Milliy ma’naviyatimizning takomil bosqichlari kirish asosiy qism I bob. Ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar
Milliy ma’naviyatimizning yangi davr. Yevropa madaniyati bilan bevosita tuknashuvi
Download 102.3 Kb.
|
MILLIY MANAVIYAT 88 (2) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi davr ma’naviyatiga o‘tish yoki islom mintaqa madaniyati davri ma’naviy yutuqlarining ommalashuvi bosqichi
- Mirzo Abduqodir Bedil
2.2 Milliy ma’naviyatimizning yangi davr. Yevropa madaniyati bilan bevosita tuknashuvi
XV-XVI asrlar jahon tarixida Yangi davrning boshlanishi hisoblanadi. Shu davrdan Yevropa mintaqasida ma’naviy yangilanishlar pallasi boshlandi. Asli bu yangilanish islom mintaqa madaniyatining ta’siridan xoli emas edi. Islom mintaqa madaniyati Volgabo‘yi, Sharqiy Turkiston va Indoneziyadan to Shimoliy Afrika va Ispaniyagacha yoyilganligi ma’lum. Ispaniyada arab xalifaligi to XIV asrgacha davom etdi. IX asrdan boshlab rivoj ola boshlagan arab-ispan musulmon madaniyati XI-XIV asrlarda Yevropa madaniyatiga ayricha ta’sir ko‘rsatdi. Ispaniya va Shimoliy Afrika hududlarida Ibn Tufayl (vafoti 1185y), Ibn Ro‘shd (1126-1198) Ibn al- Arabiy (1165-1240), Ibn Xaldun (1332-1406) kabi islom olamining buyuk allomalari yetishib chikdiki, ularning ijodiy merosisiz mintaqa ma’naviyatini mukammal anglab bo‘lmaydi. XI asrdan boshlab Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniy, Ibn Sino, G‘azzoliy va boshqa ulug‘ islom mutafakkirlarining asarlari lotin tiliga tarjima qilinib, xristian madaniyati rivojiga hissa qo‘sha boshladi. Shu davrdan e’tiboran, yagona islom mintaqa ma’naviyati doirasida, ikki tamoyil shakllana borganligini bir qator hozirgi zamon sharqshunoslari qayd etadilar. Bu tamoyillarning birinchisi Abu Ali ibn Sino nomi bilan bog‘liq bo‘lib, Xuroson-Movarounnahr yoki sharqiy falsafa maktabi hisoblansa, ikkinchisi Ibn Ro‘shd ijodida yorqin namoyon bo‘luvchi g‘arbiy falsafa maktabidir. Bu ikki tamoyil islom ma’naviyati doirasida o‘zaro chambarchas bog‘liq va qat’iy chegaralar bilan bir-biridan ajralgan emas. Ammo ularning keyingi ta’sir doirasi turlicha kechdi. Mavjud voqelik hamisha turli narsa va hodisalar, jihatlar va tamoyillardan iborat bo‘lib, ular orasida o‘zaro ziddiyat ham, uyg‘unlik ham mavjud. Ibn Sino va G‘azzoliylar ko‘proq taraflarining o‘zaro uyg‘unligiga urg‘u berishsa, Ibn Ro‘shd oradagi farqlarga e’tibor qaratdi. Uning qarashlari XIII-XVI asrlarda Yevropada «averroizm» nomi bilan5 katta bir falsafiy an’ana hosil qildi. Ibn Ro‘shdning Aristotel asarlariga yozgan sharhlari Fransiya, Italiya va boshqa Yevropa davlatlarining yirik universitetlarida o‘qitildi. Arab tilidagi falsafiy meros Siger Brabantskiy (1235-1282), Piko della Mirandola (1463-1494), Petro Pomponassi (1462-1525), Jordano Bruno(1548-1600) kabi O‘rta asrlar va Uyg‘onish davrining yirik faylasuflariga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Siger Brabantskiy Ibn Ro‘shd g‘oyalarini Yevropaning o‘sha davr o‘ziga xos ma’naviy muhitiga tadbiq etib, «ikki haqiqat nazariyasi»ni ishlab chiqdi. Shu bilan birga arab falsafasi ta’sirida qadim Yunon-Rim merosi bilan bevosita tanishishga intilish kuchaydi. Bu harakat diniy va falsafiy qarashlarning o‘zaro jiddiy to‘qnashuviga olib keldi va natijada «averroizm» namoyandalari xristian cherkovi (Rim papasi) tomonidan qattiq ta’qibga duchor bo‘ldi. Siger Brabantskiy o‘ldirildi. Jordano Bruno o‘tda kuydirildi. Ammo yangi kuchlar quvvat kasb etib bordi. Neoplatonizmning arab-islom madaniyatidagi talqini ta’sirida xristian diniy qarashlarida yangicha yondoshuvlar shakllanib, XV asrda Reformatsiya zarurati paydo bo‘ldi. Katolik va pravoslav mazhablari qatoriga protestantizmning turli oqimlari (kalvinizm, lyuteranlik, anglikan cherkovi va boshqalar) qo‘shildi. Badiiy va falsafiy tafakkur mustaqil rivoj olib, Renessans yoki Yevropa Uyg‘onishi vujudga keldi. XVII asrdan adabiyotda klassitsizm yo‘nalishi, XVIII asrdan esa Yevropa ma’rifatchiligi shakllandi. Niderlandiya va Buyuk Britaniya burjua inqiloblari Yevropadagi ijtimoiy-ma’naviy vaziyatni tubdan o‘zgartirib yubordi. Amerika kashf etildi. Sharqqa yurish boshlandi. XIX-XX asrlar davomida fan va madaniyat taraqqiyoti jihatidan Yevropa mintaqasi boshqalardan uzil-kesil ilgarilab ketdi va natijada «jahon fani», «umuminsoniy qadriyatlar» deganda birinchi navbatda Yevropa madaniyati unsurlari tasavvur etila boshlandi. Yangi davrdagi bu mintaqaning yutuqlari ko‘p jihatdan madaniy integratsiya jarayonlari bilan bog‘liq. Bu davrda Yevropa xalqlari (inglizlar, nemislar, fransuzlar va h.k.) mintaqa miqyosidagi o‘zaro madaniy axborot almashinuv doirasidan chiqib, o‘zga mintaqalarda yaralgan boyliklarni o‘zlashtira boshladilar. Sharqshunoslik keng rivoj oldi. Turli fan sohalari sharqshunoslarning yutuqlaridan ijodiy foydalana boshladilar. Islom mintaqasida esa XVI asrdan boshlab madaniy-ma’naviy yaxlitlikka rahna soluvchi jarayonlar yuz bera boshladi. Yangi davr Yevropa ma’naviy muhitiga xos qarama-qarshiliklar kurashi keyin ham davom etdi. XVIII asr fransuz ma’rifatchiligi zaminida shakllangan ateizm yo‘nalishi Gelvesiy (1715-1771), Golbax(1723-1789), Didro(1713-1784) qarashlaridan nemis mumtoz falsafasiga o‘tib, Feyerbax (1804-1872) orqali Karl Marks va F. Engelsning murosasiz sinfiy kurash targ‘ibiga qaratilgan kommunistik utopiyaga olib keldi. Islom mintaqa ma’naviyatida bunday ziddiyatli holat yuz bergan emas. Alisher Navoiy va Mirzo Bedil talqinlaridagi Tavhid ta’limoti ma’rifatchilik va irfon bosqichlarida ba’zan ko‘zga tashlanadigan ziddiyatli o‘rinlarni yengib o‘tib, Oliy uyg‘unlikka erisha bildi. Islom mintaqa ma’naviyatida «ikki haqiqat» tazodi emas, «ayni haqiqatdir majoz»,»al-majozu qantaratul haqiqa» (majoz haqiqatning ko‘prigidir), degan jumlalarda o‘z yorqin aksini topgan uyg‘unlik, «qarama-qarshiliklar kurashi» emas, «birligi» ko‘proq ustunlikni saqladi. Ammo bu mulohazalarni mutlaq haqiqat ma’nosida tushunish noo‘rin bo‘lardi. Yangi davrning o‘ziga xosligi shundaki, ichki ziddiyatlar ba’zan juda keskin yuzaga qalqib chiqa boshladi. XVI-XX asrlar milliy ma’naviyatimiz takomilini ikki katta bosqichga ajratish mumkin. Ulardan birinchisi - XVI-XVII asrlarni qamrab oladi. Bu bosqichda yaxlit islom mintaqa madaniyati erishgan yutuqlar zaminida mahalliy o‘lkalar keng xalq ommasining ma’naviy saviyasi oshib bordi. Bu davrda mintaqa siyosiy hayotida tanazzul va parchalanish jarayoni kundan-kunga, yildan yilga kuchaydi. Shu bilan bir paytda mintaqa xalqlari o‘tgan davrda erishilgan yuksak ma’naviy qadriyatlarni saqlab qolishga va rivojlantirishga urindilar. Shu sabablarga ko‘ra bu jarayonni Yangi davr ma’naviyatiga o‘tish yoki islom mintaqa madaniyati davri ma’naviy yutuqlarining ommalashuvi bosqichi, deb atash mumkin. Ikkinchi bosqich - milliy ma’naviyatimizning Yangi davr Yevropa madaniyati bilan bevosita to‘qnashuviga oid bo‘lib, bu jarayon boshlanishdanoq foje’ bir tarzda - qadim Turon xalqlarining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va 150 yillik mustamlaka holatida murakkab bir tarzda kechdi. Birinchi bosqichga qisqacha to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, XVI asr boshlarida Eronda Safaviylar sulolasi hokimiyatga kelishi bilan shia mazhabining davlat dini darajasigacha ko‘tarilishi mintaqani bir necha siyosiy-madaniy qismlarga bo‘lib yubordi. Turkiyada Usmonlilar sulolasi, Movarounnahrda Shayboniylar, Hindistonda Boburiylar (Buyuk mo‘g‘ullar) o‘z hokimiyatlarini o‘rnatdilar. Volgabo‘ylari Moskva Rusi tomonidan bosib olina boshlandi. XVI asr davomida Eron, Xuroson va Movarounnahrning ko‘plab taniqli ijodkor ustoz va allomalari Shimoliy Hindistonga, Boburiylar saroyiga ko‘chib o‘tdilar. Islom mintaqa madaniyatining markazi Shimoliy Hindiston bo‘lib qoldi. Ayniqsa, shoh Akbar, Jahongir, Shoh Jahon, Avrangzeb davrlarida (1556-1707) bu hududda islom mintaqa ma’naviyatining eng yetuk an’analari mahalliy hind madaniyati sarchashmalaridan ijodiy oziqlanib, yanada yuksak cho‘qqilarni zabt etdi. Bu ma’naviy yuksalishning eng oliy namunasi Mirzo Abduqodir Bedil (1644-1721) ijodi bo‘lib, ota-bobosi Shahrisabz o‘zbeklaridan bo‘lgan bu buyuk mutafakkir «Tilsimi hayrat», «Turi ma’rifat», «Irfon» kabi badiiy-falsafiy asarlarida «majoz tariqi» ruhida aks etgan Oliy haqiqat sirlarini yanada teranroq ifoda etishga erishdi. Shu sababli bizning o‘lkada XVIII-XIX asrlar mobaynida maxsus «Bedilxon-lik» anjumanlari tashkil topdi va ulug‘ mutafakkir shoirning murakkab badiiy-falsafiy satrlari atroflicha sharhlandi. Hindistonda Bedil an’analari Mirzo Asadullo G‘olib (1797-1869) va Muhammad Iqbol (1873-1938) ijodida davom ettirildi. Mirzo Asaduloxonning bobosi ham 1730 yilda Samarqanddan Hindistonga ko‘chib borgan edi. Mirzo G‘olib birinchilardan bo‘lib, ingliz mustamlaka-chilarining maqsadlarini anglab yetdi va hind xalqining ozodlik uchun kurashini o‘z asarlarida ulug‘ladi. Mirzo G‘olib va Muhammad Iqbol fors va o‘rdu tillarida ijod etdilar. Ma’naviyat ahlining siyosatga kuchli ta’siri Movarounnahrda XVI asrda ham davom etdi va bu holat, ayniqsa, Maxdumi A’zam (Ahmad Kosoniy - vafoti 1549 yil) va jo‘ybor shayxlari faoliyatida yaqqol ko‘zga tashlandi. Abdullaxon Soniy (1557-1598) hukmdorligi Movarounnahr o‘lkasida siyosiy yaxlitlikni saqlab qolishga oxirgi urinish bo‘ldi. Bu orada yuksak ma’naviy qadriyatlarning keng xalq ommasi orasida yoyilishi tobora kuchayib bordi. Majlisiy (XVI asr) va Poshshoxo‘ja (XVI asr) lar ijodi orqali xalqning o‘rta tabaqasi ongida o‘z qudratiga ishonch kuchayib borganligini sezish mumkin. Turli ijtimoiy toifalar o‘z maqomlarini dadil himoya eta boshladilar. Yilda bir g‘aribni podshoh saylash odati haqidagi Majlisiy keltirgan hikoyat xalq irodasi asosidagi yangicha boshqaruv uslubi haqida xalq shuurida yaratilgan ilk ibtidoiy tasavvurlardan darak beradi. Shunday qilib, XVI asrdan sulolaviylik an’anasi keskin tanazzulga yuz tutdi. Siyosiy jihatdan Movarounnahr uchun bu katta yo‘qotish bo‘ldi - mamlakatning siyosiy yaxlitligi qo‘ldan keta boshladi. Bu jarayonni ma’naviyat ahlining siyosatga faol aralashuvi ham to‘xtatib qola olmadi. Bu jarayon natijasida yaxlit o‘lka avval ikkiga (Buxoro va Xorazm xonliklariga), keyinroq, XVIII asr boshlarida uch mustaqil davlatga (Buxoro amirligi, Qo‘qon va Xiva xonliklariga) bo‘linib ketdi. Bu uch davlat hukmdorlari to‘xtovsiz bir-birlari bilan jang olib borardilar. Ushbu noittifoqlik balosi XIX asr ikkinchi yarimida o‘lkaning Rossiya mustamlakasiga aylanishiga olib keldi. Shu palladan Yangi davr ma’naviy jarayonlarining ikkinchi bosqichi boshlanadiki, bu haqda suhbat alohidadir. Ammo shunday buhronli holatlarda ham millat ma’naviyati yuksalib bordi. Turdi Farog‘iy va Mashrablarning hayoti va ijodiy faoliyati bunga yorqin misoldir. Turdi ijodida Navoiy badiiy tafakkurida olg‘a surilgan g‘oya milliy va siyosiy g‘oyaga aylandi. Turdi o‘z ijodida davr hukmdorining an’anaviy huquqlarini ochiqdan-ochiq rad qilib («Subhonqulixon haqida hajviya») odil shoh madhiyasi o‘rniga zolim va noqobil sultonni keskin fosh etishni maqsad qilib qo‘ydi. Navoiy Bahromi va Iskandari foje’ shaxs edilar, Turdining «bosh qahramoni» jirkanch va tuban maxluq sifatida hukm etildi. Turdi beklarni ham ayab o‘tirgani yo‘q. (Navoiy «Mahbub ul qulub»da beklar haqida nojo‘ya so‘z aytmaydi). Turdi birgina sultonni emas, balki butun bir ijtimoiy toifani - o‘zi ham mansub bo‘lgan aslzodalar - beklar toifasini fosh etadi. Ularni «yuzi qaro»lik, ko‘zi ko‘r, qulog‘i karlikda ayblaydi: Download 102.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling