ovqat vaqtida ichkariga kiritiladi. Uyda soqi, turli qovoq, sopol va metall idishlar, maxsus kiyim saqlanadigan savatlar mavjud.
Efiopiyaning shimoliy va sharqiy hududlarida yashovchi aholi tog’riburchak shaklida mayda tosh va shag’aldan tuproq va tezak aralash loydan qurilgan tekis tomli uylarda yashaydilar. Kochman-chi chorvadorlar (masalan, somaliliklar) oziga xos panjara sinch devorlarga tuxum shaklida qalin quruq xashak yopilgan, ustiga tuya yoki hokiz terisi qoplangan uylarda yashaydilar. Keyingi yillarda kochmanchilarning otroq turmush tarziga otayotgan qismi tukuli uylarni tiklamoqdalar.
Efiopiyada shahar juda kam. Aholining faqat 10 foizi shaharlar-da yashaydi. Qadimiy yirik shaharlardan Aksum, Gondar, Xarar. Mamlakatning poytaxti Addis-Abebada 1,5 mln. (1980-yil) kishi yashaydi xolos. Boshqa shaharlar katta qishloqlarga oxshab ketadi.
Kiyimlari an'anaviy, erkaklar chitdan uzun tik yoqali koylak, tor ishton kiyadilar, ustiga shamma (chopon) yopinadilar, sovuqda koshonli jundan tikilgan buraus kiyadilar. Ayollarning kiyimlari ham uzun tor yengli koylak, shamma va burnusdan iborat. Odatda ayol va erkaklar bosh va oyoq yalang yuradilar, ayollar ba'zan romol
207
yopinadilar. Faqat sahroda qaynoq qumda yurish uchun teri sandal kiyiladi. Songgi vaqtlarda Yevropa kiyimlari keng tarqala boshlagan.
Aytish joizki, mamlakatda respublika hokimiyati ornatilgach sotsial-iqtisodiy, maishiy va madaniy hayotda ijobiy ozgarishlar roy bera boshladi. Yer islohoti amalga oshirilib, feodal mulk tuga-tilgan, yer davlat mulki deb e'lon qilingan. Davlat sanoatni rivojlan-tirish, modernizatsiya qilish va yangi korxonalar qurishga katta e'tiborbermoqda.
Efiopiya qishloqlarida an'anaviy turmush tarzi moddiy va ma'naviy madaniyatni qadimiy xususiyatlarini saqlab kelmoqda, ammo shaharlarda va yirik qishloqlarda an'anaviy maishiy turmush shakllari bilan birga, yangi shahar hayoti belgilari sezilmoqda. Ayollarda nozik matolardan burma qilib tikilgan kashtali oq koylaklar, yoshlarda esa yubka va bluzkalar paydo bolmoqda. Bayramlarda hamma oq liboslar (Efiopiyada oq rang sevimli) kiyib bezanadilar. Butun hayot ochiq havoda otadi. Hovlida ovqat pishiriladi, chit toqiladi, ip yigiriladi, non yopiladi va kofe qaynatiladi.
1975-1976-yillarda maktab cherkovdan ajratilib shaxsiy oquv yurtlari davlat ixtiyoriga otgan.
Efiopiya xalqlarida folklor, musiqa, raqs va kuylar juda rivojlangan. Turli xalq rivoyatlari, masal va maqollar, ertak va ashulalari amxara, tigrai, oromo va boshqa xalqlarning turmush tarzining turli tomonlari bilan tanishtiradi, sotsial hayotini ochib beradi. Tasviriy san'at, adabiyot, kuy va oyinlar yana ham ravnaq topmoqda. 1955-yili poytaxtda birinchi professional (70-yillardan milliy) teatr paydo bolgan. Diniy e'tiqodlariga qarab nasroniy va musulmon bayramlari tantanali nishonlanadi. Butun mamlakatda yangi yil (11-sentabr), «Maskal» nomli hosil bayrami (27-sentabr) umumxalq tantanalariga aylangan.
Aholining 19 million, ya'ni yarmidan kopi (66,5 % i) nasroniy dinida (asosan, amxara, tigrai, qisman oromo, agou va boshqa xalqlarda), qolgani (28 % i) musulmonlar (somali, afari, chorva oromo, tigra, badja, voyta, jabirti kabi xalqlar) va mahalliy an'anaviy dindagi (5 foizi) elatlar va etnik guruhlar (asosan, g’arbiy, shimoliy va janubi-g’arbiy hududlarda) ajdodlarga sig’inish, animizm kabi e'tiqodlar saqlangan.
Somali yarim orolida yashovchi shu nomdagi aholining (5,5 milliondan ortiq kishi) turmush tarzi efiopiyaliklarga ancha yaqin.
208
Miloddan awalgi II ming yilliklarda bu olkani qadimiy misrliklar Punt mamlakati deb ataganlar. VII asrdan boshlab somali arab madaniyati ta'siriga otadi. X-XII asrlarda paydo bolgan Adal sultonligi yirik tranzit savdo markaziga aylangan va XII asrlargacha gullab-yashnagan. Keyin Somali sohilidagi sultonlik va imomatlar Misrga va Portugaliyaga qaram bo'ladilar.l869-yilda Suets kanali ochilgandan song osha davrdagi imperialistik davlatlar strategik jihatdan muhim ahamiyatga ega bolgan Somalini ozaro bolib olishgan. Faqat ikkinchi jahon urushidan keyin kop yillik ozodlik kurashi natijasida 1960-yil iyul oyida mustamlaka olka birikib, mus-taqil Somali Respublikasi e'lon qilingan edi.
Mamlakatning 96 % aholisi Efiopiya irqi, kushid til guruhiga oid somaliliklar. Janubi-g’arbiy qismida negroid irqiga tegishli bantu tilidagi vegosha, bajuni qabilalari yashaydi. Ular asosan, dehqonchilik, ovchilik va baliqchilik bilan shug’ullanadilar. Yirik port shaharlari va savdo markazlarida qisman arablar, suaxili, amxara, hindiylar va italiyaliklar joylashgan.
Somalilarning asosiy qismi (janubiy hududlarda 60 % va shimolda 90 %) kochma chorva xojaliklardan iborat, ular biroz dehqonchilik bilan ham shug’ullanadilar. Ayniqsa, tuyakashlik keng tarqalgan. ondan ortiq tuya, bir-ikki yuz qoy va echkiga ega bolgan kishi badavlat hisoblanadi. Ayrim boy oilalar bir necha yuz va hatto mingta tuyaga ega. Somalilar guruhlarga bolinib, kopincha qavmu qarindosh oilalar birikib kochib yurganlar. Uzoq davrga moljalla-nib qurilgan makon (guri)ni qoldirib, ospirin va yoshlar tuyakashlik qilib, uzoq joylarga kochib bir necha oygacha poda bilan yashagan. otroq holatda faqat aholining 3|1 qismi yashaydi. Bular, asosan, vodiylarda joylashgan dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar va sohillardagi baliqchilar.
Ijtimoiy tuzumda kochmanchi aholi orasida urug’-qabilaviy munosabatlar, dehqonlar orasida feodal-patriarxal munosabatlar hukmronlik qiladi. Ibtidoiy urug’-qabilaviy qoldiqlari somaliliklar-ning ijtimoiy taraqqiyotiga katta g’ov bolmoqda.
Dehqonchilikda faqat xojalikka zarur ekinlar (jugari, makka, kunji, araxis, lobiyo, paxta) ekiladi. Eksport uchun plantatsiyalarda banan, shakarqamish yetishtiriladi. Har yili 110 tonnaga yaqin banan eksport qilinadi.
Somaliliklarning kochmanchi chorvador qismi muvaqqat lager-lar tiklab, tuxum shaklidagi qismlarga bolinib, yig’ishtiriladigan
209
otov (akal)larda, otroq aholi silindr shaklidagi somon bilan yopilgan uy (mundullo)larda istiqomat qiladilar. Yirik qishloqlarda tog’riburchakli chipta devorlarga qurilgan palma yaproqlari bilan yopilgan nishab tomli uy (arish)lar tiklangan. Kiyimlari qoshni efi-opiyaliklarnikiday uzun, yaxlit chitdan, butun badanini topig’iga-cha oraydigan sarpo, oyog’iga sandal (das), boyinlariga qur'on suralari yozilgan tumor osadilar. Chorvador aholining asosiy taomi sut, qatiq, qurt, onda-sonda gosht va atala, dehqonlarning taomi non, atala, sariyog’ va sut.
Somali aholisining 99,8 foizi islom dinida. Ular barcha musulmon bayramlarini va navroz (somalicha dabisht bayrami)ni tantanali ravishda nishonlaydilar.
Sharqiy Afrikaning yirik mamlakatlaridan Keniya (20,4 mln. aholi), Uganda (15,4 mln.), Tanzaniya (21,7 mln. kishi)ning etnik qiyofasi rang-barang. Masalan, Keniyada yashovchi aholining asosiy qismi (95 %) negroid irqda, ayniqsa, nilot tipi kopchilikni tashkil qiladi. Bu yerda bantu, nilot, kushit tillarida gapiradigan turli elatlar yashaydi. Shulardan bantu tilidagi etnoslar (kikyuyu, embu, kamba, taraka, luxya, kasik, pakomo, iverine, suaxili va hk.). Nilot til turkumiga oid xalqlar (aholining 30 % i)dan eng kattasi jaluo yoki luomlgari kochmanchi chorvador bolib, keyin otroq dehqonchilikka otgan. Hozirgacha yarim kochmanchilikda yashab kelayotgan nilotlar kop. Ularning tasawurida yerga ishlov berish, ya'ni dehqonchilik qilish nomunosib kasb. Bunday fikrdagi masai samburu, turkana, teso nomli chorvador qabilalar hozir ham qadimiy odatlariga binoan ayricha yashaydilar.
Keniya respublikasi osib borayotgan koptarmoqli qishloq xojaligiga ega mustaqil mamlakat. Bu yerda plantatsiya xojaligi ancha rivojlangan. Ammo xojaliklarning 4|3 qismi yarim natural tipda bolib, oziga zarur an'anaviy mahsulotlarni ishlab chiqara-di. ormon va savanna qismida yashovchi xalqlarda qo'1 mehnatiga asoslangan jamoachilik dehqon xojaliklari saqlangan. Keng tarqalgan ekinlardan makkajoxori, manioka, yams battat, banan. Yemishli ildizlar va bananni un qilib, qovurib yoki pishirib iste'-mol qiladilar. Kushit xalqlari molni asosiy boylik deb hisoblaydi va kam soyadi, asosan, sut iste'mol qilinadi. Qon aralashtirilgan sut sevimli taomlaridan.
Nilot va kushit xalqlarining kopchiligi uzoq asrlar davomida mustamlakachilar asorati va undan oldingi davrlardagi qul savdosi
210
tufayli ozlarining an'anaviy madaniy xususiyatlarini biroz yoqotganlar. Bantu, nilot va kushitlar oziga xos tarixiy-madaniy viloyatlarga bolinadi.
Afrika, arab va hind madaniyatlarining kop asrlik yaqin aloqa-lari va aralashmasida paydo bolgan yorqin va original suaxili madaniyati umumjahon mohiyatga ega bolgan va juda kop etnos-larga manzur tushgan madaniyatga aylangan. Uy qurilishida, ki-yimlarida, badiiy hunarmandchilik mahsulotlarida, ma'naviy hayotida nihoyatda gozal va rang-barang oziga xos xususiyatlarni saqlab kelgan. Keniya xalqlarining sohil qismi aholisi hozirgacha zargarlik, misgarlik, yog’och va suyak oymakorligi san'ati an'ana-larini davom ettirmoqdalar. Suaxilliklarning oq xalat (galabey)lari, kumush bilan kashtalangan chiroyli doppilari, ayollarning quyuq kok, oziga xos parda va choyshablari, turli taomlari sharqi-janubiy sohil aholisi orasida keng tarqalgan.
Tanzaniyada mahalliy bantu xalqlarining otroq dehqonchi-lik madaniyati bilan hunarmandchilik va sohillardagi suaxili savdogarlarining madaniy an'analari qadimiy davrlardan aralashib shakllanib kelgan. Uganda, Burundi, Zambiya xalq-larida ham bu jarayon sezilarli darajada. Zambiyada bir necha on qoshni qishloqlar birikib, bir jamoa (chifdom)ni tashkil qila-dilar. Odatda, 5-10 ming kishidan iborat chifdom boshida oqso-qol boshliq saylanadi. Mazkur jamoalarning soni mamlakatda 400ga yaqin. Tanzaniyada bola voyaga yetganda, nikoh va komish marosimlarida qadimiy urf-odatlar saqlanib, ularni ko-hinlar va folbinlar boshqarib kelgan. Chorvador-masai aholisi past ellipis shaklidagi xashak va chiviqlardan tiklangan uylar-dan iborat 20-50 xonadonlik qishloqlarda jamoa bolib yashay-dilar.
Hozirgi Keniyaning 48% aholisi mahalliy an'anaviy diniy e'tiqod va ibodatlarga amal qiladilar. 30%i nasroniy dinida, 15%i musulmon. Tanzaniyada mahalliy dinlarga 44% aholi, islom diniga 25,7%, nasroniy diniga 28,8% aholisi rioya qiladi. Uganda aholisining 43,8% an'anaviy dinlarda, 47,7% nasroniy, 3-5% musulmon, mahalliy din va ibodatga amal qiluvchilar Ruandada koproq (55,5%), qolgani nasroniylikka otgan. Qoshni Burundida kopchilikni nasroniylar tashkil etadi (54,7%), qolgani mahalliy ibtidoiy din shakllari ta'siri-da. Sharqiy Afrikada ham sinkritik aralash nasroniy-afrika cherkov-lari va mazhablari paydo bolgan.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling