Milliy mafkuraning shakllanishi o 'zbek xalqining, ayniqsa


Download 1.14 Mb.
bet25/39
Sana17.10.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1706836
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39
Bog'liq
Etnologiya-darslik

ormon ovchi qabilalari. Shimoliy Amerikaning sharqiy qismi-dagi subarktika ormonlarida Alyaskaning ichki hududlari va Kanadaning tayga qismida algankin va atapask til oilalariga mansub ovchi, baliqchi va terimchi qabilalar yashaganlar. Ular asosan, yowoyi bug’u (karibu), los, ayiq, yowoyi qoy va buqa (bizon), tulen, kit va boshqa ormon ham dengiz hayvonlariga ov qilganlar. Daryo va kollarda baliq ovlaganlar, ormonlarda turli yeyishli va etildizli osimlik mahsulotlarini yig’ib-terib kun kechirganlar.
Jonivorlarni ovlashda asosan, suyak yoki tosh uchli oq-yoy, nay-za, pichoq, palaxmon, turli tuzoq, qopqon va torlardan foydalan-ganlar. Baliq ovida qarmoq, teri va osimlik tolasidan ayollar toqigan tor hamda savatlar ishlatilgan. Qishda tennis raketkasiga oxshash chang’i va it qoshilgan yog’och chanalar bilan kochib ov qilganlar. Kochmanchilik turmush tarziga moslashgan ovchi hindilar konus shaklida ortasida tuynukli teri va yog’och qobig’i bilan qoplangan, kochishga qulay chaylalarda yashaganlar. Ayrim atapask qabilalari qishda yertolalarda istiqomat qilganlar. Daraxt qobig’idan uy-rozg’or buyumlari va hatto kema yasaganlar.
Karibu va los terisidan ayollar kiyimlar, maxsi (mokasin) va qolqoplar tikkanlar, mayda jonivorlarning terisi va juni bilan kiyimlarni bezatganlar, bosh kiyimi toqiganlar. Ba'zan ishlab chiqarish qurollari va uy-ro'zg'or buyumlariga ham naqsh berilgan. Erkak va ayollar asosan, bir xilda yengi uzun koylaklar kiyganlar, qishda kapushonli postin yopinganlar.
Shimolning ormon hindilari mustamlaka arafasida urug’chilik munosabatlarini saqlab, jamoa bolib yashaganlar va ov qilganlar. Qishda ular ayrim guruhlarga bolinib, kochib yurganlar, yozda
235
daryo boylaridagi qarorgohlarga toplanishib savdo qilganlar. XVII asrlardan mustamlakachilar bilan yaqin aloqalar ornatilib, moynachilik maxsus sohaga aylanadi va moyna savdosi tovar ayirboshlashni kuchaytiradi. Subarktika ovchilari boshqa hindilar singari yevropaliklar tomonidan zorlik bilan oz yerlaridan haydalmaganlar va qirilmagan. Chunki Shimoliy Amerika ormonlari chorvachilik va dehqonchilikka noqulay bolganligi tufayli mustamlakachilar bu yerga bostirib kirmaganlar. Ular aksincha, qimmatbaho moynaga muhtoj bolib, moynachilikni rivojlantirish maqsadida ovchi hindi qabilalarini har tomonlama qollab-quvvatlaganlar. Yevropaliklar keltirgan temir qurollar (pichoq, bolta, iskana, keyin miltiq va hk.) hindilarning og’ir mehnatini ancha yengillashtirdi. Shuning uchun dastlab moyna savdosi yevropaliklar bilan hindilar orasidagi munosabatlarni katta fojiasiz rivojlanishiga sabab bolgan edi. XVII asrning 30-yillaridan boshlab missionerchilikning kuchayishi bu munosabatlarni yana ham mustahkamladi. Mahalliy atapask, kri qabilalari bilan kelgindi ka-nadalik fransuzlar va shotlandliklar orasidagi nikohlar natijasida bir-ikki asr ichida yangi guruh metislar ham paydo bola boshlaydi.
Hozirgacha algonkin va atapask qabilalarida ham matrilokal, ham patrilokal nikoh tartiblari saqlanib kelgan. Bir necha juft oilalardan tashkil topgan kichkina urug’-jamoa kochib yurishga odatlangan. Ayrim vaqtlarda bayram yoki diniy marosim munosabati bilan muayyan joyda bir necha nikohdagi guruhlar toplanishgan. Odat boyicha, nikohdan keyin ma'lum davr kuyov xotin urug’ida joylashib, kelin haqi uchun xizmat qilishi keng tarqalgan. Jamoa ekzogamiya tartiblariga rioya qilishi shart bolgan. Barcha qabilalarda muhim masalalarni muhokama va hal qilishda hamma teng huquqqa ega bolsalar-da, eng keksa donishmand kishilar rahbarlik qilganlar. Ichki jamoa munosabatlarida «har kim oziga-ozi xo'jayin» degan axloq qoidasiga rioya qilinadi.
Shimoliy ormon ovchi qabilalarida ibtidoiy din shakllari — totemizm, shomonizm, sehrgarlik, arvohlarga sig’inish keng tarqal-gan. Ular homiy arvohlar kishilarga «kuch-quvvat», kasalliklarni davolashga, ov qilishga yordam beradi, deb ishonganlar. Algonkin qabilalarda odamsimon xudolar va odamxor Vindigo nomli bahaybat maxluq tog’risida tasavvurlar, murakkab marosimlar, ayiqqa sig’inish e'tiqodi muhim orinni egallagan. Kop asrlar davomida amalga oshirilgan missionerlarning diniy tashviqoti ham
236
zoye ketmagan. Mahalliy hindilar orasida nasroniy dini ham tarqalgan. Nasroniylik, ayniqsa, nikoh munosabatlariga zor ta'sir qilib, hozir hindilarda monogam nikoh ornatilishiga sabab bolgan. Atapask qabilalarida hindi va nasroniy diniy tasawurlari, odat va odob qoidalari aralashmasidan tashkil topgan yangi diniy harakatlar ham paydo bola boshlagan.
Mustamlakachilik siyosatining amalga oshirilishi natijasida, ayniqsa, shaharlarga kochirilgan hindilar orasida salbiy sotsial oqibatlar roy bermoqda. Masalan, ovchi qarorgohlarini tashlab shaharga kochgan chinpevayya qabila jamoasi songgi on besh yil ichida nihoyatda og’ir sotsial sharoitda ruhsizlik, ichkilikbozlik, avlodlar adovati, mayda xiyonat va qashshoqlik, savodsizlik va xurofot kabi fojiali ahvolni boshdan kechirmoqda21.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling