Milliy mafkuraning shakllanishi o 'zbek xalqining, ayniqsa
Download 1.23 Mb.
|
Etnologiya KITOB
IIBOB JAHONNING ETNIK QIYOFASI
(yangi o 'quv programmasi asosida) I. AVSTRALIYA VA OKEANIYA XALQLARI Beshinchi qifa hisoblanadigan Avstraliya Tinch okeanining janubida joylashgan o’ziga xos o’lkadir. Uning iqlimi ham, etnik tuzilishi ham yer kurrasining boshqa qismidan ancha farq qiladi. To’rt tomoni bepoyon okean suvlari bilan yuvilib turgan Avstraliya qifasi 7,7 mln. kvadrat kilometr hududga ega bo’lib, taxminan AQSH hududiga teng keladi. Qifaning beshdan ikki qismi tropik iqlimli, qolgani subtropik va mo’tadil issiq iqlimlidir. Ichki Avstraliya nihoyatda qurg’oq, yog’ingarchilik kam, iqlimi o’zgaruvchan, dashtu biyobondan iborat. Uncha katta bo’lmagan daryolar uning sharqida mavjud, xolos. Pastqam tog’ tizmalari, asosan, janubi-sharqiy qismida joylashgan. Bir necha yuz katta-kichik ko’llar mavjud bo’lib, ular yozgi jaziramada qurib sho’rxokka aylanadi. Ammo o’lka yer osti suvlariga boy. Mahalliy aholi undan qadim zamonlardan beri foydalanib kelgan. Hozir ham bu qifada artezian quduqlaridan keng istifoda etiladi. Avstraliyaning o’simlik va hayvonot dunyosi ham iqlimi singari xilma-xil. U yerdagi o’simliklarning aksariyati (85 foizi) faqat o’ziga xos bo’lib, boshqa biron yerda uchramaydi. Ayniqsa, janubi-sharqida balandligi yuz metrgacha yetadigan evkalipt daraxtlari (150 turdan ortiq) qifaga go’zal manzara kasb etib turadi. Abadiy yashil daraxtlar: palma, fikus va chirmovuq kabi o’simliklarga boy tropik o’rmonlar qifaning shimol va shimoli-sharqiy qismida joylashgan. o’lkaning g’arbiy va ichki qismiga kirib borgan sari barcha o’simlik dunyosi nihoyatda qashshoqlashgandek ko’rinadi. Avstraliyaning hayvonot dunyosi ham o’zining qadimiyligi va ekzotikasi bilan kishini hayratda qoldiradi. Bu yerda yuqori sutemizuvchilar mutlaqo bo’lmagan, ammo xaltali hayvonlarning yuzdan ortiq turi mavjud. Tuban sutemizuvchilarning mashhur vakili katta kenguru tug’ilgan bolasini qorin terisidagi maxsus xaltasida voyaga yetkazadi. Qifada kenguruning boshqa turlaridan daraxtga ; tirmashadigan koala (xaltali ayiq), vombata va hokazo turlari ham yashaydi. Sudraluvchilardan ilon, kaltakesak, shimoldagil daryolarda timsoh va boshqa ko’pgina shu kabi jonivorlar uchraydj. Qushlardan: yirik avstraliya strausi - emu, turli xil to’tiqushlar, qora oqqushlar, sayroqi qushlar va umuman mingga yaqin turdagi qushlar Avstraliya tabiatining o’ziga xos fayzidir. Shunisi qiziqki, Avstraliya flora va faunasidagi turlarning ko’p qismini mahalliy tub aholi iste'mol qilib kelgan. Ular faqat yirik hayvonlarnigina emas, balki mayda jonivorlarni (ilon, kaltakesak, chuvalchang kabi hasharotlar va hk.) hamda turli ekin ildizlarini yig’ib-terib iste'mol qilganlar. Avstraliyada inson hayoti uchun xavfli yirtqich hayvonlar yo’q, zaharli ilon va timsohlar esa juda kam. Faqat yovvoyi it (dingo) uy hayvoni sifatida qo’lga o’rgatilgan. Qifada juda ko’p qazilma boyliklar mavjud bo’lib, undan tub aholi foydalana olmagan. Hozirgi Avstraliya millati qurama, turli elatlardan tashkil topgan. Qifada 15,7 mln.dan ortiq (1985-y.) aholi yashaydi, ammo u nihoyat notekis joylashgan. Aholining asosiy qismi Avstraliyaning sharqiy va janubi-sharqiy qismlarida, sug’oriladigan qulay iqlimli va o’simlik dunyosiga boy bo’lgan janubi-g’arbiy hududlarda yashaydi. Avstraliya aholisining ko’pchiligi yevropalik, ayniqsa, Angliya va Irlandiyadan (78 foizi) kelganlarning avlodlari ko’pchilikni tashkil qiladi. Tub aholisi (aborigenlar) suvsiz cho'1 va sahrolarda kun ke-chirmoqda. Ularning soni 103 mingga yaqindir (metislar bilan qo’shib hisoblaganda 140 mingdan ortadi). Umuman olganda, Avstraliya va Okeaniyada keyingi ma'lumotlarga qaraganda 25 mln.dan ortiq aholi mavjud. Shu jumladan, Yangi Zelandiyada 3,2 mln. aholi yashaydi. Okeaniyada joylashgan minglab orollar janubga yaqinlashgan sari yiriklashib va ancha quyuqlashib boradi. Avstraliyaning sharqida va shimoli-sharqida, aksincha, juda mayda orollar Tinch okeani bag’riga kirgan sayin kamayib boradi. Eng yirik orollar: Yangi Gvineya, Yangi Zellandiya, Yangi Kaledoniyadir. Mayda orollar esa asosan, vulqonlardan va marjonlardan paydo bo’lgan va ularning qifaga hech aloqasi yo’q. Okeaniyaning barcha orollari deyarli tropik oralig’ida joylashgan bo’lib, iqlim ekvatorial, tabiati abadiy yashil tropik o’simliklar bilan qoplangan, hayvonot dunyosi g’arbga tomon boyroq, sharqda esa ancha kam. Okeaniya asosan, uch qismga bo’lingan: janubi-g’arbiy qismda-gi «qora orollar» deb nom olgan Melaneziya; uning sharqiy va shimoli-g’arbidagi bepoyon Tinch okeanida tarqoq joylashgan Poli- 65 neziya (tarjimasi «ko'psonli orollar»); Osiyo sohillariga yaqin mayda orollardan iborat Mikroneziyadir. Agar tub aholisining sharoiti va madaniy saviyasi sotsial-iqtisodiy jihatdan umumiy xarakterga ega bo’lsa, Okeaniya xalqlari nisbatan yuqori darajada va nihoyatda rang-barang shaklda rivojlangan. Tillarning joylashuvi antropologik turlarga to’g’ri kelmaydi. Ularning xo’jalik tiplariga qarab madaniy yoki sotsial rivojlanish darajasini aniqlash qiyin. Chunki, Osiyo yoki Yevropadagi ishlab chiqarish qurollari, moddiy buyumlar bu yerga mutlaqo to’g’ri kelmaydi. Masalan, tub melaneziyaliklar o’q-yoyni, temirchilikni yoki kulolchilikni bilmaganlar, ammo o’ziga xos yuksak madaniyat yaratganlar. Aytaylik, ijtimoiy munosabatlarda melane- . ziyaliklarda savdo-sotiq rivoj topgan bo’lsa ham, natural xo’jalikka ega bo’lgan polineziyaliklar ularga nisbatan ancha yuqori madani-yatga ega bo’lganlar. Umuman, beshinchi qifani o’rganish insoniyat tarixining ilk davrlari - ibtidoiy jamiyatdan sinfiy jamiyatning ilk shakllariga-cha, dastlabki davlat va qabilaviy birliklargacha aniqlab olish imkonini yaratib bergan edi. Dunyodagi eng kichik qit'a yoki eng katta orol hisoblangan Avstraliya eng qadimiy geologik davrlarda qurg’oqlikdan ajralib qolib XIX asrgacha jonli qadimiy muzey shaklida saqlangan. Uning flora va ayniqsa, faunasining arxaikligi va o’ziga xosligi doimo tadqiqotchilarni hozirgacha hayajonga soladi. Avstraliya-da yuksak sutemizuvchilarning yo’qligi, tuban sutemizuvchilar (xaltali hayvonlar)ning ko’pchiligi bu yerda ibtidoiy dunyo qayta jonlanganday taassurot tug’diradi. Mazkur tabiiy sharoit mahalliy tub aholining maishiy turmushi va madaniyatida ham o’z aksini topganligini alohida qayd qilish lozim. Bepoyon Tinch okeani orollarida yashovchi minglab katta-kichik turli etnoslar kishilik jamiyatining dastlabki davrlarida kashf etilgan ajoyib ishlab chiqarish usullari, xo’jalik shakllari, murakkab geografik muhitga moslashganjiar xil kasblar, ovchilik mahorati, atrofdagi vahshiy tabiatda yashab va cheksiz dengizlarda yo'l topib uzoqlarga sayohat qilish, qurg’oq sahrodan suv topa bilish kabi juda ko’p yangiliklarni kashf etib, jahon madaniyatiga o’ziga yarasha hissa qo’shganlar. Endi mana shu insoniyat beshigida paydo bo’lgan va bizning davrimizgacha kishilik jamiyatining bolaligidagi turmush tarzi belgilarini saqlab kelgan etnoslar bilan tanishamiz. 66 Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling