"alpomish" dostonining berdi baxshi variantida barchinoy
Download 42.89 Kb. Pdf ko'rish
|
alpomish-dostonining-berdi-baxshi-variantida-barchinoy-tasviri
667 UZBEKISTAN | www.caajsr.uz tegaman. To‘qsoningning otingni poygaga qo‘shib, o‘zganingga tegaman. To‘qsoningni sari yoyingni sindirib ko‘raman, sinmaganingga tegaman. Shu uch shartimdan birovi qolsa ham, tegmayman”. Barchin qiyin vaziyatlarda yoridan umidvor bo‘lishi, sabr toqat bilan berilgan qalmoqning to‘qson kun muddati davomida uni kutishi uning ayollarga xos bir ojizalik tomonini aks ettirgan. Bu jarayonni baxshi Barchinning holatini choparlar va ularga bergan nomasidan bayon qiladi: Qatorda ingragan lo‘kcha-norima, Salom degin Boysin-Qo‘ng‘irot sharima, Eson-omon borsang Qo‘ng‘irot eliga, Salom degin mulla Hakim yorima. Boshiga yarashar toju yorlig‘i, Har yerga ma’lumdir qilgan zo‘rligi, Kechikmasdan kelsin darrov-zinhor, Toy-talashda qoldi menday qallig‘i. Doston davomida Barchinning ona sifatida gavdalanishi unga nisbatan beriladigan ta’riflarga yangi bir yondashishni talab etadi. Sababi, alp maqomida bo‘lgan, qat’iyatli obraz onalik mavqeida chorasiz insonga aylanadi. Alpomishdan qolgan sari yoydan Ultontoz o‘q uzulishini xohlaydi, lekin uni hech kim ko‘tara olmaydi. Qultoy qiyofasida kelgan Alpomish yoydan o‘q uzmoqchiligini, yoyni esa o‘g‘li Yodgor olib kelishini aytadi. Buni bilmagan ona bolasining qiynalayotganini ko‘rib nola qilsa, otasini izidan borgani uchun undan faxrlanadi: Ultontoz ko‘rib: – Qani, Yodgor, sari yoyni ko‘tarib kel,–dedi. Yodgor borib, yoyni ko‘tarib yura berdi. Buni enasi Barchin ko‘rib, bir so‘z degani: Yomg‘ir yog‘sa, halqob ko‘llar loylansin, Xudoyo, dushmanning qo‘li boylansin, G‘ayratingga banda bo‘lay, Yodgorjon, Kokilingdan menday enang aylansin. Vo hasrato, ota davrin ko‘rmading, Otangning oldida o‘ynab-kulmading, Otang o‘lib, zor yig‘layman, Yodgorjon, G‘ayratingni otang yozgan ko‘rmadi. Doston variantini kuzatish barobarida Barchin yorini o‘zga qiyofada kelgan bo‘lsada, har bir narsaga e’tiborliligi, yuksak fahm-farosati sababli tanib olishiga guvoh bo‘lamiz: “Shunda Alpomish: “Qaytar ekan”, – deb Barchinning taxtining ostidan o‘tib keta berdi. Barchin Qultoy cholni Alpomishga o‘xshatib, o‘g‘liga bir so‘z degani: CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH ISSN: 2181-2489 VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2022 Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230 Download 42.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling