Milliy manfaatlar ustuvorligining o`sib borishi fayllar org
ekstremizm va radikalizmga qarshi kurash borasida ilgari surilgan “Jaholatga qarshi
Download 68.79 Kb. Pdf ko'rish
|
fayllar.org-Milliy manfaatlar ustuvorligining osib borishi
ekstremizm va radikalizmga qarshi kurash borasida ilgari surilgan “Jaholatga qarshi
ma ʼ rifat” tamoyilining amaliy ifodasi va bu boradagi O ʻ zbekistonning sa ʼ y- harakatlarini dunyo miqyosida keng qo ʻ llab-quvvatlanishi demakdir. Ko ʻrsatib oʻtilgan rezolyutsiyalar nafaqat Oʻzbekiston yoki Markaziy Osiyo mamlakatlari, balki ko ʻp sonli BMTga aʼzo hamkor davlatlar ishtirokida ishlab chiqildi va qabul qilindi. Jumladan, ularning qabul qilinishida dunyoning 50 dan ortiq mamlakati hammuallif sifatida ishtirok etgan. 5/6 Shuningdek, Afg ʻoniston muammosini hal etish boʻyicha, xabaringiz bor, 2018-yilning 27- martida O ʻzbekiston tashabbusi bilan xalqaro konferensiya tashkil etilib, “Toshkent deklaratsiyasi” qabul qilindi. O ʻzbekiston Afgʻonistonda tinchlikka erishish va mazkur mamlakat iqtisodiyotini tiklash bo ʻyicha xalqaro va mintaqaviy saʼy-harakatlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Shu o ʻrinda taʼkidlash lozimki, BMT Bosh kotibi A.Guterrish Oʻzbekiston Prezidentining Bosh Assambleyaning 72-sessiyasidagi nutqi nihoyatda mazmundor bo ʻlganini alohida taʼkidladi. Shuningdek, u davlatimiz rahbarining BMT yuksak minbaridan turib bildirgan tashabbuslari muhim ahamiyatga ega ekanini aytib, ularni xalqaro maydonda ilgari surishga ko ʻmaklashishga tayyorligini qayd etdi. — O ʻ tgan yilning sentyabr oyida bo ʻ lib o ʻ tgan BMT Bosh Assambleyasining 75- sessiyasida davlatimiz rahbari tomonidan ko ʻ plab muhim tashabbuslar ilgari surildi. Ushbu tashabbuslarni xalqaro jamoatchilik qanday e ʼ tirof etmoqda? — Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020-yilning 23-sentyabrida BMT Bosh Assambleyasi 75-yubiley sessiyasining umumiy munozaralarida ishtirok etib, ushbu nufuzli tashkilot minbaridan davlat tilida nutq so ʻzladi. Sessiyada Yurtboshimiz tomonidan xavfsizlik, barqaror rivojlanish va inson huquqlarini taʼminlashga oid 12 ta xalqaro tashabbus va takliflar ilgari surildi. Ushbu tashabbuslarning qamrovi va miqyosi juda keng, ular nafaqat milliy yoki mintaqaviy, balki butun jahon hamjamiyati manfaatlarini o ʻzida aks ettiradi. Alohida qayd etib o ʻtish lozim, davlatimiz rahbarining barcha tashabbus va takliflari jahon hamjamiyati tomonidan iliq qabul qilindi va qo ʻllab-quvvatlandi. Misol uchun, pandemiya davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to ʻgʻrisidagi BMT xalqaro kodeksi loyihasini ishlab chiqish bo ʻyicha tashabbus ilk bor Prezidentimiz tomonidan 2020-yilning 8-iyulida Jeneva shahrida dunyoning 80 dan ortiq mamlakati davlat va hukumat rahbarlari ishtirokida Xalqaro mehnat tashkilotining mehnat sohasida COVID-19ga qarshi kurashish masalalari bo ʻyicha global virtual sammiti ishtirokchilariga yo ʻllagan murojaatnomasida ilgari surilgan edi. Eʼtiborlisi, mazkur tashabbusni Butunjahon sog ʻliqni saqlash tashkiloti va Xalqaro mehnat tashkiloti qoʻllab-quvvatladi hamda uni amalga joriy etish bo ʻyicha faol saʼy-harakatlar olib borilmoqda. O ʻzbekiston pandemiyaga qarshi samarali kurashish, jumladan, zarur dori-darmon hamda vaksinalar ishlab chiqish va ulardan keng foydalanishga qaratilgan xalqaro tashabbuslarni qo ʻllab-quvvatlash borasida izchil harakatlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, Jahon sog ʻliqni saqlash tashkiloti va unga aʼzo mamlakatlarning qator kompaniyalari bilan aholini COVID-19 ga qarshi emlash bo ʻyicha amaliy muzokaralar olib borilmoqda. O ʻzbekiston BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi boʻyicha tashkiloti (FAO)ning 2020-yil 2-4-noyabr kunlari bo ʻlib oʻtgan Yevropa uchun Mintaqaviy anjumani 32-sessiyasi davomida BMT Bosh kotibining 2021-yilda Oziq-ovqat tizimlari bo ʻyicha global sammitni tashkil etish to ʻgʻrisidagi taklifini qoʻllab-quvvatladi. Hozirgi vaqtda BMT tomonidan ushbu muhim tadbirni o ʻtkazish sanasi va tashkiliy masalalari boʻyicha aʼzo davlatlar bilan maslahatlashuvlar olib borilmoqda. Prezidentimiz tomonidan taklif etilgan 2021-yilda BMT Global antiterror strategiyasi mintaqaviy Qo ʻshma rejasining 10 yillik natijalari va kelgusi istiqbollariga bagʻishlangan xalqaro anjumanni O ʻzbekistonda oʻtkazish tashabbusi BMT tomonidan qoʻllab- quvvatlandi. Mazkur anjumanni joriy yilning noyabr oyida Toshkent shahrida o ʻtkazish 6/6 bo ʻyicha BMTning Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi va Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya mintaqaviy markazi bilan o ʻzaro kelishuvga erishildi. 2021-yil Xiva shahrida YUNESKO bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyalari chorrahasida” xalqaro madaniyat forumini tashkil qilish tashabbusi mazkur tashkilot Bosh direktori Odri Azule tomonidan qizg ʻin qoʻllab-quvvatlandi. Hozirda mazkur tadbirni o ʻtkazishning aniq sanalari va tartibi, ishtirokchilar roʻyxatini shakllantirish jarayoni YUNESKO bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. BMT Bosh Assambleyasining Orolbo ʻyi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi, deb eʼlon qilish to ʻgʻrisidagi maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish boʻyicha hozirgi vaqtda BMTga aʼzo davlatlar, jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan faol muzokaralar olib borilmoqda. Mazkur hujjatni 2021-yil davomida qabul qilish mo ʻljallanmoqda. Taʼkidlab o ʻtish joizki, Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasida ilgari surgan tashabbuslarini o ʻz vaqtida amalga oshirish boʻyicha idoralararo “Yoʻl xaritasi” tuzilib, uning barcha bandlari hozirgi vaqtda tegishli tashkilot va idoralar tomonidan o ʻz vaqtida bajarilmoqda. — 2020-yil O ʻ Download 68.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling