Milliy mafkuraning shakllanishi o 'zbek xalqining, ayniqsa
Download 1.14 Mb.
|
Etnologiya-darslik
Kaliforniya hindilari. AQSHning Kaliforniya, qisman Nevada ham Yuta shtatlarida yaqin davrlargacha turli tillarda gapiradigan, ammo xojalik-madaniy birlikka ega bolgan qabilalar yashaganlar. Ular dehqonchilikdan bexabar bolsa-da, ovchilik va terimchilikka asoslangan an'anaviy xojaligi barcha zarur narsalar bilan ta'min qilib kelgan. Bu yerning tabiati mevali dub daraxtining juda kop turlarini, har xil yemishli osimlik va ildizlarni, yowoyi lobiyo, piyoz, yong’oq, daryo va dengiz hayvonlari kabi nihoyatda boy oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib bergan.
Mahalliy hindilar, ayniqsa, dub mevalarini tozalab, quritib, yanchib, uning unidan atala pishirganlar. Dub mevasi uni asosiy taom bolibgina qolmay, qabilalar orasidagi savdo mahsulotlari-ning muhim sohasi ham hisoblangan. Ular har xil ormon osimliklarining urug’lari, dengiz sohillari va ichki daryolardan molluskalar, qisqichbaqa, baliq va boshqa jonivorlarni hamda suv osimliklarini iste'mol qilganlar. Barcha qabilalar uchun oziq-ovqat yil boyi tabiatda mavjud bolsada, ularni yig’ib-terib ishlab chiqarish uchun doimiy mehnat talab qilingan. Asosiy ishlab chiqarish qurollaridan ovchilikda oq-yoy, baliqchilikda sanchqi, savat, yaxlit daraxtdan oyib yasalgan kema. Butun Kaliforniyada zor mahorat bilan savat toqish keng tarqalgan. Ildiz va urug’larni yig’ib-terish uchun oddiy uchi yonilgan yog’ochdan foydalanilgan. Tosh pichoq, 396 6er KJapanr: CeaepoaMepHKaHCKHe 237 turli chig’anoqlar, munchoqlar boylik hisoblangan. Asosiy kasbi terimchilik bolganligi tufayli mehnat taqsim qilinmagan. Lekin ovchilik bilan faqat erkaklar shug’ullanishgan. Shimoliy Kaliforniya hindilari yarim yertolalardan iborat kichik qishloqlarda yashaganlar. Qolganlari kochib yurishga qulay bolgan daraxt qobig’i bilan yopilgan konus yoki gumbaz shaklida-gi chaylalarda istiqomat qilganlar. Deyarli barcha qabilalar kiyimsiz yurganlar, ammo bayramlarda juda kop bezaklar taqil-gan. Qizlar faqat voyaga yetgandan keyin osimlik tolasidan yubka yoki teridan etakcha kiyganlar, erkaklar esa bug’u terisidan qilingan belbog’ bilan cheklangan. Sovuqda egniga teri yoki korpacha yopinganlar. Shimoliy va markaziy hindilarning ijtimoiy tuzumida qishloq jamoasi, kopchiligida fratrial tuzumi saqlanib kelgan. Ona urug’idan patriarxatga otish munosabatlariga xos tartiblar kuchli bolgan. Vohalardagi va tog’ etaklaridagi hindilar yirik qishloqlarda joylashgan bolib, ancha rivojlangan ijtimoiy va siyosiy tuzumga, murakkab diniy tizimga ega bolganlar. Totemizm va shomonizm keng tarqalgan. Shomoniylik chuqur oylanilgan marosimlar va davolash usullariga ega bolgan. Har qishloqda maxfiy jamiyatlar mavjud bolib, ommaviy marosim-lar (har xil oyinlar, tantanalar, bezakli kiyimlar bilan) namoyish qilingan. Ibodat marosimlarida ijro etiladigan oyinlarda har kim oz boyligini korsatishi mumkin bolgan. Janubiy Kaliforniya qabilalarida ospirinlarni urug’ a'zoligiga otkazish va boshqa diniy marosimlarda kayf yoki qayt qiladigan otlarni iste'mol qilish odat bolgan. Yevropalik istilochilar XVIII asr ortalaridan oz ta'sirlarini kuchaytiradilar. Ular dastlab sohilga yaqin vodiylarda missionerlik makonlarini ornatganlar, hindilar bilan aloqani mustahkamlab, oz makonlariga jalb qilib nasroniylashtira boshlaganlar. Mazkur alo-qalar hindilarning turmush tarzini yemirib, og’ir kasalliklarning ta-rqalishiga sabab bolgan. Ayniqsa, yuqumli kasalliklar minglab hindilarning yostig’ini quritgan. 1848-yilda Kaliforniyada oltin topilgandan keyin, mahalliy aholining hayotida eng qorong’u kunlar boshlanadi. Koplab kela boshlagan oltin izlovchilar hindilar qishloqlarini talon-taroj qilib ketganlar. 1850-1880-yillar ichida bolib otgan urushlar natijasida ojiz, begunoh hindilarga qarshi chinakam ov boshlangan va ularni vahshiyona qirib tashlaganlar. Agar 1770-yilda 138 mingdan ortiq hindilar mavjud bolgan bolsa, XIX asrning oxirlariga kelib deyarli on hissa kamaygan. Rasmiy ma'lumotlarga binoan, hozir Kalifor-niya shtatida 40 mingga yaqin mahalliy hindilar (butun shtatda 18 mln. aholi) yashaydi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling