Milliy mafkuraning shakllanishi o 'zbek xalqining, ayniqsa


§ 3. JANUBIY AMERKA XALQLARI


Download 1.14 Mb.
bet32/39
Sana17.10.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1706836
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39
Bog'liq
Etnologiya-darslik

§ 3. JANUBIY AMERKA XALQLARI
Inklar davlati. Janubiy Amerikadagi And tog’larining hozirgi Kolumbiya, Ekvador, Peru, Boliviya, Shimoliy Chilida, ya'ni juda katta hududda kechua til oilasiga mansub turli elat va qabilalardan tashkil topgan Ink daviati bolgan.
Bu yerda I ming yillikda kechua va aymara tillaridagi koplab mayda qabilalar yashagan. Rivoyatlarga qaraganda, XIII asrga kelib shu qabilalardan Kusko vohasida joylashgan Inklar kuchayib 1438-yildan qabilalar ittifoqiga bosh boladi va oliy kasta deb taniladi. Boshqa barcha elatlar unga boysunib soliq tolab turgan.
Ink davlatida aholi asosan, dehqonchilik bilan shug’ullangan. Asli And tog’larida dehqonchilik xojaligi miloddan awalgi uch mingiochi yillikda paydo bolgan. Inklar miloddan awalgi VI asrda shakllangan chanapata madaniyatining merosxorlaridir. Ular markazlashgan sug’orish tizimini yaratganlar, asosan, makka va kartoshka ekkanlar. Kartoshkaningkop turlari, Yevropaga ilk bor shu yerdan olib borilgan. Dalalar tosh bilan berkitilgan kanallar orqali sug’orilgan, suv omborlari toldirilgan. Yerga jez uchli maxsus tayoq (taklya) va tosh bronza uchli chopqi bilan ishlov berilgan, hosil jez oroq bilan orilgan. Umuman 40 ga yaqin ekin turlarini bilgan-lar.
Andlik hindilar Amerika qit'asidagi chorvachilikni bilgan yagona elatlardan hisoblangan. Kechua va aymara xalqlari lama va alpaka nomli hayvonlarni qolga orgatib yuk tashishda foydalanganlar, goshti, yog’i, terisi, juni, suyagini xojalikda keng ishlatganlar.
251
Lamaning yowoyi turini uch yilda bir marta mol qoralariga haydab, qamab, junini qirqib, keyin erkinlikka chiqarib yuborganlar. Gosht uchun dengiz chochqasi va ordaklarni ovlaganlar. Uy hayvonlaridan faqat itni saqlaganlar.
Ink davlatida hunarmandchilik rivojlangan. Ular metallni ruda konlaridan qazib olganlar. Mis, kumush, oltin, simob va boshqa rangli metallarni, hatto jez ishlab chiqqanlar, turli qurol (oroq, bolta, pichoq), bezaklar va diniy buyumlar yasaganlar. Charxsiz naqsh berilgan ajoyib sopol idishlar va haykalchalar ishlab chiqqanlar, paxta va jundan chiroyli nozik matolar toqiganlar. Hech qanday qorishmasiz yirik kesilgan tosh bolaklardan dabdabali ibodatxona va qasrlar tiklaganlar. Oddiy kishilarning uylari toshdan yoki xomg’ishtdan qurilgan, qamish yoki somon bilan yopilgan, oynasiz va chipta eshikli kichkina xonalardan iborat.
Inklar g’ildirakli transport bolmasa ham yollarga katta e'tibor berganlar. Bizning davrimizgacha yetib kelgan dengiz sohili va tog’ etaklarida qurilgan tog’ yollar, tunnel va kopriklar hozirgacha kishini hayratda qoldiradi. Ular yengil sol kemalarda uzoq masofalarga sayohat qilganlar. Pulni bilmaganlar, ammo natural savdo-sotiq rivojlangan. Hokimlar eng mohir ustalarni poytaxtga toplaganlar. Boysundirilgan qishloqlardan yosh qizlarni zorlab keltirganlar va tort yil davomida toqimachilik va boshqa kasblarga orgatganlar, keyin ular 30 yoshigacha erga tegmasdan ink zodagonlariga xizmat qilganlar.
Asosiy ijtimoiy hujayra qishloq jamoasi (aylu) hisoblangan. Yer bosh hokimning mulki hisoblansa ham har yil jamoa a'zolari (oilalar)ga taqsim qilib berilgan. Oliy hokimga («Inka dalasi») va kohinlarga («Quyosh dalasi») maxsus yerlar ajratilib, uni jamoa a'zolari ishlab hosilini yig’ib berganlar.
Davlat tuzumi oziga xos despotizmga asoslangan quldorlik im-periyasi hisoblangan. Inklar yuqori tabaqa deb tanilgan va ular mehnatdan ozod bolib boshqa qabilalar hisobiga yashaganlar. Soliqdan kechua qabilasi ham ozod bolgan, boshqa qabilalar inklarga qaram bolib soliq tolaganlar, qul yetkazib berganlar. Ammo urug’chilik munosabatlari (fratriylik) saqlangan. Inklar hatto kiyim va bezaklari bilan ajralib, hukmron kastaga aylangan, hokimlar va kohinlar ham ulardan saylangan. Oliy Inka (Sana Inka) quyosh og’li hisoblangan, unga boshqalar itoat qilganlar.
252
Ink davlatida politeistik (kop xudolik) dinlari keng tarqalgan. Quyosh ibodati eng muhim hisoblangan, shuning uchun Sana Inka ham xudo darajasiga kotarilgan. Ona-yerga, tabiatga sig’ingan-lar, Makka va Kartoshka xudolari bolgan, ajdodlar arvohlariga ham sig’inganlar. Katta bayramlarda yoki ofat kelsa asirlardan yoki boysundirilgan qabilalarning bolalaridan qurbonlik qilganlar. Kohinlar diniy marosimlardan tashqari astronomik kuzatishlarni ham olib borganlar. Inklarda ikki xil yil hisobi — Quyosh (366 kun) va Oy (354 kun) kalendari bolgan. Tarix va genealogiya bilan shug’ullanuvchi maxsus donishmand (amauta)lar bolgan. Tabibchilikdan tashqari xirurgiya tajribasi-ga ega bolganlar, trepanatsiya qilishni bilganlar. lyeroglif yozuvi bilan birga oziga xos rangli iplardan tuzilgan tugma yozuv ham bolgan. Ammo noyob yozuv namunalarini ispan istilochilari butunlay yoq qilganlar.
Ispanlar Pisarro boshchiligida inklar davlatini 1531-1533-yillarda talon-taroj qilganlar. Lekin mag’rur inklar qozg’olon kotarib qattiq qarshilik korsatganlar. Faqat 1572-yilda qozg’olon bostirilib butun mamlakatni istilochilar egallagan. Hozirgacha kechua va aymara xalqlari oz madaniyatlarini va tilini saqlab qolganlar. Ular bir necha mamlakatlarga bolingan. Masalan, kechua xalqi besh davlatda yashaydi, ayniqsa, ular Peru, Ekvador va Peruda koproq.
Chilining janubiy hududlarida bir necha guruhlarga bolingan araukan qabilalari yashaydi. Ular ham inklar singari dehqonchilik bilan shug’ullanganlar, kartoshka, mais, lobiyo, suli ekkanlar, chorvachilik va terimchilikni bilganlar, qisman ovchilik ham qilganlar. Kiyimlari gazlamani ikkiga buklab, ortasini bosh sig’adigan qilib kesib olingan plash (pancho) shaklida bolib, uning tagida teridan shim kiyganlar. Har xil chig’anoq va metalldan yasalgan bezaklar taqishgan. Araukanlar qamishdan toqilib, loy bilan suvalgan konus shaklidagi somon yoki qamish tomli uylarda yashaganlar. Ijtimoiy tuzumi matriarxatdan ota urug’iga otish davriga tog’ri keladi. Ular inklarning qattiq ta'sirida bolgan va madaniyatining kop tomonlarini, jumladan, metall ishlab chiqarishni, tugma yozuvni qabul qilib olganlar. Chili davlati araukanlarni 1883-yili katta kuch bilan oziga boysundirgan. Songgi davrlargacha ular ba'zi jamoatchilik munosabatlarini saqlab kelganlar. Hozir kopchilik araukanlar rezervatsiyalarga joylashgan.
Tropik ormon hindi qabilalari. Janubiy Amerikaning shimoli-sharqiy va markaziy qismlarida mustamlaka arafasida aravak, tupi-guarani va karib til oilasiga mansub turli qabilalar yashagan. Ular nihoyatda qoloq ibtidoiy jamiyat darajasida turgan otroq elatlardir. Asosiy kasbi tropik dehqonchilik bolib, mayda butazorlarni toshboltalar bilan qirqib kuydirganlar, kul aralash tuproqqa yog’och tayoq bilan kavlab makka, batata, lobiyo, tamaki va paxta ekkanlar.
Amazonka va Orinoka daryolarining tropik ormonlarida ov qil-ganlar, daryo va kollarda baliq tutganlar. Toshboltalar ham qurol, ham savdo vositasi rolini oynagan. Ovda parli oq-yoy, suyak, chig’anoq va yog’ochdan yasalgan turli qurollar ishlatilgan. Maymim va qushlarni ovlashda uchi kurara nomli osimlik zahari surtilgan bambukdan yasalgan puffak naycha qurol (sarbakan) ishlatilgan. Umuman mahalliy hindilar mahorat bilan osimlik zaharlaridan foydalanganlar. Baliq ovida turli tor va savat ishlatilgan, yog’ochdan kichik kemalar yasaganlar. Baliqni oq-yoy va sanchqi bilan ham ovlaganlar.
Tor toqishda tropik ormon hindilahga teng keladigani yoq. Yog’ochga osib qoyadigan karavot-gamakni kashf qilib butun dun-yoga shu nom bilan taqdim qilgan, bezgak kasalini davolashda eng zarur darmon-xinin daraxtini kashf qilgan ham ormon hindilaridir. Ular doirasimon yoki tortburchakli palma yaprog’i va butoqlar bilan yopilgan uylarda yashaganlar. Devorlari ham butoqlardan toqiK gan yoki boyra bilan ustunlarga berkitib loy suvalgan.
Amazonka va Orinoka vohalaridagi hindilar urug’-jamoa bolib yashaganlar va umumiy xojalikka ega bolganlar. Oilalar matrilo-kal tipidagi juft nikoh tartibida bolsa ham guruh nikoh qoldiqlari saqlangan. Ov qiladigan va baliq tutadigan umumiy hudud jamoa mulki hisoblangan, ovni teng taqsim qilganlar. Har qishloq oz-ozini boshqaruvchi jamoaga ega bolib, unga oqsoqol rahbarlik qilgan. Har bir qabilada erkaklar ittifoqi mavjud. Qabilalararo aloqalar tabiiy sharoit tufayli uncha mustahkam bolmagan.
Diniy tasawurlari ham moddiy sharoitga bog’liq bolgan. Teva-rak-atrofdagi tabiat yaxshi va yomon arvohlar bilan tola, ularni yumshatish uchun xudoyilar qilib turish zarur, degan aqidaga rioya qilganlar. Shomonizm keng tarqalgan, shomonlar arvohlar bilan vositachi bolibgina qolmay, tabiblik ham qilganlar. Diniy marosim va bayramlarda oddiy musiqa asboblari (shox, nay) jorligida turli
I
raqslarga tushganlar, badanlarini boyaganlar, qush pati, yong’oq, tish va boshqa buyumlar bilan bezanganlar.
Yevropaliklar kelishi bilan tropik ormon hindilari ovga qulay joylarini tashlab changalzor ormonlarning ichkarisiga chekinishga majbur bolganlar. Ammo XIX asr oxirlarida kauchuk yig’ish uchun kelgan mustamlakachilar hindilarai yana ham siqib noqulay joylarga kochishga, majbur qilganlar.
Sharqi-janubiy Braziliya va Pampa hindilari. Braziliyaning qalin ormonlarida va qurg’oq yassi tog’larda botokuda, jes va boshqa til turkumiga mansub turli qabilalar yashagan. Ular deh-qonchilikdan xabardor bolsa ham, asosan, terimchilik, ovchilik va baliqchilik bilan kun kechirganlar. Bir necha katta oilalardan tashkil topgan lokal guruhlar qirlarda, kichkina yerlarda manio-ka, botata ekib, hosilini yig’ib-terib olgandan keyin boshqa joylarga kochib terimchilik qilganlar. Ularning asosiy qurollari oq-yoy va nayza, ayollar oddiy yog’och bilan kavlab yemishli ildizlar, urug’ va mevalarni terganlar, erkaklar bug’u, straus va boshqa har xil mayda hayvon va qushlarni ovlaganlar, sanchqi va tor bilan baliq tutganlar. Ularda toshdan yasalgan bolta va pichoqlar ham bolgan.
Botokuda qabilalari qarorgohlarida butun guruhga moljallan-gan palma yaproqlari bilan yopilgan katta chaylalar tiklangan. Suv saqlaydigan savatlari, maxsus uy-rozg’or buyumlari bolgan. Ular kiyimni bilmaganlar, badanlarini boyab bezaganlar, quloqlariga va lablariga yog’och uzuk osganlar.
Mazkur qabilalarning ijtimoiy tuzumi kam organilgan bolsa-da, urug’chilik tuzumida yashaganliklari aniq, ular dual tashkilotga ega bolganlar, guruhiy nikoh va ekzogamiya tartiblari saqlangan. Urug’ jamoasida ona urug’i tartiblari (urug’ hisobi va hokazo) saqlangan, ammo erkaklar ittifoqi ijtimoiy hayotda muhim rol oynagan. Diniy tasawurlari qoshni tropik hindilarnikidek tabiiy kuchlarga sig’inishdan iborat bolgan.
XVIII-XIX asrlar davomida Braziliya ormon hindi qabilalari portugallar tomonidan qirilgan. Ular rezervatsiyalarga kochirilib ochlik va kasalliklarga chidamay olib ketganlar. Ikkinchi jahon urushi arafasida botokuda qabilalarida bir necha onlab kishi qolgan bolsa, jes til oilasiga mansub qabilalarda hech kim qolmagan. Tirik qolgan hindilar kauchuk plantatsiyalarida xizmat qilmoqdalar. Ular qalin ormonlarda turli xomashyo (smola, kauchuk, xinin daraxti
255
qobig’i, noyob qushlarning patlari va hk.) yetkazib beradilar va oz mehnatiga arzimaydigan haq oladilar.
Pampa hindilari. Janubiy Amerikaning janubidagi keng dasht hududlarida qadimdan Patagoniya bepoyon tekisliklarini pampa deb ataydilar. Bu hududda har xil tilda gapiradigan ovchi qabilalar (asosan, chon, araukan, texuelyache) yashagan. Ular dastlab piyoda, yevropaliklar kelgandan keyin otda guana (lamaning yowoyi bir turi)ka ov qilganlar. Ov qurollari oq-yoy, bola (teri xaltaga tosh solib ikki-uchtasini arqon uchiga bog’lab palaxmonga oxshatib hayvonga otganlar, oyog’i yoki boyniga oralgan bola uni qolga tushirgan) bilan tez yuguradigan guanakani straus va bug’ularni ovlaganlar. Ular turli osimlik, urug’ va ildizlarni ham yig’ib-terganlar.
Pampa ovchilari manzilgohlarida daydi turmushga moslashgan bekitma yoki guanaka terisi bilan qoplangan chaylalarda yashagan-lar. Terilardan zor mahorat bilan ishlov berib belbog’li plash yopinganlar, ot yoki guanaka oyoq terisini shilib xomligicha mahsiga oxshash poyabzal qilib, sovuq va yomg’ir paytlarida ustiga teri kavush kiyganlar. Shunga qarab ispanlar pampa ovchilarini «patagonlik» (katta oyoqli)lar deb ataganlar.
Patagonliklar 30-40 oiladan iborat qavm-qarindoshlar guruhini tashkil qilgan. Guruh boshida oqsoqol turgan va jamoa otkaziladigan ovni boshqargan. Qarorgohlar patrilokal tipda bolgan, kelin uchun qalin tolangan. Asosiy mulk — ot va qurol — erkakka tegishli, uy-rozg’or buyumlari yengil yog’och va teridan yasalgan. Eri olgan beva xotinga meros qolmagan, olikdan qolgan barcha buyumlar yoq qilingan. Initsiatsiya marosimlari juda tantanali bayram kiyimlarida (boyalgan teri, par, hayvon va shoxlari bilan) chaylalar bezatilgan va turli raqslar, nog’ora va surnaylar bilan otkazilgan.
Diniy tasawurlar totemizm va animizm bilan bog’liq. Shomo-niylik ham ma'lum, shomonlar vazifasini xotinlar bajargan, erkak shomonlar xotincha kiyinishi shart bolgan. Ajdod arvohlariga sig’inisk kuchli bolgan.
XVIII asr oxirlarida mustamlakachilar Argentina janubidagi serhasham dashtlarni egallashga kirishib pampa hindilarini qirish siyosatini amalga oshira boshlagan.Mob.ir ovchi va otli askar hisoblangan hindilar zor qarshilik korsatganlar. Ammo kuchlar teng bolmaganligidan 1878-1883-yillarda argentina hokimiyati otkazgan «janub kompaniyasi» natijasida hindilarning kopchiligi
256
qirilgan, qolgan ozgina qismini Patagoniyaning janubiga haydaganlar. otgan asrning boshlarida bir necha on araukan va puelche vakillari qolgan, xolos.
XIX asrning ortalarigacha Olovli Yer arxipelagida ona, alaku-luf va yamana nomli qabilalar ibtidoiy turmush tarzini saqlab qolganlar. Nihoyatda og’ir tabiiy sharoitda yashagan mazkur qabi-lalar daydichilikda guanaka, tulen, baliq va qushlarni ovlab, har xil otlar va molluskalarni terib kun kechirganlar. Ular qarorgohlarda vaqtinchalik teri yoki daraxt qobig’i bilan qoplangan bekitma va chaylalarda istiqomat qilganlar, hayvon terisi bilan yopingan, olovdan foydalanganlar. Ovchilik qurollari oq-yoy va sanchqi, daraxt qobig’idan yasalgan kichkina qayiq.
Yamana qabilalarida qavmu qarindoshlar guruhi bir jamoa (urug’) hisoblangan va uni «ukur» deb ataganlar. Jamoa boshliqlari jamoa bolib ov tashkil qilganlar, qoshni qabilalar bilan munozara yurgizganlar. Qabilalar ekzogam urug’ guruhlariga bolinib, urug’ hisobi ham ona, ham ota tomonidan belgilangan juft oila hukmronlik qilsada, poligam nikoh tartiblari saqlanib kelgan. Tabiblar muhim rol oynagan, ular kasallarni davolagan, ob-havoni aytib bergan. Totemizm va sehrgarlik, kasb ibodati va arvohlarga sig’inish keng tarqalgan.
otgan asrning ikkinchi yarmida, ayniqsa, 1870-yillarda mus-tamlakachi-chorvador yevropaliklar koplab kela boshlagan. Olovli Yer nam, yumshoq tabiati bilan qoychilikka qulay bolgan. Mus-tamlakachilik tez vaqt ichida qoychilikni rivojlantirgan. Jamoat-chilik tartiblariga organgan ibtidoiy qabilalar qoyga ov qila boshlaganlar. Mustamlakachilar oz navbatida hindilarni chinakam ovlashga otib, har bir oldirilgan hindi kallasiga besh funt sterling haq tolaganlar, Chilida esa bir funt tolangan. Bunday vahshiylik siyosati tub aholining qisqa muddat ichida qirilib ketishiga sabab bolgan.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling