Milliy mafkuraning shakllanishi o 'zbek xalqining, ayniqsa
Ijtimoiy-maishiy turmushi, oila-nikoh munosabatlari va
Download 1.14 Mb.
|
Etnologiya-darslik
Ijtimoiy-maishiy turmushi, oila-nikoh munosabatlari va madaniyati. Hozirgi Yevropaning ijtimoiy qiyofasi umuman iqti-sodiy jihatdan olganda butun qifa aholisining ortacha 44 foizi faol qismini tashkil qiladi. Shundan erkaklar hisobiga taxminan 58 foizi tog’ri keladi, ayollarning iqtisodiy faol qismi deyarli ikki hissa kam (29 foiz). Vaholanki, bu mamlakatlarda iqtisodiy faol aholiga ijtimoiy ishlab chiqarishda bevosita ishtirok qilayotgan qismidan tashqari ishsizlar ham kiradi. Songgi yillarda ayrim an'anaviy kasblarning (ayniqsa, hunarmandchilik va hk.) tugatilishi natijasida ularni professional jihatdan qayta oqitib orgatishga imkoniyat yoqligidan texnologik ishsizlik jarayoni paydo bolgan. Professional ishchilar qatorida yoshlar ortasida ham ishsizlik mu-ammosi mavjud.
Mintaqada industrial taraqqiyot yuksak bolganligi tufayli iqtisodiy faol aholining asosiy qismi sanoat va qurilishda band ekanligini alohida qayd qilish lozim. Masalan, otgan asr songida bunday aholi 35-45 % ni tashkil qilgan bolsa, ayrim mamlakatlar (Chexiya va Slovakiya, Germaniya va Shveytsariya)da 50 foizga yaqinlashgan. Eng taraqqiy qilgan industrial mamlakatlarda qishloq va ormon xojaligida hamda baliqchilikda iqtisodiy faol aholining 10-12 % ini tashkil qiladi, xolos. Qishloq xojaligi sohasida eng kam band aholiga ega bolgan olkalardan Buyuk Britaniya (3 %), Belgiya (4 %), Shvetsiya va Germaniya (6 %). Ammo Janubiy Yevropada qishloq xojaligi hali ham muhim orinni egallaydi (Italiyada 15 % dan to Gretsiyada 40 % gacha). Keyingi yillarda asosan, qishloq xojaligi hisobiga aholining xizmat korsatish sohasida yashovchi qismi ancha kopaygan. Yevropa mamlakatlarida eng katta ijtimoiy tabaqa xodimlar-ishchilar va ziyolilardan iborat. Ular butun iqtisodiy faol aholining taxminan ortacha 80 % ini, Buyuk Britaniyada hatto 90 % dan ham koprog’i, janubiy mamlakatlarda esa 70 % i (Gretsiyada 40 %) ini tashkil etadi. Shubhasiz, Yevropa xalqlarining ijtimoiy hayotiga urbanizatsiya katta ta'sir otkazmoqda. Hozir jahonda Yevropa qifasi eng urbani-zatsiyalashgan, hatto AQSH va Yaponiyaga nisbatan shaharlarning zichligi yuqori turadigan mintaqadir. Mazkur jarayonning xususiyatlaridan biri eng yirik shaharlar tevaragida katta aholining toplanishidir. arbiy Yevropaningyarmidan kop aholisi lOOming kishidan ortiq aholiga ega bolgan shaharlarda joylashgan, uchdan bir qismi 500 ming kishilik shaharda yashaydi. Oqibatda bir-biriga tutashib ketgan sanoat-aglomeratsiya tipidagi shaharlar yuzaga kel-gan. Bunga misol qilib, Rur, London, Parij, Berlin, Rim, Amster-dam, Rotterdam kabilarni korsatish mumkin. Masalan, London aglomeratsiya chegarasida 12 mln. dan ortiq kishi, Parij aglomeratsiyasida 10 mln.ga yaqin kishi yashaydi. Ayrim mamla-katlarda, hatto qoshni aglomeratsiyalar qoshilib, yirik urbanizatsi-yalashgan markaz (megalopolis)larifi yaratgan. Masalan, Angliya-da eng katta megalapolisga bir-biriga chatishib ketgan London, Birmengem, Manchestr, Liverpul va boshqa shaharlar yoki Germaniyada Reyn-Rur, Reyn-Mayn kiradi. Bunday megalapolis-lar taxminan 50 ming kv. km. hududga va 30-35 mln. aholiga ega boladi. Ammo butun Yevropada urbanizatsiya va aglomeratsiya ijti-moiy va maishiy turmush, madaniy hayot va oila-nikoh munosa-batlarini ozaro yaqinlashtirib, milliy xususiyatlarning tugatilishi-ga, bir qolipga solib umumiy kosmopolitik belgilarning shakllanishiga keng yo'l ochib bergan. Shunday bolsa-da, kop xalqlarda asrlar davomida an'ana tusiga kirgan ayrim ijtimoiy turmush shakllari saqlanibgina qolmay, balki yangi zamon tur-mush tarziga singib ketgan. Ijtimoiy va oilaviy turmushi ham barcha Yevropa xalqlariniki singari umumiylikka ega bolgan. Nasroniy dini axloqiga tayanib, xususiy mulkka asoslangan holda kichik monogam oila butun Yevropada eng keng tarqalgan. Ammo ayrim patriarxal natural xojalik mavjud bolgan ba'zi joylarda arxaik tipdagi katta patriarxal oilalar va oila-nikoh tartiblari ham uchraydi. Patriarxal urug’chilik tartiblarining qoldiqlari albanlarda (fis), chernogorliklarda (bratstvo), tog’lik shotlandlarda (klan), qisman uels va irlandliklarda bir oz seziladi. Oila jamoa munosabatlari yaqin davrgacha ayrim bolqon xalqlari (bolgarlar, makedoniyaliklar, serblar, bosniylar va hk.)da saqlanib kelgan. Mazkur oilaviy munosabatlarning yemirili-shi maxsus minorat odatini yaratgan edi. Ilgari kelt va german xalq-larida ma'lum bolgan bu odatga binoan meros ota-onadan kenja og’ilga otadi. Keyinchalik mayorat odati, ya'ni meros katta og’ilga otish rasmi bilan almashadi. Janubiy slavyanlarda katta patriarxal oila («zadruga») natural xojalikka asoslangan 20-50, ba'zan 100 kishiga yetadigan qavmu qarindoshlardan tashkil topgan jamoadan iborat edi. Nikoh toylarida va boshqa oilaviy urf-odatlarda ancha qadi-miy belgilarni hozirgacha uchratish mumkin. Qalin saqlanma-gan bolsa-da, kelinni olib qochish, uni «sotib» olish rasmi, qiz moli, kuyov sovg’asi kabi udumlar hali ham nikoh toylaridagi qadimgi sarqitlar sifatida, ammo hazil oyinlar shaklida namo-yon boladi. Qiz yoshligidan mehnat qilib, ozi sepini tayyorlashi kop xalqlarda shart bolgan. Agar kichik individual oilalar (er, xotin va bolalardan iborat) eng keng tarqalgan bolsa, slavyan-lardagi zadruga tipidagi katta oilalarda nikoh va boshqa oilaviy an'analarda ibtidoiy tartiblar saqlanib kelmoqda. Nikoh doimo ijtimoiy xarakterga ega bolgan oilaviy voqea sifatida hozir ham unda kopchilik ishtirok qiladi, an'anaviy marosimlar, rasm-udumlar bajariladi. Deyarli hamma yerda kelin-kuyovlar cherkovda nikohdan otishsa-da, ammo nikoh toyi asosan, xalq an'analariga tayanadi. Keyingi ikki ming yil davomida Yevropaning diniy urf-odatlari bir necha marta ozgargan. Bizning eramizning boshlarida bu yerda mahalliy dinlar tarqalgan. Katta hududni egallagan Rim imperiyasida (ayniqsa, Italiya va Gretsiyada) ancha rivojlangan politeystik dinlar hukmronlik qilgan. Qadimgi Rimga ba'zi sharqiy diniy (Isida, Mitra kabi boshqa sharq xudolari bilan bog’liq) ibodatlar ham kirib kelgan. Rim imperiyasining yemirilishi davriga kelib, eramizning V asrlari oxirida Yevropa dinlari geografiyasida jiddiy ozgarishlar roy beradi. Eramizning boshlarida Sharqiy orta dengiz sohillarida paydo bolgan nasroniy dini IV-V asrlarda imperiyaning kopchilik hududlariga, ba'zi german qabilalari va hatto Irlandiyaga tarqala boshlagan. Ammo uzoq davrlargacha qadimiy mahalliy dinlar, ayniqsa, qishloqlarda saqlanib qolgan. Faqat IX-XI asrlarda butun Yevropa nasroniylashgan. Lekin Pireney yarim orolida VIII asrda arab istilochilari olib kelgan islom dini ancha vaqt oz ornini saqlab qolgan. XV asrlarda arablardan ozod bolgan Pireney qaytadan nasroniy diniga kirgan. Yevropada nasroniy dinining tez tarqalishi asli feodalizm tuzu-mining tashkil topish jarayoni bilan bog’liq edi. Dastlab yangi dinga harbiy aristokratiya, knyaz va qirollar otgan, keng xalq ommasi eski diniy e'tiqodlarga itoat qilib kelgan. Hukmron sinfga tayanchi bolgan ziyolilar va ruhoniylar ommani nasroniylashtirishni zorlik bilan otkazishga harakat qilgan. Ammo nasroniylik ham yaxlit din bolib qolmadi. U XI asr ortalarida (1054-yil) ikki qarama-qarshi yonalishga-pravoslaviye va katolitsizmga (sharqiy va g’arbiy) cher-kovlarga bolindi. Sharqiy (pravoslav) cherkovi oz navbatida pod-sho va imperatorlarga boysungan va bir necha milliy cherkovlarga bolingan. Feodal-krepostnoy tuzumning tarixiy halqasi hisoblangan pravoslav cherkovining boshida eng kuchli Konstantinopol patriarxi turgan. Aksincha katolitsizm (g’arbiy) cherkovi markazlashgan Papa davlati boshchiligida Yevropadagi feodal tarqoqlikdan foydalanib ozining qudratli hukmronligini toliq ornatadi. U turli yollar va soliqlar bilan katta boylik orttirib butun nasroniy dunyosini qolga olishga ozining ruhiy va siyosiy irodasini otkazishga intilib kelgan. Shunday qilib, nasroniy dinidan ajralib chiqqan Pravoslaviye ilgari Vizantiya imperiyasi va uning ta'siridagi Yevropa qismi (Bolqon yarim oroli va Rus davlati)ga tarqalgan, Yevropaning boshqa hudud-larida katolitsizm oz hukmronligini ornatgan. XVI asrlardan boshlab bozor munosabatlarining rivoji, yangi ideologiyasining g’a-labasi natijasida orta asr sxolastikasiga, Rim katolik cherkovi va Papa hukmronligiga qarshi chiqa boshlagan yangi oqim (protestan-tizm) turli diniy e'tiqod va mazhablarning yuzaga kelishiga sababchi bolgan. Pravoslav dini Vizantiyadan chiqib Yevropaning sharqiy va janubi-sharqiy mamlakatlarini, rus, belorus, ukrain, grek, bolgar, gagaus, serb, janubi alban va rumin xalqlari orasida keng tarqalgan. Hozir pravoslav dini Gretsiyada hukmron va bu yerda uning markazi joylashgan. Islom dini Yevropaga dastlab arab istilochilari tomonidan keltirilgan va Pireney yarim oroliga tarqatilgan. Istilochilar tarqatilgandan keyin XV asrlarda nasroniylik qayta tiklangan. osha davrlarda, ya'ni yaqin XIV-XV asrlarda usmon turklari Bolqon yarim orolini bosib olib aholining ancha qismini musulmonlashtirgan va u imperiya vaqtida hukmron din bolgan. Turklar zorlik bilan albanlar, qisman makedoniyaliklar, bolgarlar, bosniya va gersogovina aholisini islom diniga otkazgan. Volgaboyi va Qrim tatarlari ham XIII-XIV asrlarda islomga otgan. Butun Yevropada daydib yurgan lolilar odatda asosiy turar joyidagi dinlarga itoat qiladilar. Ularning orasida masalan pravoslav, katolik va musulmon diniga otganlar uchraydi. Dindor yahudiylar esa hozirgacha ozining milliy dini hisoblangan iudaizmga rioya qiladilar. Yevropa xalqlarida rasmiy cherkov dinlaridan tashqari eng qadimgi, hatto ibtidoiy e'tiqod va urf-odatlar ham saqlanib qolgan. Ayniqsa, dehqonchilik bilan bog’liq bolgan har xil dastur va rasmlar, sehrgarlik urf-odati va irimlari haligacha uchraydi. Hozir ham yil fasllari, ekish va hosil yig’ish bilan bog’liq dabdabali karnaval va bayramlar otkazadilar, unda turli afsonaviy timsollar namoyish qilinadi. Albatta eng taraqqiy qilgan yuksak madaniyatli Yevropa xalqlarida professional ijoddan xalq ijodini ajratish ancha qiyin.Chunki, folklorda ham, musiqa va tasviriy san'atda ham zor mahorat bilan yaratilgan xalq ijodi namunalari juda katta orinni egallaydi. Eng qadimgi ertaklar, qahramonlar haqida eposlar badiiy jihatdan professional yozuvchi-va shoirlar tomonidan qayta ishlab chiqilgan. Aka-ukalar Grimm, Gofman, Andersen, Selpa Lagerlef, Oskar Uayld va boshqalarning ertaklari, hatto Gomeraing «Illiada» va «Odisseya»si, orta asrlardagi «Nibelunglar tog’risida ashula», «Gudring tog’risida ashula», skandinavlarning saglari, Karelofin eposi «Kalevala» kabi xalq dostonlari aslida badiiylashtirilgan asarlardir. Tarixiy voqealar bilan bog’liq lirik-epik ashula (ballada)lar ancha keyin paydo bolgan, ammo juda keng tarqalgan. Hozirgacha yetib kelgan oilaviy marosimlarda aytiladigan ashulalar, sevgi kuylari ham eng qadimiy folklor namunalaridir. Folklorning tarkibiy qismi hisoblangan ommaviy xalq teatrlari hozirgi davrda professional teatr san'atiga singib ketgan. Yevropada dastlab professional teatr qadimgi Gretsiyada (mil.aw.VI-V asrlarda) diniy marosimlar va bayramlar munosabati bilan paydo bolgan edi. 282 Uyg’onish davridan boshlab drama, tragediya, komediya ancha rivojlangan. XVI asrda dastlab Italiyada, keyin butun Yevropada opera paydo boladi. Ammo Yevropa xalqlarining kopchiligida (polyak, chex, bolgar, rus, fransuz, italyan va boshqalardan) professional klassik teatr bilan bir qatorda ommaviy teatrlashtirilgan xalq oyinlari hozirgacha saqlanib kelgan. Bu oyinlar katta diniy yoki fasl bayramlarida namoyish qilinadi va nihoyatda rang-barang oyin, kulgi, ashula va musiqa sadolari ostida otkaziladi. Hozirgacha professional teatrdan, keyingi yillarda paydo bolgan romantik, naturalistik va modernistik teatrlardan tashqari ommaviy teatrlashgan xalq tomoshalari an'analari barcha Yevropa mamlakatlarida saqlangan. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling