"alpomish" dostonining berdi baxshi variantida barchinoy


Download 42.89 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana26.10.2023
Hajmi42.89 Kb.
#1724624
  1   2   3   4
Bog'liq
alpomish-dostonining-berdi-baxshi-variantida-barchinoy-tasviri



CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL 
OF SCIENTIFIC RESEARCH 
ISSN: 2181-2489 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
  
 
665 
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
 
 
“ALPOMISH” DOSTONINING BERDI BAXSHI VARIANTIDA BARCHINOY 
TASVIRI 
 
Sevinch G‘afforova 
ToshDO‘TAU 3-bosqich talabasi 
Annotatsiya 
O‘zbek xalqining uzoq o‘tmishi, rasm-rusumlari, hayot tajribasidan o‘tgan 
an’analari, kurashlari, tashvishlari, quvonchlari o‘zining badiiy ifodasini topgan 
“Alpomish” dostonida Alpomishning jasorati, Barchinoy sadoqati, Qorajon, 
Qaldirg‘ochoy kabi bir qator obrazlar tasvirlangan bo‘lib, quyida ushbu dostonning Berdi 
baxshi
1
variantida Barchinoy obrazi tasviriga to‘xtalinadi. 
Kalit so‘zlar: variant, xarakter, alp, obraz, badiiy tasvir 
Xalqimiz qadim-qadimdan ayolga hurmat-izzat, e’tibor bilan munosabatda bo‘lgan. 
Badiiy adabiyotda keltiriladigan o‘xshatishlar-u, qiyoslashlarni bunga misol qilsak 
bo‘ladi. Ayniqsa,oilada yor, ona sifatidagi oliy burchi – farzand tarbiyasi, uning 
jamiyatdagi o‘rnini belgilab beradi. “Alpomish” dostonidagi Barchinoy obrazi orqali 
ushbu tasavvurlar yaxshi ochib berilgan. 
Barchin o‘zbek eposida alp ayol obrazi hisoblanib, o‘zbek tilining izohli lug‘atida 
keltirilishicha Barchin ismining asosi ham “bars”, “ilvir”, “yo‘lbars” degan ma’noni 
anglatadi
2
.
Ismda insonning orzu-umidlari aks etib, unga doimo hamroh bo‘ladi. Ism berilish 
jarayoni katta-kichik oilaviy marosim tarzida o‘tkaziladi. Xususan, Barchinga Xizr bobo 
tomonidan ism berilishini: “Shunda Xizr bobom borib: – Qizning oti Barchin bo‘lsin, 
mullaga beringlar, mulla Barchin bo‘lsin, chochbog‘iga boylab tosh otsa, bir tosh yerga 
ketsin, jamoli ham bir tosh yerdagini yiqsin, – deb duo qilib, ko‘zdan g‘oyib bo‘lib ketdi. 
“Xalqqa ibrat bo‘lsin”, – deb aka-uka quda bo‘ldi. Ikkovi ham to‘rt yashar bo‘ldi, 
mullaga eltib berdi, uch yil o‘qib, mulla bo‘ldi” (5-bet) – deya tasvirlaydi va bu orqali 
Barchinning ismi jismiga monand bo‘lishi, o‘ziga xosligiga ishora qiladi.
Dostonda Barchin ruhiyati g‘oyat teran aks ettirilgan. Uning baland martaba, baland 
ruh, baland qadr egasi ekanligi, shu bois o‘ziga ham, o‘zgaga ham yuksak talablar bilan 
1
Berdi baxshi(Berdiyor Pirimqul o‘g‘li). (2013). Alpomish 2-jild.(B163) – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va 
san’at nashriyotining matbaa ijodiy uyi. 
2
O‘zbek tilining izohli lug‘ati: 80000ga yaqin so‘z va so‘z birikmasi.J.I.A-DMas’ul muharrir A.Madvaliyev.–T.: 
“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2020. – 680 bet. 


CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL 
OF SCIENTIFIC RESEARCH 
ISSN: 2181-2489 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
  

Download 42.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling