Milliy mafkuraning shakllanishi o 'zbek xalqining, ayniqsa


§3. JANUBIY VA SfflMOLIY YEVROPANEVG


Download 1.14 Mb.
bet37/39
Sana17.10.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1706836
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
Etnologiya-darslik

§3. JANUBIY VA SfflMOLIY YEVROPANEVG NOSLAVYAN XALQLARI
Boltiqboyi, shimoliy viloyatlarning bir qismi, orta Povolje, Prikame va janubi-g’arbiy hududlarida oziga xos moddiy va ma'naviy madaniyat yaratgan turli xalq va elatlar yashagan. Ushbu xalqlar sharqiy slavyanlar bilan qoshni bolganligi tufayli ozaro ta'sir doirasida turganlar va kop tomondan umumiy belgilarga ega-dirlar. Antropologik jihatdan noslavyan xalqlar asosan, katta yevropoid irqining turli tiplariga oid. Ammo Volgaboyi xalqlari mariylar, udmurtlar, chuvashlar, tatar va ayniqsa, boshqirdlar ora-sida, qisman shimoldagi loparlarda mongoloid belgilari seziladi.
Tiljihatdan noslavyan xalqlar bir necha turkumga bolinadi. Eng kopi finno-ugor turkumiga tegishli fin tilida gapiradigan estonlar, korellar, livlar, vepslar, saamlar, udmurtlar, mordvalar, komi-ziryan va komi-permyaklar. Litva, latish xalqlarining tillari hind-yevropa til oilasining maxsus lettolitva shoxobchasiga, moldovanlar esa roman turkumiga tegishli. Bu yerda turkiy tilda gapiradigan xalqlar chuvashlar, tatarlar, boshqirdlar, gagauz va karaimlar yashaydi. Qalmiqlar esa oltoy til oilasining mog’uI shoxobchasiga kiradi.
Mazkur xalq va elatlarning etnogenezi va etnik tarixi ham turli-cha. Shuning uchun tarixiy-madaniy jihatdan ular bir necha jabhalarga bolinib organiladi. Shularning ichida tarixiy, etnik va madaniy jihatdan ancha umumiy belgilarga ega bolgan Boltiqboyi xalqlari ajralib turadi.
Boltiqboyida asosan, uch xalq yashaydi: ma'lumotlarga kora, litvaliklar (oz nomi «listuvyan») 2,8 mln.dan ortiq kishi, latishlar («latviyeshi») 1,4 mln.dan koproq va estonlar (oz nomi «eestlased») 1 mln. Litvaliklar oz respublikasidan tashqari qoshni Latviya, Belorussiya va Rossiyaning shimoli-g’arbiy qismida, AQSH, Kanada, Urugvay, Argentina, Avstraliya va Polshada (jami 320 mingga yaqin emigrant) yashaydi. Latishlar ham qisman qoshni hududlarda (Estoniya, Litva, Rossiya va Belorussiyada)joylashgan. 60 mingga yaqin latishlar AQSH, Kanada va Avstraliyada yashaydi. Estonlar esa asosan, oz respublikasida va ozgina qismi tashqarida (Leningrad, Pskov va Omsk viloyatlari, Latviya, Ukraina, Abxazi-yada) joylashgan.
Boltiqboyiga odam eng qadimiy davrlardan kelib joylashgan. Bronza davridayoq (miloddan avvalgi II ming yilliklar) hozirgi Latviya hududiga janubdan qadimgi ajdodlari letgollar, sellar, zemgallar va kureyshlar kelib tarixiy jihatdan hali aniqlanmagan mahalliy elatlar bilan aralashib ketgan. Latish xalqining shakllanishi XII-XIII asr boshlaridagi nemis salbchilari istilosi tufayli toxtab qolgan va faqat XVI asr boshlariga yetib tugallangan. XIX asrning ortalarida latish millati shakllanadi. Qadimiy etnik guruhlardan latgallar bir ozmadaniy-maishiy xususiyatlarini saqlab qolganlar. Latishlar bilan toliq aralashib ketgan mayda etnik gu-ruh-livlar kundalik maishiy hayotida eski tillaridan ham foydala-nadilar.
Litva xalqining qadimiy ajdodlari ham Nyamunas va Daugava daryolari havzasiga miloddan avvalgi II ming yillikning boshlarida kirib kelgan turli boltiq qabilalaridan iborat bolgan. Asli litva etnosi XI-XII asrlarda shakllana boshlagan va uning shakllanishida mazkur qabilalardan tashqari litva yoki aukshtayt elati, jmud yoki jemayti, skalva, nadrava, kisman yatvyaglar, kursheylar va zemgallar ishtirok etgan. Etnik konsolidatsiyaning paydo bolishiga XIII asming birinchi yarmida tuzilgan Litva davlati va Tevton ordeni bilan olib borilgan kop asrlik kurash muhim rol oynagan edi. 1795 va 1815-yillar Litva yerlarining asosiy qismini Rossiya imperiyasi oz tarki-
biga qoshib olgan. Litva burjua millati ham latishlar singari XIX asr ortalarida shakllangan.
Latviyaning shimolida qadimiy davrlardan eston xalqining ajdodlaridan rus solmonomalarida tilga olingan chud nomli fin tilida gapiradigan qabilalar yashagan. Ular hozirgi Estoniya hududida miloddan awalgi III ming yillikda paydo bolganlar; keyinroq bol-tiq, skandinav qabilalari, 1 ming yillikoxirlaridan sharqiy slavyanlar bilan aralashib ketgan va eston xalqining negizini tashkil qilgan.
Eston xalqining etnik jarayonida ishtirok etgan setu yoki setikez nomli etnografik guruh hozirgacha ajralib turadi. XIII asrlardagi nemis istilochilariga qarshi ozodlik kurashi milliy jipslashish jarayonini kuchaytiradi. 1750-yilgi shimoliy urushdan keyin Estoniya Rossiya tomonidan bosib olingandan song qoshilib olin-gan va osha davrdan harakatga kelgan ozdlik kurashlarida toblanib Eston millati shakllana boshlagan. Boltiqboyi xalqlari maishiy turmushi, moddiy va ma'naviy madaniyatining shakllanishida bir tomondan sharqiy slavyan xalqlarining, ikkinchi tomondan g’arb-dagi qoshnilari nemis, shved kabi german xalqlarining ta'siri otgan. Ayniqsa, sharqiy slavyan xalqlari bilan uzoq davrlar davomida Boltiqboyi xalqlari yaqin munosabatda bolganligi tufayli ozaro madaniy ta'sirlar kuchli bolgan. Keyinchalik Litvaning Polsha tasarrufiga otishi natijasida bu yerda polyaklar-ning ta'siri kuchayadi va katolik dini tarqaladi.
Eng qadimiy davrlardan Boltiqboyi aholisi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanib kelgan. Boltiq dengizi sohillarida va orollarida baliqchilik muhim soha hisoblangan. Hozirgi davrda Estoniya, Litva va Latviya yuksak rivojlangan sanoat va qishloq xojaligiga ega bolgan eng ilg’or industrial-agrar respublikalardan hisoblanadi.
Sanoatning gurkirab osishi shahar aholisining kopayishiga olib keldi. Boltiqboyi shaharlarining kopchiligi kop asrlik tarkga ega. Feodalizm davrida, ayniqsa, Latviya va Estoniyada, shaharlarda asosan, nemislar yashagan va ularning qolida hunarmandchilik ham savdo markazlashgan. Bozor iqtisodiyotining yangi shakllari paydo bolishi bilan shaharlar mahalliy tub aholi hisobiga osa boshlaydi. Hozir shahar aholisi qishloqqa nisbatan ancha kop.
Boltiqboyi mamlakatlaridagi qishloqlar qoshni slavyanlarniki-ga oxshash zich uylar yoki xutor (qorg’on) tipidagi hovlilar turku-midan iborat. Qorg’onlar, ayniqsa, Estoniya va Latviyada nemis-
293
larning ta'sirida tarqoq holda qurilgan. Uylari asosan, yog’ochdan ikki xonalik va dahlizlik qilib qurilgan. Estoniya va Shimoliy Latvi-yada oziga xos somon tomli va pechkali baland yog’och uylar-bos-tirma keng tarqalgan. Uning xususiyati uyga qoshilgan maxsus so-mon quritadigan va xojalik xonalari kompleksining mavjudligidir. Mulkiy munosabatlarning paydo bolishi bilan davlatmand oilalar shahar tipidagi g’ishtli uylar qura boshlagan.
Boltiqboyi xalqlarining an'anaviy milliy kiyimlari feodalizm davrida paydo bolgan. Ular faqat uyda toqilgan matodan tikilgan. Erkaklar kiyimining shakllanishida qoshni nemislarning shahar madaniyati zor ta'sir otkazgan. Rang-barang va xilma-xil ayol kiyimlari ayniqsa, chiroyli bolgan. Ayollarning milliy kiyimlari asosan, turli yubka, kofta, romol, etakcha va bezaklardan iborat. Butun Boltiqboyi aholisida bir necha xildagi an'anaviy kiyimlar mavjud bolgan.
Butun xalqning ma'naviy madaniyatiga nasroniy dinining ham ta'siri otgan. Boltiqboyi aholisi uchta diniy yonalishga itoat qil-gan. Katoliklar ilgari Polshada uzoq vaqt hukmronlik qilgan hududlarda, Litva hamda sharqiy Latviyadagi latgallarda tarqalgan. Lyuteranlik XVI asrdan boshlab nemis ruhoniylari tomonidan estonlar va g’arbiy latishlar orasida zorlik bilan ornatilgan. Rus viloyatlariga yaqin joylashgan aholi pravoslav diniga otgan.
Aholining aksariyat qismi milliy-madaniy an'analarning kop jihatlarini saqlab, rivojlantirib kelmoqda. Ayniqsa, hozirgacha yetib kelgan amaliy san'at namunalari alohida qayd etish lozim. Professi-onal kasb bilan chatishib ketgan, masalan, yog’och haykaltaroshli-gi, qahrabo mahsulotlari ishlab chiqarish, badiiy toqimachilik va kashtachilik, teri va sopol buyumlar ishlab chiqarish kabi amaliy xalq ijodi yillar davomida yana ham ravnaq topdi. XIX asrda paydo bolgan ashula bayramlari, an'anaviy tusga kirgan xor san'ati hozir-gi vaqtda eng ommaviy va keng tarqalgan xalq ijodiyotiga aylandi.
Rossiyaning Shimoliy Yevropa qismida ruslardan tashqari ka-rellaT, vepsalar, saamlar (lopar)lar, komi-ziryanlar, komi-permyak-lar va neneslar yashaydi. Shularning ichida antropologik jihatdan saam (lopar)lar aralash mongoloid va sof mongoloid irqiga xos, qolgan barcha etnoslar yevropoid belgilari bilan ajralib turadi. Neneslar esa sof katta yevropoid irqining vakillari.
Kareliya Respublikasi va Kaliningrad viloyatlarida 138 min-gdan ortiq karellar (oz nomi naryala) yashaydi. Rus solnomala-
294
rida korela nomi bilan tilga olingan karellarning ajdodlari IX asrlarda Ladoga kolining g’arbiy sohillarida joylashgan. Ular XI-XII asrlarda hozirgi Kareliyaning g’arbiy qismini egallab keyin shimoliy va sharqiy tomonga tarqalgan va mahalliy vepsalar bilan aralashib ketgan. XII asrda karellar rus davlatiga qoshilib ruslarning ta'siriga otgan. Karel xalqining shakllanishi XV asrlardan boshlanadi.
Tili va madaniyati jihatdan karellarga yaqin vepsa xalqi (8,1 ming) qadimgi ves nomli fin qabilasining avlodlaridir. Saami (lopar)larning sharqdan kelgan dastlabki mongoloid tipidagi ajdodlari ehtimol ural tilida sozlashganlar. Ular bu yerda neolit davridan keng hududga tarqalgan mahalliy fin qabilalari bilan aralashib lopar tili va oziga xos mongoloid antropologik tipini yaratganlar. Hozir Shimoliy Yevropaning Kolsk yarim orolida dastlab kochmanchi bolgan (ularning asosiy qismi Shimoliy Skandinaviyada) ikki mingga yaqin loparlar yashaydi.
Fin til turkumiga kirgan udmurt, komi, mordva va mariylar-ning qadimgi ajdodlari miloddan awalgi III-II ming yilliklarda sharqdan Volga-Kania sohillariga kelib joylashgan. Ularning bir qismi (eston-litva va karelo-finlar) eramizdan avvalgi II-I ming yilliklarda Boltiqboyi va Kareliya tomonga otib ornashgan. Eramizning boshlariga kelib mazkur xalqlar etnik guruh sifatida shakllana boshlaydi. Vyatka va Kama daryolari oralig’ida joylashgan qabilalar udmurt xalqiga asos bolgan. Miloddan avvalgi I ming yillikda yuqori Kama va Vichegda vohasidagi finno-ugor qabilalardan komi-ziryan etnosi tashkil topadi. osha davrlardayoq Pechora va Vichegda vohasidagi mahalliy qabilalar bilan aralashib ketgan perm qabila birikmasi asosida komi-permyaklari paydo bolgan.
Shimoliy xalqlar ilk davrlardan (loparlardan tashqari) dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullana boshlaganlar. Ularning xojaligida ormon ovchiligi, baliqchilik, asalarichilik muhim rol oynagan. Ijma daryosi boyidagi komiziryanlar neneslarning ta'sirida qisman bug’uchilik bilan ham shug’ullangan-lar. Yangi mulk munosabatlarining paydo bolishi har xil yollanma kasblarni yuzaga keltirgan edi.
Loparlarning xojaligi majmuiy xarakterda bolib bug’uchilik, baliqchilik va ovchilik birga qoshib olib borilgan. Ilgari yil boyi bir necha marta oila bolib kochib yurgan loparlar otgan asr oxirlaridan
boshlab faqat erkaklar kochmanchilik qilib, ayollar boshqa oila a'zolari bilan birga qishloqlarda qolgan.
Karel, veps, komi-ziryan va komi-permyaklarning moddiy ma-daniyatida umumiy belgilar saqlangan. Ularning uylari tarqoq uya shaklida bosh qishloq tevaragida joylashgan. Yog’ochdan tiklangan uylar xojalik hujralari bilan birga qurilgan. An'anaviy kiyimlar ham umumiy xarakterda: uzun yengli koylak, sarafan, boshida doppi va qalpoq, ayollarda har xil romol va shol romollar bolgan. Umuman kiyimlari qoshni ruslarnikiga oxshagan.
Loparlarning uylari ilgari morili yarim yertoladan iborat bolgan, yozda ular kochishga qulay bolishi uchun choqqaygan daraxt qobig’i bilan yopilgan chaylalar qurganlar. XV-XVII asrlarda raslarning ta'sirida oynali yog’och uylar tiklaganlar.
XIX asr boshlarida Yevropaning shimolidagi xalqlarning kopchiligi yozuvni ham bilmaganlar. Ularaing ma'naviy madani-yatida asosiy orinni og’zaki ijod va amaliy san'at egallagan. Har xil epos, rivoyatlar, masallar, matallar va ertaklar keng tarqalgan. Ayniqsa, ajoyib xalq eposi «Kalevala» mashhur bolgan. Kashta-chilik, naqshli tikuv, yog’och oymakorligi rivojlangan.
Pravoslav dini otmishda hukmron bolganligi sababli hozirga-cha ibtidoiy diniy tasawurlar bilan birga mavjud. Masalan, lopar-lar har xil kasb-hunar, «xo'jayin» homiylariga sig’inganlar, muqaddas toshlarga itoat qilganlar, shomonizm saqlangan.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling