Milliy ma’naviyatimizning takomil bosqichlari kirish asosiy qism I bob. Ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar
Download 102.3 Kb.
|
MILLIY MANAVIYAT 88 (2) (1)
Yedingiz barchangiz itdek fuqaroning etini,
G‘asb ila molin olib, qo‘ymadingizlar bitini, Qamchilar dog‘i solib bo‘yunig‘a, tilib betini, Yordingiz zahrasini (ichidan) olib o‘tini, Bo‘lmadi kam bu raiyat boshida hech tayoq.6 Qarang, Bobir mirzo uchun tabiiy ko‘ringan holat endi Turdi uchun chidab bo‘lmas adolatsizlikdir. Bu Yangi davr ma’naviyatidan darak edi. Turdi sulolaviylik o‘rniga, odil shoh orzusi o‘rniga yangi bir jozibali g‘oya - Yagona Vatan g‘oyasini olg‘a suradi. Bu Vatanda hali nohaqlik, zulm hukmron, hanuz bu yurt - «kofiriston»dir, ammo endi sulolaviylik, beklarning tor xudbinlik manfaatlariga qarshi qo‘ysa arzigulik ulug‘ bir Voqelik shakllanmoqda - «O‘zbekistondir bu mulk», deydi shoir ham cheksiz iztirob, ham cheksiz umid bilan. Tor ko‘ngilli beklar, man-man demang, kenglik qiling, To‘qson ikki bori o‘zbek yurtidir tenglik qiling. Birni qipchoqu xitoyu, birni yuz, nayman demang. Qirqu yuz, ming son bo‘lib, bir jon oyinlik qiling.7 Turdi xalq maqoli - «el rabotu to‘ra qo‘noq»ni siyosiy e’tiqodga aylantirdi. Turdi ma’naviyatida O‘zbekiston va uning xalqi birinchi maqomga ko‘tarildilar, irsiy «aslzodalik» huquqi rad etildi: Baski bu tiyradarunlarda charog‘e tilama. Endi Haqiqat yo‘li saroydan tashqaridadur: To‘g‘ri yo‘lni tilasang uz bu saroydan payvand. Endi shoh cho‘pon emas, xalq ham suruv emas. Xon faqat o‘z maishati g‘amidagi mahluqqa aylangan: Ark ichin mahkam etib ayladim o‘zimga yotoq.8 Shoir davr hukmronining kayfiyatini nihoyatda aniq aks ettiradi. Endi xon va amirlar yurt oldidagi mas’uliyatni mutlaqo unutgan edilar, ular «xos ahli» emas, oddiy «xudoning mahluqi» darajasida o‘z maishati, aysh-ishrati va xudbin intilishlarining quliga aylanib, yurt egasi bo‘lish huquqini butkul yo‘qotdilar. Endi yangi davr siyosiy qadriyatlari zamon taqozosiga aylana boshlagan edi. Afsus, bu qadriyatlarni to‘liq va mukammal anglab yetish uchun Turkiston xalqlari yana bir necha asr jabr chekishlari, jumladan, 150 yil milliy asorat xo‘rligini boshdan kechirishlariga to‘g‘ri keldi. Fuqarolik jamiyatiga o‘tishning ikki jihati bor. Birinchidan, agar fuqaro o‘zligini anglab yetmagan bo‘lsa, agar u hanuz o‘zini yeb-ichib, «kayfi safo qilib» yurishdan ortiqqa arzitmasa - uning nomi fuqaro (grajdan) emas, oddiy bir «xudoning mahluqi»dir, bunday insonlar to‘plansa, «xalq» emas, «olomon» bo‘ladi. Alisher Navoiy insonlarni «xos» va «avom» ga ajratar ekan, bunda u biz sobiq sovet davrida talqin qilganimizdek, «zodagonlar» va «qora xalq» ma’nosida emas, balki o‘zligini anglab yetgan va anglab yetmaganlar ma’nosida ishlatgan. Arablar islomgacha davrni «johiliya» deb atashgan. Bunda ham «johillik» xat-savodi yo‘qligini emas, yagona Allohni tanimaganlik, ilohiy kalomdan bahramand bo‘lmaganlik ma’nosida ishlatilgan. Xalq ichida «omi odam» degan ibora ishlatiladi. «Omi odam»ni - savodsiz, sodda odam ma’nosida talqin qilamiz. Bunday talqin birinchi qarashda «omilik»ni zararsiz qilib ko‘rsatadi, aslida «omi odam» g‘ofil bandadir, bunday avomdan iborat jamiyat hech qachon fuqarolik jamiyati, chinakam fuqarolar jamiyati bo‘la olmaydi. Fuqarolik jamiyati ogoh odamlardan iborat bo‘lmog‘i kerak. Ogoh odam o‘z insonlik burchini teran idrok etadi va unga aslo xiyonat qilmaydi. Ikkinchidan, yurt hokimlari maydalashib, o‘z ijtimoiy mas’uliyatini unutib, «arkni o‘ziga yotoq bilib «, atrofiga ham o‘zi singari qorin qayg‘usidan, aysh-ishratdan boshqani bilmaydiganlarni to‘plab, xalq va millat ehtiyojlariga butkul bepisandlik bilan qarashni odat qila boshlasalar, Alloh oldidagi yurt egasi, degan yuksak mas’uliyatni tamomila unutsalar, ular aslzodalik huquqidan to‘liq mahrum bo‘ladilar. Xuddi shunday holat Yevropada kuchli ijtimoiy po‘rtanalarga, qonli inqiloblarga olib keldi. Barcha hokimiyatning yagona manbai xalq ekanligini Yevropa millatlari asrlar davomida fidoiylik bilan tinimsiz kurashib, isbot qildilar. Ammo islom dunyosida bunday bo‘lmadi. Tanazzul chuqurlashib bora berdi. Siyosiy doiralardagi tanazzul XVII asrga kelib asta-sekin ma’naviyat olamiga ham yoyila boshladi. Ma’naviyat arboblarining aralashuvi siyosatda katta ijobiy o‘zgarishlar paydo qilmadi, qaytaga ma’naviyat olamining o‘z ichida ziddiyatlar chuqurlashuviga sabab bo‘ldi. Boborahim Mashrab faoliyati asl ma’nosi bilan ma’naviyat olamida paydo bo‘layotgan ana shunday illatlarga qarshi tug‘yon bo‘lib chiqdi. Turdi Subhonqulixonga qarshi qo‘lida qurol ko‘tarib isyon qilgan bo‘lsa, Mashrabning ma’naviyatdagi isyoni Mahmud Sultonning doriga o‘z boshini tutib berishda namoyon bo‘ldi. Chunki ma’naviyat olami qilichbozlikni taqozo etmaydi, o‘zgalar ruhidagi illatni qilich bilan, isyon bilan poklab bo‘lmaydi. Mashrab o‘zini qurbon etib, o‘zgalarga ibrat ko‘rsatdi. «Qissayi shoh Mashrab»ning xalq orasida mashhurligi bejiz emas. Xalq o‘zining asl qahramonlarini, fidoiy farzandlarini yaxshi taniydi va qadrini joyiga qo‘yadi. “Abu Muslim jangnomasi”, «Shoh Mashrab» qissalari, Bedil g‘azallarining shuhrati xalqning o‘z ma’naviyati teranligini saqlab qolishga intilishidan darakdir. Umarxon saroyi ilmu san’at o‘chog‘i edi. Shu bilan birga Maxmurning «Hapalak» va Gulxaniyning Yapaloqqush va Boyo‘g‘li haqidagi «Zarbulmasal»lari shu davrda yaratildi. Uvaysiyning «Anor» chistoni ham shu davr mahsuli. Biz XIX asr birinchi yarmi ma’naviyatidagi ziddiyatlarni to‘g‘ri anglab yetmog‘imiz kerak. Ma’dalixonning shoirligi va shaxsiy hayotidagi murakkab jihatlar, ulamolar bilan ziddiyatlari barchasi voqelikning murakkabligiga ishora Xulosa Barchamizga ma'lumki, millat va xalqning ruhi, dunyoqarashi va turmush tarzini ifoda etadigan milliy ma'naviyatga munosabat, uni zamon talablari asosida rivojlantirish, odamlarning dunyoqarashi va tafakkurini o’zgartirish masalasi har tomonlama chuqur va puxta o’ylab ish yuritishni talab qiladi. O’sha paytda ba'zi odamlar, mana, biz mustaqillikka erishdik, endi faqat ota- bobolarimizdan qolgan qadriyatlar asosida yashashimiz kerak, boshqacha qarashlarning bizga hojati yo’q, degan asossiz fikrlarni ham bildirgan edi. Tabiiyki, bunday fikrlarga aslo qo’shilib bo’lmas edi. Bugun biz insonni birinchi o‟ringa qo’yib, uning yaratuvchilik fazilati, ijtimoiy faolligi, ma’naviy qudratiga urg‟u bermoqdamiz. Chunki O’zbekistonning buyuk kelajagini shakllantiruvchi bosh omillar – shular. Ammo yuqoridagi kabi ta‟riflarda inson moddiy borliqning bir unsuri sifatidagina e’tirof etilib, boshqa maxluqotlardan farqli mustaqil mohiyati soyada qolib ketmoqda. Insonning mohiyati aslida murakkab bo‟lib, ayni moddiyat va manaviyatning tutashuvi bilan izohlanadi. Ularning qaybiri ikkinchisi orqali ta’riflana boshlasa, inson mohiyati haqida biryoqlama tasavvur hosil bo’la beradi. Ma’naviy yuksalishga erishish-bu bir yillik yoki besh o’n yillik ish emas. Xalq, millat o’z milliy ma’naviyatini yillar, asrlar davomida yuksaltirib boyitib boradi.chunki ma‟naviyat qotib qolgan aqidalar yig’indisi emas, aksincha, doimiy xarakatdagi uzluksiz jarayon bo’lib, taraqqiyot davom etarekan, uning shiddatli yurishi tufayli ma’naviy hayot oldiga qo’yiladigan talablar ham muttasil paydo bo’laveradi. Xulosa o’rnida men shu masalaga to‟xtalmoqchimanki ma’naviyat inson hayotini ko‟zgusi, u inson qalbidagi nurdir. Ma’naviyatsiz hech bir shaxs komillika erisholmaydi. Shu o’rinda milliy ma’naviaytimizni bilmagan milliy qadriyatlarimiz urf-odat ananalarimizdan behabar bo’lishlik menimcha kechirib bo’lmas Xatodir. Download 102.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling