Milliy mafkuraning shakllanishi o 'zbek xalqining, ayniqsa


Download 1.14 Mb.
bet39/39
Sana17.10.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1706836
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
Etnologiya-darslik

§5.KAVKAZ XALQLARI
Etnik jihatdan murakkab tarixiy-etnografik viloyatni tashkil qiluvchi Kavkazda qadimdan turli etnoslar yashaydilar. Ularning madaniy taraqqiyotida Yaqin Sharqdagi buyuk madaniyat mar-kazlarining joylanishi, bu yerda qadimiy davrlardan turli elatlar-ning kochib yurishi, qisman turib qolishi hamda Kavkazning Yevropa va Osiyo oralig’ida darvoza vazifasini bajarishi muhim rol oynagan. Hozir nisbatan kichik hududda katta-kichik turli tillarda sozlashuvchi 50 dan ortiq xalqlar istiqomat qiladilar. Faqat Dog’iston Avtonom Respublikasida 30 ga yaqin xalq va elatlar yashaydi.
Kavkaz xalqlari lingvistik jihatdan asosan, uch til turkumiga-kavkaz yoki iberokavkaz, hind-yevropa (eroniy) va oltoy (turkiy) tillariga mansub. Shulardan eng yirigi kavkaz til turkumi bolib, unga gruzinlar, adigeylar, cherkezlar, chechenlar, kabardinlar, in-gushlar, dog’istonlik ozarlar, darg’inlar, lezginlar, laklar, tabasarin va boshqa elatlar kiradi. Turkiy tillarda ozarbayjonlar, nog’aylar, qumiklar, bolqar va qorachoyevlar sozlashadilar. Armanlar esa hind-yevropa til oilasiga mansub oziga xos mustaqil tilga ega. Kavkazda oz sonli greklar, ossuriylar va boshqa mayda millatlar ham yashashadi.
Antropologik jihatdan kavkazliklar asosan, katta yevropoid irqiga kiradi. Faqat nog’aylar mongoloid belgilariga ega. Hozirgi
antropologik tiplar eng qadimgi davrlar bronza va ilk temir davrlarida shakllanib bolgan. osha vaqtdayoq Kavkazda metalldan ajoyib buyumlar yasagan otroq aholi yashagan. Ular nafis san'atga ega bolgan, yozuvni bilgan, yuksak madaniyat yaratgan. Qadimgi Kavkaz tillarida gapirgan aholi hozirgi Kavkaz xalqlarining dastlabki ajdodlari ekanligi arxeologik, etnografik va tarixiy manbalar asosida tasdiqlangan.
Qadimgi qabilalar negizida ma'lumotlarga binoan, 3,8 mln.ga yaqin gruzin xalqi (oz nomi kartveli) shakllangan. Asl gruzinlar uchta yirik qarindosh etnik guruhlar-kart, megrel-chvan va svanlar asosida shakllangan xalqdir. Ularning eng dastlabki etnik tuzilishida qadimgi Urartu davlatida yashagan xalqlar muhim rol oynagan. Miloddan avvalgi I ming yillikning bosh-larida bu yerda yirik qabilaviy birikmalar paydo bolgan. VI asrda arbiy Gruziyada Kolxida davlati, III asrga kelib sharq-iy qismida Iberiya davlati tashkil topgan. Milodning IV-VI asrlariga kelib bir necha mayda feodal davlatchalar paydo bolgan. Faqat XI asrdagina ular markazlashgan davlat barpo etilgan va gruzin xalqi shakllana boshlagan. Shimoliy Gruziya-da yashovchi svanlar, xevsurlar, pshavlar, tushinlar va musul-mon diniga otgan adjarlar etnik jihatdan hozirgacha ajralib tu-radilar. 1801-1804-yillari Gruziyaning Rossiya tasarrufiga o'ti-shi natijasida gruzin xalqining etnik jihatdan birlashish jarayoni kuchaygan. otgan asrga kelib yangi bozor munosabatlarining ta'siri ostida gruzin millati paydo bolgan. Ammo ayrim etnografik guruhlar madaniy-maishiy xususiyatlarini mustah-kam saqlab qolganlar, megrel, laz va svanlar esa hatto oz tilida gapiradilar,
Qadimgi kavkaz tillarida gapiradigan elatlarning (abazcha, apsil, adiga) keyingi ayrim etnoslar bilan aralashishi natijasida abxaz-adigey, chechen, ingush va turli dog’iston tillari paydo bolgan edi. Shimoliy Kavkaz dashtlarida qadimiy davrlardan eroniy tillarda gapiradigan skif, sarmat, alanlar yashagan; ular bilan VI asrlarda kelgan kochmanchi turkiy gunlar, bulg’orlar, xazarlar va keyinroq paydo bolgan qipchoqlar mahalliy aholi bilan aralashib turli etnoslarning shakllanishiga sabab bolgan. osha davrlarda qipchoqlar bilaa Dog’iston tog’ etaklari va tekisliklarida yashovchi aholi aralashmasidan turkiy tilda gapiradigan kumiklar, tog’liklarga siqib chiqarilgan alanlar bilan tub aholi qoshilishidan osetinlar vu-
judga kelgan edi. Mog’ul istilosi davriga kelib, asosan, qipchoq va mahalliy elatlarning yaqinlashishidan tashkil topgan tili va madaniyati yaqin bolgan bolqon va qorachoy xalqlari shakllangan.
Kavkaz xalqlari etnogenezida Ozarbayjon (ozariy)larning kelib chiqishi sabablari ancha murakkab. otgan asrning 80-yillarida (asosan, oz respublikasida, qoshni Gruziya, Annaniston va Do-g’istonda) 6,3 mln.ga yaqin ozarbayjon yashagan bolsa, Shimoliy Eronda 5,6 mln. ozarbayjon borligi qayd etilgan. Miloddan awal-gi ikkinchi ming yilliklarda hozirgi Ozarbayjonning janubiy hudud-lari qadimgi eroniy tillarda gapiradigan aholiga ega Midiya davlatiga kirgan. Shimoliy qismi esa qadimgi kavkaz tillarida gapiruvchi turli qabilalardan iborat Albaniya davlati qaramog’ida bolgan. osha davrlarda mazkur hududlarga bosib kirgan eroniy va turkiy tillarda gaplashuvchi kimmeriylar, skiflar, gunnlar, bul-g’orlar, xazarlar, og’uzlar, pachanaklar mahalliy qabilalar bilan aralashib ketganlar. Midiya inqirozga uchragandan keyin uning xarobalarida Atropaten davlati paydo boladi. Ehtimol ozarbay-jon etnonimi ham mazkur davlat nomidan kelib chiqqandir. III-IV asrlarda Atropaten va Albaniya sosoniylar Eroniga qoshiladi. Keyingi asrlarda bu yerga turkiy qabilalar kela boshlaydi. XI-XIII asrlarda yangi turkiy tolqin, ayniqsa, saljuqiy turklar Ozarbay-jonni bosib oladi. osha davrdan boshlab turkiylashtirish jarayoni ancha kuchayadi va oqibatda mog’ullar istilosidan keyin turk tili hukmronlik qilib, Ozarbayjon xalqining shakllanishi asosan, tu-gaydi. Ba'zi olimlarning Ozarbayjon xalqi mog’ul istilosi arafasi-da shakllangan degan fikrlari bor.
Fojiali tarixga ega bolgan arman xalqining etnogenezi hozirgi hududidan tashqarida boshlangan. ozlarini «hay» deb ataydigan hind-yevropa til oilasining maxsus guruhiga mansub bu etnosning asosiy ajdodlari hisoblangan armin yoki armen nomli qabilalar miloddan awalgi II ming yillikda Kichik Osiyoga Bolqon yarim orolidan kochib kelgan. Ular Kichik Osiyoning shimoli-sharqida eng qadimiy davlatlardan hisoblangan Armatana (miloddan awalgi XVI-XV asrlarda) va Xayasa (XVI-XIII asrlar) aholisi bilan aloqador bolgan. Armanlar sharq tomonga kochishi bilan Van kolining g’arbida joylashgan hayn yoki xayas qabilalari, qadimgi xald xalqlari, eroniy tildagi skif va kimmeriylar bilan aralashib ketgan. Miloddan avvalgi XIII asrlarda armanlarning ajdodlari Shupria nomli ossuriya viloyatiga kirib borganlar, keyinchalik (VIII asrda)
I
bu hudud Urartuga qoshiladi. Urartu davlati davrida shakllana bosh-lagan armanlar istilochi arablar, saljuqiylar, keyin mog’ullar, eron va turklar tomonidan qattiq quvg’inga uchrab oz vatanlarini tash-lab ketishga majbur bolganlar.
otgan asr oxiridagi ma'lumotlariga binoan 4,5 mln.dan ortiq arman borligi qayd etilgan. Ular asosan, Armanistonda, qoshni Ozar-bayjon, Gruziya, Shimoliy Kavkaz va boshqa hududlarda joylash-gan. Armanlar 60 dan ortiq mamlakatlarga tarqalib ketgan, ayniqsa, AQSH, Fransiya, Yaqin va Markaziy Sharqda va Avstraliyada ularning nisbatan yirik jamoalari mavjud va jami soni 1,5 mln.ga yaqin. Armanlar etnografik xususiyatlariga qarab ikki guruhga boli-nadi: Vatanda joylashgan sharqiy armanlar va boshqa mamlakatlardagi g’arbiy armanlar.
Dog’iston ham qadimiy kavkaz tilida gapiradigan tub aholiga ega, etnik jihatdan eng kop millatli hududga kiradi. Bu yerda yaqin davrlargacha 30 ga yaqin turli xalqlar yashagan. Uncha katta bolmagan hududda bunday kop sonli elatlarning paydo bolishi-ning asosiy sababi Dog’istonning geografik jihatdan ajralgan holda baland tog’lar orasida joylashganligidir. Shu bois oziga xos tur-mush tarzi, tili va madaniyati saqlangan.
orta asrlar davomida Dog’istonning eng yirik xalqlari ilk feodal davlatlarini yaratganlar, ammo umum etnohududga ega bolgan birlikni tashkil qila olmagan. Masalan, osha davrlarda paydo bolgan Avar xonligidan tashqari bir necha «mustaqil» (asli Avar xonligiga boysungan) jamoalar mavjud bolib, etnikjihatdan oziga xos «hamqishloq» guruhlarini tashkil qilganlar. Ular umumiy etnik ongga ega bolmagan.
Dog’istonda yangi mulkiy munosabatlarning kirib borishi xalq-lar orasida biqiqlikka bir oz barhara berdi, etnoslar orasida munosa-batlar jonlandi. Keyinchalik esa etnik jarayon mutlaqo yangicha 'onaldi. Yirik xalqlar bilan mayda etnoslarning yaqinlashishi .cuchaydi, xalq va elatlar umumiy iqtisodiyot, ijtimoiy va milliy tenglik asosida gullab-yashnay boshladi.
Shu orinda ta'kidlash lozimki, oziga xos mustaqil tarixiy-etnog-rafik viloyatni tashkil qilgan Kavkaz xalqlari mashg’uloti, xojalik faoliyati, maishiy turmushi, moddiy va ma'naviy hayotining rang-barangligi bilan ham boshqalardan ajralib turadi.
Kavkazda eng qadimiy davrdan boshlab yuksak madaniyat pay-do bolgan. Bu yerda dehqonchilik miloddan avvalgi III ming yil-
likda boshlanib, sun'iy sug’orishga II ming yillikda otilgan. Dastlab u Kavkazortida, keyin Shimoliy Kavkazda tarqalgan, suli, bug’doy, arpa, keyinchalik sholi va makka ekilgan. Ekinlar hudud-larga qarab farq qilgan. Masalan, abxaz-adigay xalqlari suli, Shimoliy Kavkaz va Sharqiy Gruziyada bug’doy, Janubiy Ozarbayjonda sholi koproq ekilgan. Bog’dorchilik va uzumchilik ham qadimiy davrlarda paydo bolgan. Dehqonchilik bilan bir qatorda chorvachilik rivojlanib borgan. Chorvachilik ayniqsa, ba-land tog’ yaylovlarini egallagandan keyin juda keng tarqalgan. Dehqonchilik texnikasi ancha sodda, asosan, temir tishli yog’och omoch, mola va oroqdan iborat bolgan. Ba'zi tog’liklar sun'iy ravishda savat bilan tuproq tashib ekin ekkanlar. Gruziya va Ozar-bayjonda pillachilik va asalarichilik ham azaldan muhim xojalik sohasi hisoblangan.
Kavkazda zargarlik va qurol-aslaha yasash, gilam toqish, ku-lolchilik, metall buyumlar va kiyim-kechak ishlab chiqarish, toqi-machilik va oymakorlik kabi hunarmandchilik turlan keng tarqal-gan. Dog’istondagi Kubachi qishlog’i zargarlik, Bolqar qishlog’i kulolchilik Ozarbayjondagi Log’ich qishlog’i misgarlik, armanlar tosh oymakorligi bilan mashhur bolganlar. Mahaliiy ustalarning zor mahorat bilan yaratgan ajoyib mahsulotlari ozining nozik san'ati bilan dong chiqargan va oz ona yurtidan uzoqdagi mamlakatlarda ham tanilgan.
XIX asr ortalarida Kavkaz Rossiya tarkibiga kirgach umumiy
bozorga tortilib ozgarishlarga yuz tutgan. Dehqonchilik va chorva-
chilik bozor munosabatlar girdobiga otib, savdo kuchaygan natijada
hunarmandchilik raqobatga bardosh bera olmay inqirozga uchragan.
XX asrda butun Kavkazda iqtisodiyot va xojalikning barcha so-
halarida tub ozgarishlar roy berdi. Neft va neft mahsulotlari ishlab
chiqarish, tog’ ruda, mashinasozlik, uskunasozlik, ximiya, qurilish
ashyolari ishlab chiqarish va yengil sanoat sohalari gurkirab osa
boshladi, yangi elektr stansiyalari, zamonaviy yollar va suv
inshootlari paydo boldi.
Jamoa xojaliklari qurilishi tufayli qishloq xojaligi ham ilg’or agrotexnika asosida qayta qurildi. Tabiiy sharoitning dehqonchilikka qulayligi Kavkazda qishloq xojalik mahsulotlarining miqdorini kengaytirdi, subtropik ekinlar va choy parvarish qilina boshlandi,
uzumchilik va mevali bog’lari, yana ham ravnaq topdi. Sug’orish va yangi yerlarni ozlashtirishga katta e'tibor berilmoqda.
Odatda Kavkaz xalqlarining madaniyati uchta oziga xos hududga bolib ta'riflanadi. Masalan, Shimoliy Kavkaz xalqlari (adigeylar, osetinlar, bolqarlar va qorachayliklar) umumiy madaniy birligi bilan bir oz ajralib turadi. Dog’iston xalqlari, chechen-ingushiya oziga xos madaniy hududni tashkil qiladi. Kavkazortida Ozarbayjon, Armaniston, Sharqiy va arbiy Gruziya maxsus madaniy hududlar sifatida ajratilgan.
otgan asr boshlarida Kavkaz aholisi asosan, qishloqda yasha-gan. Ularning qarorgohi tabiiy sharoitga qarab har xil bolgan. Tog’li hududlarda uylar ancha zich, asosan, ular bir yoki ikki qavatli qilib zinapoyaga oxshash biri-birining ustiga, somon aralash loydan yoki toshdan qurilgan, tomi tekis qilib yopilgan. Gruziyaning g’arbida va Abxaziyada yog’ingarchilik kop hududlarda baland poydevorli yog’ochdan qurilgan uylar mayjud. Armanistonda va qoshni Gruziya va Ozarbayjonning ancha qismida toshdan qurilgan yog’och gumbaz tomli uylar ham uchraydi. Adigey va qisman Dog’iston xalqlarida chetdan devorli (turluq), tomi ikki yoki tort nishabli uylar keng tarqalgan. Shimoliy Kavkazda somon yoki chetan uylar ham tiklangan. Barcha uylarda ortada ochoq ornatilgan va tomdan tuynuk qoyilgan. Sharqiy Ozarbayjonda somonli loydan qurilgan bir qavatli, tekis tomli, oyna-eshigi ichkariga qaragan uylar keng tarqalgan.
otgan asrda shahar va qishloqlar butunlay boshqa qiyofaga ega bolgan. Endi ilgarigi turli-tuman uylar orniga tosh va g’ishtdan tiklangan hashamatli binolar, obodonlashgan qishloqlar paydo boldi. Umumiy Kavkaz xalqlaridagi qurilish usuli bir necha xonali, oldi ayvonli ikki qavatli chiroyli bezatilgan uylar tiklashdan iborat. Elektrlashtirilgan, vodoprovod otkazilgan zamonaviy qishloqlarni jamoat inshootlari, klub va magazin, dorixona va shifoxona, maktab va oshxonalar bezab turibdi. Faqat arbiy Gruziya va Abxaziyada an'anaviy ustunga ornatilgan uylar saqlangan. Hamma yerda meva va manzarali daraxtlar, chiroyli gullar otqazilgan.
Kavkaz xalqlarining ilgarigi kiyimlarida ularning etnik xususiyatlari, ozaro iqtisodiy va madaniy aloqalari ochiq namo-yon bolgan. Hatto bir xalqda bir necha turdagi kiyimlarni uchratish
mumkin. Shimoliy Kavkazda paydo bolgan erkak kiyimi xanjar taqilgan, kamarli va oqdonli yupqa kigiz chopon (beshmet yoki cherkeska), tik yoqali koylak, uzun shim, yumshoq teri etik va qalpoq butun hududga tarqalgan. Ayollarda tog’ri bichim nozik belga moljallangan yengli koylak, uzun ishton, turli bosh kiyim va romollar, rang-barang va boy, ayniqsa, kumushdan yasalgan turli bezaklar oziga xos xususiyatga ega. Armanlar juda yarqiroq rangli kiyim kiyishni (g’arbiy hududlarda sariq, sharqda qizil rangda) yaxshi korganlar. Og’izni romol bilan bekitish odat bolgan.
Kavkazorti xalqlarining kiyimlari Shimoliy Kavkaz xalq-larinikidan farq qilgan. Ularda, ayniqsa, arman va ozarbayjonlarda Old Osiyo xalqlarining kiyimlariga oxshash belgilari ancha kuchli. Bu yerda ham cherkeska milliy kiyimga aylangan. Hozir adigey kiyim (cherkeska) va ayollarning milliy kiyimlari asosan, havaskor togaragida saqlangan.
Ijtimoiy va oilaviy turmushda Rossiyadagi oktabr davlat tontarishiga qadar patriarxal odatlari kuchli bolgan. Urug’chilik davriga mansub ibtidoiy mehmondostlik, qoshnichilik, xun olish, ayollarni kamsitish, qalin kabi odatlar chuqur ildiz otgan. Oilaviy munosabatlarni qadimiy qonun-qoida tusiga kirgan odatlar bilan bir qatorda din ham boshqarib turgan.
Kavkazda asosan, ikki din — nasroniylik va islom hukmron-lik qilgan. Nasroniy dini bu yerga milodning birinchi asrlarida Vizantiyadan tarqala boshlagan. Uni dastlab armanlar va gru-zinlar qabul qilganlar. Islom dini esa VIII asrlardan arab istilosi davridan boshlab kirib keladi va saljuqiylarning bosib kirishi bilan mustahkamlanadi. U Ozarbayjon, Dog’iston va Abxaz xa-Iqlari orasida keng tarqalgan. Ozarbayjonlar asosan, shia maz-habiga, qolganlari esa sunna mazhabiga otganlar. Ammo kav-kazliklarning hayotida ibtidoiy diniy e'tiqodlar — otga va te-mirga, tabiat kuchlariga va osimlik dunyosiga sig’inish kuchli bolgan.
Kavkaz xalqlarining folklori ham rang-barang va juda boy. Asrlar davomida ijod qilib kelingan epik rivoyatlar, qahramonlik doston va ertaklari, masallari uzoq tarixiy voqealarni, maishiy turmush madaniyatining turli tomonlarini har xil sujet va janrlar
orqali jonli tasvirlaydi. Gruzinlarning Amirani haqidagi qahramonlik eposi shahzoda Abesalom va chopon qiz Eteri orasidagi tragedik muhabbat dostoni, armanlarning «Sosun bahodirlari» yoki «David Sosunskiy» nomli ozodlik uchun kurashni kuylovchi eposi sevimli folklor asarlaridir. Xalq orzularini ifodalovchi ashula va raqslar hozirgacha kishini maftun qiladi.
XX asr boshlarida Kavkaz xalqlarining moddiy, ma'naviy va maishiy turmushida ba'zi ozgarishlar yuz berdi. Zamonaviy sha-harlar va qishloqlar, yangi tipdagi keng, oyna, eshikli, yorug’ kop xonali uylar, korkam jihozlangan xonalar, ayvonli hovlilar yuksak madaniyatning ta'siridan dalolat beradi.
Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling