"alpomish" dostonining berdi baxshi variantida barchinoy


Download 42.89 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana26.10.2023
Hajmi42.89 Kb.
#1724624
1   2   3   4
Bog'liq
alpomish-dostonining-berdi-baxshi-variantida-barchinoy-tasviri

 
666 
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
 
 
yondashishi juda ta’sirli ifodalangan. Maston kampir bilan suhbatida, uni hiyla bilan mot 
qilishida ushbu fikr o‘z isbotini topadi: 
Shunda Barchin: “Mening otam musofir bo‘lsa, bu qalmoqlar bilan teng bo‘lmas”, – 
deb hiyla qilib, bir so‘z degani: 
..O‘zbeklarni ko‘rsam, qattiq quvayin, 
Haqning dargohiga shukur qilayin, 
Olib ket, ketayin Kashal elingga, 
Dinga kirsa, tegay sening gulingga.. 
..Xudoy oyday qildi mening qoshimni, 
Qorajonga qo‘shsa edi boshimni
Tegsam, men tegayin sening ulinga, 
Oldirsa ekan avrasining boshini. 
Degan vaqtda kampir: ...tegmasang, tegmay qo‘yaqol, – deb chiqib ketdi”.
Shu qatorda baxshi uning husn-malohatini tarannum etadi: 
“Shunda qizi Barchinoy: “Otam kim bilan so‘kishib yotir”, – deb uydan chiqdi. Uni 
ko‘rib to‘qson dev otining yoliga yotib behush bo‘lib qoldi. Toychixon qizni ko‘rib: – Bu 
qizing nechaga kirgan? – deb so‘radi. Boysari aytdi: – Shu yil qizim yetti yashar bo‘ladi. 
Toychixon: – Yetti yilgachayin Oyna ko‘lini, Chilbir cho‘lini qizingning qaliniga berdim. 
Yetti yildan keyin o‘zim kelib olaman. Boshqaga bermaysan, – deb ketdi”, - uni deya 
o‘zini yo‘qotgan dev va Toychixonning holatidan Barchinning go‘zalligi haqidagi 
so‘zlarning chinligini ham ta’kidlab o‘tadi. 
Barchin qo‘lini tutmoqchi bo‘lgan yigitdan ham salohiyat, ham bahodirlikni talab 
qiladi. Bu jihatdan uning Alpomish va to‘qson alp oldiga shart qo‘yishi xarakterlidir. 
Po‘lkan shoir
3
, Berdi shoir variantlarida uch(poyga,yoy tortish,kurash), Fozil shoir 
variantida
4
to‘rtta(yoy tortishish, ming qadamdan tanga pulni urish, poyga, kurashda 
to‘qson alpni yiqish)bo‘lgan qahramonlik va mardlikni tarannum etuvchi Barchinning 
shartlari nafaqat to‘qson alp, balki Alpomishning ham alpligini, jismoniy barkamolligi
so‘ziga sobitligi va Barchinga nechog‘lik munosib ekanligini yana bir bor sinovdan 
o‘tkazishga zamin yaratadi: 
“Shunda to‘qsoni yig‘ilib Barchinning o‘toviga bordi. – Qani, Barchin, birimizni 
xohla, – dedi. Barchin aytdi: – Menga to‘qson kun fursat berasizlar. To‘qson qalmoq 
aytdi: – Barchin, senga to‘qson kun fursat berdik. Bittamizni xohlab qo‘y, hammamiz 
sendan umidvormiz. Barchin aytdi: – To‘qsoningni kurashtirib, yiqilmaganingga 
3
Po‘lkan shoir (2013).Alpomish 2-jild.(B.275) –Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotining 
matbaa ijodiy uyi. 
4
O‘zbek tilining izohli lug‘ati: 80000ga yaqin so‘z va so‘z birikmasi.J.I.A-D Mas’ul muharrir A.Madvaliyev.–T.: 
“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2020. – 680 bet. 


CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL 
OF SCIENTIFIC RESEARCH 
ISSN: 2181-2489 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
  

Download 42.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling