Milliy mafkuraning shakllanishi o 'zbek xalqining, ayniqsa


§4.AMERIKANING HOZIRGIETNIK QIYOFASI


Download 1.14 Mb.
bet33/39
Sana17.10.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1706836
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39
Bog'liq
Etnologiya-darslik

§4.AMERIKANING HOZIRGIETNIK QIYOFASI
Hozirgi Amerika qifasi ozining rang-barang tabiati singari turli xildagi etnik qiyofaga ega. Kashf etilgandan song besh asrlik tarixi davomida qifaga juda kop xilma-xil elat va xalqlar kelib uning etnik tuzilishida tub ozgarishlarga sabab bolgan. Ularning geografik joylashishda ham katta ozgarishlar roy bergan. Bu yerda yirik xalqlar faqat Yangi davrda shakllangan. Yevropaliklar kelgunga
257
qadar Amerikaning tub aholisi asosan, qadimiy dehqonchilik madaniyati markazlari Janubiy Meksika va And tog’larida joylashgan. Shimoliy va Janubiy Amerikaning mayda qabilalari esa ovchilik, terimchilik va baliqchilik bilan shug’ullanganlar.
Hozir AQSH va Braziliyada 100 dan ortiq turli xalqlar, Kana-da, Meksika va Argentinada 50 dan koproq, Boliviya, Venesue-la, Peru, Kolumbiya va Chilida 25 ga yaqin xalq va elatlar yashay-di. 30 dan ortiq xalq bir milliondan kop aholiga ega. Eng kop sonli aholi 1985-yili AQSHda (240 mln.), Braziliyada (135,5 mln.), Meksikada (78,5 mln.), Kolumbiyada (28,4 mln.), Kanadada (25,3 mln.), Argentinada (30,5 mln.), Peruda (19,7 mln.), Venesu-elada (17,3 mln.), Chilida (12,1 mln.) yashaydi. Tub aholi hisob-langan hindilarning avlodlari butun aholining taxminan 6\1 qis-mini tashkil qiladi. Shulardan eng kop sonli xalqlar: kechua 13,2 mln. (Peru, Ekvador, Boliviya), guarani 2,9 mln. (Paragvay), aymara 2 mln. (Boliviya, Peru), atsteklar 1,3 mln. (Meksika), algonkinlar 350 ming, atapasklar 285 ming, chibcha-muiska 270 ming va boshqalar.
Til jihatdan hozirgi Amerika aholisini olimlar ikki katta guruhga boladilar, kelgindi hind-yevropa tillari (asosan, ingliz, ispan, fransuz) va mahalliy hindi tillari (mayya, atstek, aymara, kechua, guarani, penuti, chibcha va hokazo). XVI-XVIII asrlar davomida Afrikadan zorlik bilan millionlab keltirilgan turli elatlar (bantu, yoruba, xuasa, eva va hk.) ham qifaning etnik qiyofasiga muayyan ta'sir otkazgan. Hozirgi Amerikaning ayrim mamlakatlarida negrlar hatto kopchilikni tashkil qiladi.
Yevropa mustamlakasi natijasida kop asrlik murakkab etnik jarayon roy berib tub aholining faqat lingvistik va antropologik tuzilishidagina emas, uning turmush tarzida ham jiddiy ozgarishlar bolib otdi. Albatta, mazkur jarayon tabiiy bir holat bolmasdan, balki zorlik va vahshiylik bilan amalga oshirilgan. Mustamlakachilarning hindilarni ochiqdan-ochiq qirib tashlash siyosati Amerika tarixining eng fojiali sahifalaridan hisoblanadi. Istilochilar keltirgan qirg’in, og’ir mehnat va turli yuqumli kasalliklar millionlab hindilarning yostig’ini quritgan edi. Ayniqsa, Vest-Indiya aholisi XVI asrning birinchi yarmidayoq fojiali taqdirni boshdan kechirgan, oqibatda hindilar osha davrda deyarli butunlay qirilib ketgan va ularning avlodlaridan nomu nishon qolmagan. Faqat kop sonli qadimiy madaniyat yaratgan
258
xalqlar (aymara, guarani, Janubiy Meksika hindilari) va Janubiy Amerikaning ichki toqayzorlarida, Amazonka va Oriniko daryolarining vohalaridagi tropik ormonlarda yashaydigan hindilar qisman etnik hududini hamda madaniy xususiyatlarini saqlab qolganlar.
Kelgindi yevropaliklarning etnik tarixi ancha murakkab va notekis. Ular Amerika qifasining turli qismida turlicha joylash-ganlar. Dastlab Shimoliy Amerikaga kishilar Angliya, Irlandiya va Shotlandiyadan kela boshlagan. XIX asr ortalarigacha bu yerga koproq Shimoliy, arbiy Yevropa mamlakatlarining vakillari kochib kelganlar. Kelgindilarning kopchiligi irqiy tomoniga kam e'tibor qilib mahalliy qabilalar bilan nikoh tuzganlar. Keyinchalik Germaniya va Shvetsiyadan immigrant-larning tolqini bir oz kuchayadi. XIX asrning II yarmida Avstro-Vengriya, Italiya va hatto Rossiyadan, keyin Yaponiya va Xitoy-dan ham odamlar kochib kela boshlaydi. Ammo immigrantlar qifaning qulayjoylarini axtarib turlicha joylashganlar. Yevropa-liklar kopincha AQSH va Kanadaning sharqiy va markaziy qis-mlariga, hamda Markaziy va Janubiy Amerikaga tarqalib ornashgan bolsalar, yaponlar va xitoylar asosan, Tinch okeani sohillariga joylashgan.
AQSHning aholisi qurama bolib, uning asosiy tili inglizcha, faqat 10 foiz aholi oz ona tilida gapiradi. Bir necha asrlik assimilatsiya natijasida hozirgi ingliz tillik Amerika millati shakllangan. Shunisi qiziqki, qifada yashovchi roman-german tillarida gapiradigan kishilarning soni shu tillarning vatanidagi aholiga nisbatan bir necha marta kop. Masalan, ingliz tilining vatani Angliyada 56 mln. kishi shu tilda gapirsa, Amerikada inglizchada 200 mln.ga yaqin kishi gapiradi. Ispaniyada 36 mln.dan ortiq kishi ispancha gapirsa, shu tilda gapiradigan kishilar Amerikada 200 mln. dan oshadi. Portugaliya tili vatanida 10 mln.ga yaqin portugalcha gapirsa, Braziliya shu tilda 115,5 mln. aholining tiliga aylangan. Umuman, qifadagi aholining kopchiligi roman tillarida (ispan, portugal va fransuzcha—54 foizdan ortiq) va german tillaridagi xalqlar (inglizcha 35 foiz), qolgan aholi hindilar va boshqa kelgindi mayda millatlar-dan iborat.
Amerikaning etnik tarixida irqiy jihatdan negrlar alohida orinni egallaydi. Ular XVI asrning I choragidan boshlab Afrikadan minglab keltirilgan. Uch asr davomida zorlik bilan asosan, Vest-Indiya va
259
Braziliyaga plantatsion xojaliklarda ishlatish uchun qul qilib keltirilgan son-sanoqsiz negrlar mahalliy etnik jarayonga oz ta'sirini otkazgan, albatta, Negrlar dastlab yuzlab keltirilsa, XVII asrda bir necha mingdan iborat bolgan, XIX asr boshlarida 1 mln., 1860-yillarida 4 mln.ga yaqin negr kuch bilan olib kelingan. Hozir AQSH aholisining 12 foizi, Lotin Amerikasining 9-10 foiz aholisi negrlar-dir. Ular asosan, antropologik va ba'zi milliy xususiyatlarini saq-lab, joylashgan olkalardagi hukmron tillarni egallaganlar.
Butun Amerikada 3-4 asrlik murakkab assimilatsiya va konsoli-datsiya jarayoni natijasida turli qurama etnik guruhlar paydo bolgan edi. Bu yerdagi Ispaniya va Portugaliya mulklariga kochib kelgan ispaniyalik va portugaliyalik dvoryanlarining avlodlari «kreollar» deb nom qozongan. Ular mahalliy boy tabaqalar hisoblanib qonu qarindoshlik aloqalarini ornatganlar. Kreollar metropoliya aholisi bilan bir oz ziddiyatda bolib, ayrim huquqlar (masalan, hukmronlik qilish)dan mahrum bolishgan. Shuning uchun ular XIX asrning 1 choragidan mustamlakachilik tugagandan keyin mustaqillik uchun kurashga bosh bolib, yangi paydo bolgan respublikalarda hokimlikni oz qollariga olganlar.
Aslida irqlarning aralashuvi mustamlakachilik davrida boshlan-gan edi. Oqibatda juda kop metislar paydo bolgan. Ular yevropaliklar bilan hindilarning avlodlaridir. Ba'zan metis hindi ayoliga uylanib fanda «salto atras» (orqaga sakrash) deb atalgan avlod ham paydo bolgan. Metislar ayniqsa, Meksikada, Janubiy Amerikaning g’arbiy sohillarida, Markaziy Amerika mamlakatlarida, Kolumbiya va Venesuelada kop.
Yevropaliklar bilan negrlar aralashmasidan paydo bolgan avlodlar «mulat», deb nom olgan. Ular negrlar koproq bolgan joylarda tarqalgan. Vest-Indiyada bunday avlodlar hatto maxsus ter-minlar bilan atalgan. Masalan, avlodda 4\1 qismi negr hisoblansa, «kvarteron», 8\1 qismi «oktron», 16\1 qismi «musti», 32\1 qismi «mustefino» deb nom berilgan. Mazkur tizim asosida kishining ijtimoiy orni belgilangan. Agar «oq tanli» bilan «mustefino»dan bola tug’ilsa, u oq tanli, deb tanilgan va erkinlar qatoriga kirgan (hatto ota-onasi qul bolsa ham).
Markaziy Amerika, Kolumbiya va Ekvadorda hindi bilan negr-lar nikohidan paydo bolgan avlodlarni «sambo» deb ataganlar. Bulardan tashqari, XIX asrning 30-yillarida qullik man qilingandan keyin Amerikaga Hindiston va Xitoydan kontrakt asosida yollanma
260
I
ishchilar keltirila boshlandi. Ularning kopchiligi Vest-Indiya mamlakatlariga joylashib yangi etnik guruhlarning shakllanishida ishtirok qilganlar.
Hindilarning hozirgi geografik joylashuvi ham notekis. Agar Shimoliy Amerikada eskimos va hindilarning soni 1,5 mln.dan ortiq bolsa, Vest-Indiya va Urugvayda sof hindilar mutlaqo yoqolib ketgan, Kosta-Rika va Argentinada juda kam qolgan. Lotin Amerikasida yashovchi aholining 55 foizini metislar tashkil qiladi, Meksikada esa metislar afaolining 5\4 qismidan iborat. «Oq tanlilar» faqat Argentina, Uragvay va Kosa-Rikada kopchilik aholini tashkil qiladi, qolgan Lotin mamlakatlarida nisbatan kam. Antropologik va etnografik ma'lumotlarga kora butun Lotin Amerikasida sof yevropoid («oq tanli») irqiga oid tiplar aholining 5\1 qismini tashkil qiladi, xolos. Ayrim davlatlarda, masalan Dominikan respublikasi-da esa aholining kop qismi mulatlardan iborat.
Shimoliy Amerikada juda kop fransuzlar, italyanlar, nemislar, slavyan xalqlari va boshqa millatlar yashaydi. Masalan, Kanadada fransuzlar aholining 3\1 qismini tashkil qiladi. XIX asr oxirlaridan boshlab Lotin Amerikasidagi mamlakatlarga arablar, Livan va Falastindan kochib kela boshlaganlar.
Hozirgi Amerika mamlakatlarida barcha elat, qabila va xalqlar millat bolib shakllanmoqda. Muayyan iqtisodiy, hududiy, ruhiy va ma'naviy madaniyat birligi negizida Amerika, Kanada, Meksika, Braziliya, Venesuela, Kuba, Kolumbiya va boshqa onlab zamonaviy millatlar paydo bolmoqda. Amerika aholisining, ayniqsa,Markaziy va Janubiy qismida joylashgan davlatlarning tarixiy taqdiri, til birligi, bir din (katolitsizm) ga taalluqli ekanligi va tabiiy sharoitining nisbatan yaqinligi mazkur jarayonni ancha tezlashtirmoqda. Lekin Shimoliy Amerika bilan Lotin Amerikasi orasidagi sotsial-iqtisodiy, etnik va madaniy tafovutlar qifa aholisining oziga xoS xususiyatla-rini belgilab, ularning demografik rivojiga ham zor ta'sir qilib kelmoqda. Hozirgi davrda Lotin Amerikasining aholisi Shimoliy Amerikaga nisbatan uch hissa tez sur'atlar bilan osmoqda. Lotin Amerikasi jahonda eng yosh mintaqa, uning aholisining yarmidan kopi 20 yoshga ham yetmaydi. 1960-yillarda Amerikaning shimoliy qismi bilan Lotin Amerikasi aholisining soni taxminan teng bolgan bolsa, 1975-yilga borib shimolga nisbatan 3\1 qism kopaygan. XX asr oxiriga kelib, Lotin Amerikasining aholisi Shimolga qaraganda taxminan ikki baravar oshdi. Bunday hodisa qifaning etnik qiyofasiga hani ta'sir qilmay qolmaydi, albatta.
261
V. YEVROPA QIT'ASIXALQLARI

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling