Milliy mafkuraning shakllanishi o 'zbek xalqining, ayniqsa


§ 3. JANUBIY AMERKA XALQLARI


Download 1.23 Mb.
bet32/39
Sana21.02.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1216978
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39
Bog'liq
Etnologiya KITOB

§ 3. JANUBIY AMERKA XALQLARI
Inklar davlati. Janubiy Amerikadagi And tog’larining hozirgi Kolumbiya, Ekvador, Peru, Boliviya, Shimoliy Chilida, ya'ni juda katta hududda kechua til oilasiga mansub turli elat va qabilalardan tashkil topgan Ink daviati bo’lgan.
Bu yerda I ming yillikda kechua va aymara tillaridagi ko’plab mayda qabilalar yashagan. Rivoyatlarga qaraganda, XIII asrga kelib shu qabilalardan Kusko vohasida joylashgan Inklar kuchayib 1438-yildan qabilalar ittifoqiga bosh bo’ladi va oliy kasta deb taniladi. Boshqa barcha elatlar unga bo’ysunib soliq to’lab turgan.
Ink davlatida aholi asosan, dehqonchilik bilan shug’ullangan. Asli And tog’larida dehqonchilik xo’jaligi miloddan awalgi uch mingiochi yillikda paydo bo’lgan. Inklar miloddan awalgi VI asrda shakllangan chanapata madaniyatining merosxo’rlaridir. Ular markazlashgan sug’orish tizimini yaratganlar, asosan, makka va kartoshka ekkanlar. Kartoshkaningko’p turlari, Yevropaga ilk bor shu yerdan olib borilgan. Dalalar tosh bilan berkitilgan kanallar orqali sug’orilgan, suv omborlari to’ldirilgan. Yerga jez uchli maxsus tayoq (taklya) va tosh bronza uchli chopqi bilan ishlov berilgan, hosil jez o’roq bilan o’rilgan. Umuman 40 ga yaqin ekin turlarini bilgan-lar.
Andlik hindilar Amerika qit'asidagi chorvachilikni bilgan yagona elatlardan hisoblangan. Kechua va aymara xalqlari lama va alpaka nomli hayvonlarni qo’lga o’rgatib yuk tashishda foydalanganlar, go’shti, yog’i, terisi, juni, suyagini xo’jalikda keng ishlatganlar.
251
Lamaning yowoyi turini uch yilda bir marta mol qo’ralariga haydab, qamab, junini qirqib, keyin erkinlikka chiqarib yuborganlar. Go’sht uchun dengiz cho’chqasi va o’rdaklarni ovlaganlar. Uy hayvonlaridan faqat itni saqlaganlar.
Ink davlatida hunarmandchilik rivojlangan. Ular metallni ruda konlaridan qazib olganlar. Mis, kumush, oltin, simob va boshqa rangli metallarni, hatto jez ishlab chiqqanlar, turli qurol (o’roq, bolta, pichoq), bezaklar va diniy buyumlar yasaganlar. Charxsiz naqsh berilgan ajoyib sopol idishlar va haykalchalar ishlab chiqqanlar, paxta va jundan chiroyli nozik matolar to’qiganlar. Hech qanday qorishmasiz yirik kesilgan tosh bo’laklardan dabdabali ibodatxona va qasrlar tiklaganlar. Oddiy kishilarning uylari toshdan yoki xomg’ishtdan qurilgan, qamish yoki somon bilan yopilgan, oynasiz va chipta eshikli kichkina xonalardan iborat.
Inklar g’ildirakli transport bo’lmasa ham yo’llarga katta e'tibor berganlar. Bizning davrimizgacha yetib kelgan dengiz sohili va tog’ etaklarida qurilgan tog’ yo’llar, tunnel va ko’priklar hozirgacha kishini hayratda qoldiradi. Ular yengil sol kemalarda uzoq masofalarga sayohat qilganlar. Pulni bilmaganlar, ammo natural savdo-sotiq rivojlangan. Hokimlar eng mohir ustalarni poytaxtga to’plaganlar. Bo’ysundirilgan qishloqlardan yosh qizlarni zo’rlab keltirganlar va to’rt yil davomida to’qimachilik va boshqa kasblarga o’rgatganlar, keyin ular 30 yoshigacha erga tegmasdan ink zodagonlariga xizmat qilganlar.
Asosiy ijtimoiy hujayra qishloq jamoasi (aylu) hisoblangan. Yer bosh hokimning mulki hisoblansa ham har yil jamoa a'zolari (oilalar)ga taqsim qilib berilgan. Oliy hokimga («Inka dalasi») va kohinlarga («Quyosh dalasi») maxsus yerlar ajratilib, uni jamoa a'zolari ishlab hosilini yig’ib berganlar.
Davlat tuzumi o’ziga xos despotizmga asoslangan quldorlik im-periyasi hisoblangan. Inklar yuqori tabaqa deb tanilgan va ular mehnatdan ozod bo’lib boshqa qabilalar hisobiga yashaganlar. Soliqdan kechua qabilasi ham ozod bo’lgan, boshqa qabilalar inklarga qaram bo’lib soliq to’laganlar, qul yetkazib berganlar. Ammo urug’chilik munosabatlari (fratriylik) saqlangan. Inklar hatto kiyim va bezaklari bilan ajralib, hukmron kastaga aylangan, hokimlar va kohinlar ham ulardan saylangan. Oliy Inka (Sana Inka) quyosh o’g’li hisoblangan, unga boshqalar itoat qilganlar.
252
Ink davlatida politeistik (ko’p xudolik) dinlari keng tarqalgan. Quyosh ibodati eng muhim hisoblangan, shuning uchun Sana Inka ham xudo darajasiga ko’tarilgan. Ona-yerga, tabiatga sig’ingan-lar, Makka va Kartoshka xudolari bo’lgan, ajdodlar arvohlariga ham sig’inganlar. Katta bayramlarda yoki ofat kelsa asirlardan yoki bo’ysundirilgan qabilalarning bolalaridan qurbonlik qilganlar. Kohinlar diniy marosimlardan tashqari astronomik kuzatishlarni ham olib borganlar. Inklarda ikki xil yil hisobi — Quyosh (366 kun) va Oy (354 kun) kalendari bo’lgan. Tarix va genealogiya bilan shug’ullanuvchi maxsus donishmand (amauta)lar bo’lgan. Tabibchilikdan tashqari xirurgiya tajribasi-ga ega bo’lganlar, trepanatsiya qilishni bilganlar. lyeroglif yozuvi bilan birga o’ziga xos rangli iplardan tuzilgan tugma yozuv ham bo’lgan. Ammo noyob yozuv namunalarini ispan istilochilari butunlay yo’q qilganlar.
Ispanlar Pisarro boshchiligida inklar davlatini 1531-1533-yillarda talon-taroj qilganlar. Lekin mag’rur inklar qo’zg’olon ko’tarib qattiq qarshilik ko’rsatganlar. Faqat 1572-yilda qo’zg’olon bostirilib butun mamlakatni istilochilar egallagan. Hozirgacha kechua va aymara xalqlari o’z madaniyatlarini va tilini saqlab qolganlar. Ular bir necha mamlakatlarga bo’lingan. Masalan, kechua xalqi besh davlatda yashaydi, ayniqsa, ular Peru, Ekvador va Peruda ko’proq.
Chilining janubiy hududlarida bir necha guruhlarga bo’lingan araukan qabilalari yashaydi. Ular ham inklar singari dehqonchilik bilan shug’ullanganlar, kartoshka, mais, lobiyo, suli ekkanlar, chorvachilik va terimchilikni bilganlar, qisman ovchilik ham qilganlar. Kiyimlari gazlamani ikkiga buklab, o’rtasini bosh sig’adigan qilib kesib olingan plash (pancho) shaklida bo’lib, uning tagida teridan shim kiyganlar. Har xil chig’anoq va metalldan yasalgan bezaklar taqishgan. Araukanlar qamishdan to’qilib, loy bilan suvalgan konus shaklidagi somon yoki qamish tomli uylarda yashaganlar. Ijtimoiy tuzumi matriarxatdan ota urug’iga o’tish davriga to’g’ri keladi. Ular inklarning qattiq ta'sirida bo’lgan va madaniyatining ko’p tomonlarini, jumladan, metall ishlab chiqarishni, tugma yozuvni qabul qilib olganlar. Chili davlati araukanlarni 1883-yili katta kuch bilan o’ziga bo’ysundirgan. So’nggi davrlargacha ular ba'zi jamoatchilik munosabatlarini saqlab kelganlar. Hozir ko’pchilik araukanlar rezervatsiyalarga joylashgan.
Tropik o’rmon hindi qabilalari. Janubiy Amerikaning shimoli-sharqiy va markaziy qismlarida mustamlaka arafasida aravak, tupi-guarani va karib til oilasiga mansub turli qabilalar yashagan. Ular nihoyatda qoloq ibtidoiy jamiyat darajasida turgan o’troq elatlardir. Asosiy kasbi tropik dehqonchilik bo’lib, mayda butazorlarni toshboltalar bilan qirqib kuydirganlar, kul aralash tuproqqa yog’och tayoq bilan kavlab makka, batata, lobiyo, tamaki va paxta ekkanlar.
Amazonka va Orinoka daryolarining tropik o’rmonlarida ov qil-ganlar, daryo va ko’llarda baliq tutganlar. Toshboltalar ham qurol, ham savdo vositasi rolini o’ynagan. Ovda parli o’q-yoy, suyak, chig’anoq va yog’ochdan yasalgan turli qurollar ishlatilgan. Maymim va qushlarni ovlashda uchi kurara nomli o’simlik zahari surtilgan bambukdan yasalgan puffak naycha qurol (sarbakan) ishlatilgan. Umuman mahalliy hindilar mahorat bilan o’simlik zaharlaridan foydalanganlar. Baliq ovida turli to’r va savat ishlatilgan, yog’ochdan kichik kemalar yasaganlar. Baliqni o’q-yoy va sanchqi bilan ham ovlaganlar.
To’r to’qishda tropik o’rmon hindilahga teng keladigani yo’q. Yog’ochga osib qo’yadigan karavot-gamakni kashf qilib butun dun-yoga shu nom bilan taqdim qilgan, bezgak kasalini davolashda eng zarur darmon-xinin daraxtini kashf qilgan ham o’rmon hindilaridir. Ular doirasimon yoki to’rtburchakli palma yaprog’i va butoqlar bilan yopilgan uylarda yashaganlar. Devorlari ham butoqlardan to’qiK gan yoki bo’yra bilan ustunlarga berkitib loy suvalgan.
Amazonka va Orinoka vohalaridagi hindilar urug’-jamoa bo’lib yashaganlar va umumiy xo’jalikka ega bo’lganlar. Oilalar matrilo-kal tipidagi juft nikoh tartibida bo’lsa ham guruh nikoh qoldiqlari saqlangan. Ov qiladigan va baliq tutadigan umumiy hudud jamoa mulki hisoblangan, ovni teng taqsim qilganlar. Har qishloq o’z-o’zini boshqaruvchi jamoaga ega bo’lib, unga oqsoqol rahbarlik qilgan. Har bir qabilada erkaklar ittifoqi mavjud. Qabilalararo aloqalar tabiiy sharoit tufayli uncha mustahkam bo’lmagan.
Diniy tasawurlari ham moddiy sharoitga bog’liq bo’lgan. Teva-rak-atrofdagi tabiat yaxshi va yomon arvohlar bilan to’la, ularni yumshatish uchun xudoyilar qilib turish zarur, degan aqidaga rioya qilganlar. Shomonizm keng tarqalgan, shomonlar arvohlar bilan vositachi bo’libgina qolmay, tabiblik ham qilganlar. Diniy marosim va bayramlarda oddiy musiqa asboblari (shox, nay) jo’rligida turli
I
raqslarga tushganlar, badanlarini bo’yaganlar, qush pati, yong’oq, tish va boshqa buyumlar bilan bezanganlar.
Yevropaliklar kelishi bilan tropik o’rmon hindilari ovga qulay joylarini tashlab changalzor o’rmonlarning ichkarisiga chekinishga majbur bo’lganlar. Ammo XIX asr oxirlarida kauchuk yig’ish uchun kelgan mustamlakachilar hindilarai yana ham siqib noqulay joylarga ko’chishga, majbur qilganlar.
Sharqi-janubiy Braziliya va Pampa hindilari. Braziliyaning qalin o’rmonlarida va qurg’oq yassi tog’larda botokuda, jes va boshqa til turkumiga mansub turli qabilalar yashagan. Ular deh-qonchilikdan xabardor bo’lsa ham, asosan, terimchilik, ovchilik va baliqchilik bilan kun kechirganlar. Bir necha katta oilalardan tashkil topgan lokal guruhlar qirlarda, kichkina yerlarda manio-ka, botata ekib, hosilini yig’ib-terib olgandan keyin boshqa joylarga ko’chib terimchilik qilganlar. Ularning asosiy qurollari o’q-yoy va nayza, ayollar oddiy yog’och bilan kavlab yemishli ildizlar, urug’ va mevalarni terganlar, erkaklar bug’u, straus va boshqa har xil mayda hayvon va qushlarni ovlaganlar, sanchqi va to’r bilan baliq tutganlar. Ularda toshdan yasalgan bolta va pichoqlar ham bo’lgan.
Botokuda qabilalari qarorgohlarida butun guruhga mo’ljallan-gan palma yaproqlari bilan yopilgan katta chaylalar tiklangan. Suv saqlaydigan savatlari, maxsus uy-ro’zg’or buyumlari bo’lgan. Ular kiyimni bilmaganlar, badanlarini bo’yab bezaganlar, quloqlariga va lablariga yog’och uzuk osganlar.
Mazkur qabilalarning ijtimoiy tuzumi kam o’rganilgan bo’lsa-da, urug’chilik tuzumida yashaganliklari aniq, ular dual tashkilotga ega bo’lganlar, guruhiy nikoh va ekzogamiya tartiblari saqlangan. Urug’ jamoasida ona urug’i tartiblari (urug’ hisobi va hokazo) saqlangan, ammo erkaklar ittifoqi ijtimoiy hayotda muhim rol o’ynagan. Diniy tasawurlari qo’shni tropik hindilarnikidek tabiiy kuchlarga sig’inishdan iborat bo’lgan.
XVIII-XIX asrlar davomida Braziliya o’rmon hindi qabilalari portugallar tomonidan qirilgan. Ular rezervatsiyalarga ko’chirilib ochlik va kasalliklarga chidamay o’lib ketganlar. Ikkinchi jahon urushi arafasida botokuda qabilalarida bir necha o’nlab kishi qolgan bo’lsa, jes til oilasiga mansub qabilalarda hech kim qolmagan. Tirik qolgan hindilar kauchuk plantatsiyalarida xizmat qilmoqdalar. Ular qalin o’rmonlarda turli xomashyo (smola, kauchuk, xinin daraxti
255
qobig’i, noyob qushlarning patlari va hk.) yetkazib beradilar va o’z mehnatiga arzimaydigan haq oladilar.
Pampa hindilari. Janubiy Amerikaning janubidagi keng dasht hududlarida qadimdan Patagoniya bepoyon tekisliklarini pampa deb ataydilar. Bu hududda har xil tilda gapiradigan ovchi qabilalar (asosan, chon, araukan, texuelyache) yashagan. Ular dastlab piyoda, yevropaliklar kelgandan keyin otda guana (lamaning yowoyi bir turi)ka ov qilganlar. Ov qurollari o’q-yoy, bo’la (teri xaltaga tosh solib ikki-uchtasini arqon uchiga bog’lab palaxmonga o’xshatib hayvonga otganlar, oyog’i yoki bo’yniga o’ralgan bo’la uni qo’lga tushirgan) bilan tez yuguradigan guanakani straus va bug’ularni ovlaganlar. Ular turli o’simlik, urug’ va ildizlarni ham yig’ib-terganlar.
Pampa ovchilari manzilgohlarida daydi turmushga moslashgan bekitma yoki guanaka terisi bilan qoplangan chaylalarda yashagan-lar. Terilardan zo’r mahorat bilan ishlov berib belbog’li plash yopinganlar, ot yoki guanaka oyoq terisini shilib xomligicha mahsiga o’xshash poyabzal qilib, sovuq va yomg’ir paytlarida ustiga teri kavush kiyganlar. Shunga qarab ispanlar pampa ovchilarini «patagonlik» (katta oyoqli)lar deb ataganlar.
Patagonliklar 30-40 oiladan iborat qavm-qarindoshlar guruhini tashkil qilgan. Guruh boshida oqsoqol turgan va jamoa o’tkaziladigan ovni boshqargan. Qarorgohlar patrilokal tipda bo’lgan, kelin uchun qalin to’langan. Asosiy mulk — ot va qurol — erkakka tegishli, uy-ro’zg’or buyumlari yengil yog’och va teridan yasalgan. Eri o’lgan beva xotinga meros qolmagan, o’likdan qolgan barcha buyumlar yo’q qilingan. Initsiatsiya marosimlari juda tantanali bayram kiyimlarida (bo’yalgan teri, par, hayvon va shoxlari bilan) chaylalar bezatilgan va turli raqslar, nog’ora va surnaylar bilan o’tkazilgan.
Diniy tasawurlar totemizm va animizm bilan bog’liq. Shomo-niylik ham ma'lum, shomonlar vazifasini xotinlar bajargan, erkak shomonlar xotincha kiyinishi shart bo’lgan. Ajdod arvohlariga sig’inisk kuchli bo’lgan.
XVIII asr oxirlarida mustamlakachilar Argentina janubidagi serhasham dashtlarni egallashga kirishib pampa hindilarini qirish siyosatini amalga oshira boshlagan.Mob.ir ovchi va otli askar hisoblangan hindilar zo’r qarshilik ko’rsatganlar. Ammo kuchlar teng bo’lmaganligidan 1878-1883-yillarda argentina hokimiyati o’tkazgan «janub kompaniyasi» natijasida hindilarning ko’pchiligi
256
qirilgan, qolgan ozgina qismini Patagoniyaning janubiga haydaganlar. o’tgan asrning boshlarida bir necha o’n araukan va puelche vakillari qolgan, xolos.
XIX asrning o’rtalarigacha Olovli Yer arxipelagida o’na, alaku-luf va yamana nomli qabilalar ibtidoiy turmush tarzini saqlab qolganlar. Nihoyatda og’ir tabiiy sharoitda yashagan mazkur qabi-lalar daydichilikda guanaka, tulen, baliq va qushlarni ovlab, har xil o’tlar va molluskalarni terib kun kechirganlar. Ular qarorgohlarda vaqtinchalik teri yoki daraxt qobig’i bilan qoplangan bekitma va chaylalarda istiqomat qilganlar, hayvon terisi bilan yopingan, olovdan foydalanganlar. Ovchilik qurollari o’q-yoy va sanchqi, daraxt qobig’idan yasalgan kichkina qayiq.
Yamana qabilalarida qavmu qarindoshlar guruhi bir jamoa (urug’) hisoblangan va uni «ukur» deb ataganlar. Jamoa boshliqlari jamoa bo’lib ov tashkil qilganlar, qo’shni qabilalar bilan munozara yurgizganlar. Qabilalar ekzogam urug’ guruhlariga bo’linib, urug’ hisobi ham ona, ham ota tomonidan belgilangan juft oila hukmronlik qilsada, poligam nikoh tartiblari saqlanib kelgan. Tabiblar muhim rol o’ynagan, ular kasallarni davolagan, ob-havoni aytib bergan. Totemizm va sehrgarlik, kasb ibodati va arvohlarga sig’inish keng tarqalgan.
o’tgan asrning ikkinchi yarmida, ayniqsa, 1870-yillarda mus-tamlakachi-chorvador yevropaliklar ko’plab kela boshlagan. Olovli Yer nam, yumshoq tabiati bilan qo’ychilikka qulay bo’lgan. Mus-tamlakachilik tez vaqt ichida qo’ychilikni rivojlantirgan. Jamoat-chilik tartiblariga o’rgangan ibtidoiy qabilalar qo’yga ov qila boshlaganlar. Mustamlakachilar o’z navbatida hindilarni chinakam ovlashga o’tib, har bir o’ldirilgan hindi kallasiga besh funt sterling haq to’laganlar, Chilida esa bir funt to’langan. Bunday vahshiylik siyosati tub aholining qisqa muddat ichida qirilib ketishiga sabab bo’lgan.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling