Milliy manfaatlar ustuvorligining o`sib borishi


Download 30.45 Kb.
bet1/3
Sana04.04.2023
Hajmi30.45 Kb.
#1326237
  1   2   3
Bog'liq
Karimboy Milliy manfaatlar ustuvorligining o


Milliy manfaatlar ustuvorligining o`sib borishi.
Reja:
1. O‘zbekiston xalqining madaniyati va san'ati yutuqlari
2. ­Oʻzbekiston va BMT oʻrtasidagi ­munosabatlar
3.Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda markaziy geografik oʻrni

Tashqi siyosat sohasida biz O‘zbekistonning tinchliksevar ­siyosati va harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmasligini qo‘llab-quvvatlab, O‘zbekiston Respublikasi faol tashqi siyosatining asosiy maqsad va vazifalarini bugungi murakkab sharoitda, mintaqada xavfsizlikka va ­barqarorlikka tahdidlar saqlanib qolayotgan bir vaziyatda amalga oshirmoqda, deb hisoblaymiz.
O‘zbekiston xalqining madaniyati va san'ati yutuqlarini keng ­miqyosda targ‘ib etib, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy ­imijini har tomonlama mustahkamlab borishimiz zarur.
Insoniyat tamaddunining qadimgi transchegaraviy yo‘nalishi bo‘lgan Sharq va G‘arbni birlashtiruvchi, iqtisodiy, siyosiy va madaniy-insonparvarlik sohalardagi hamkorlik aloqalarini institutsional mustahkamlash va kengaytirishda muhim o‘rin tutadigan Buyuk Ipak yo‘lini qayta tiklash, kuchli “Buyuk Ipak yo‘li” brendini ilgari suramiz.
Bizning asosiy g‘oyamiz — ­Vatanimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikni yanada mustahkamlash orqali iqtisodiyotning barqaror o‘sish sur'atlari, xalqimiz farovonligi va mamlakatimizning bundan buyon ham gullab-yashnashiga bor kuch-qudratimizni ­bag‘ishlash orqali jonajon O‘zbekistonimizning milliy manfaatlari yo‘lida fidokorona xizmat qilishdir.

Biz uchun yagona va ustuvor maqsad, bu — O‘zbekiston manfaati va yana bir bor O‘zbe­kiston manfaatidir.Birlashgan Millatlar Tashkiloti dunyodagi yagona, universal xal­­qaro tuzilma hisoblanadi. Oʻzbekiston 1992-yilning 2-martida tashkilotning teng huquqli aʼzosiga aylandi. Aytish joizki, keyingi yillarda mamlakatimizning BMT bilan munosabatlari butunlay yangi bosqichga koʻtarildi.
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilayotgan ochiq va manfaatli tashqi siyosat muhim ahamiyat kasb etyapti. Pirovardida respublikamiz xalqaro hamjamiyat orasida bir qancha dolzarb va global masalalarda pragmatik qarashlarni ilgari surib, ularni roʻyobga chiqarishda oʻziga xos model yaratdi.
Soʻnggi yillarda davlatimizning Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorligi yana-da mustahkamlanib, kundan-kunga faollashib bormoqda. Aytingchi, oʻzaro munosabatlarimizning qaysi jihatlarini alohida qayd etgan boʻlardingiz?
— Darhaqiqat, bugungi kunda ­Oʻzbekiston va BMT oʻrtasidagi ­munosabatlar yangi maʼno-mazmun kasb etib, rivojlanib bormoqda. ­Mamlakatimiz 1992-yil 2-martda tuzilmaga aʼzo boʻlgan boʻlsa, 1993-yilda Toshkentda BMTning vakolatxonasi oʻz faoliyatini boshladi. Shundan buyon respublikamiz BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari bilan samarali hamda oʻzaro manfaatli hamkorlikni amalga oshirib kelmoqda.
Respublikamizning BMT doirasidagi koʻptomonlama hamkorligining ustuvor yoʻnalishlari sifatida xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikka boʻlgan tahdidlar, shuningdek, terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashish, qoʻshni Afgʻonistonda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash hamda uning iqtisodiyotini tiklashga koʻmaklashish, qurolsizlanish va ­ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatmaslik, ekologik, jumladan, Orol dengizining qurishi bilan bogʻliq muammolarni hal etish, barqaror ijtimoiy-iqtisodiy, jumladan, turizmning rivojlanishini taʼminlash, inson huquqlarini himoya qilish hamda uni qoʻllab-quvvatlash kabilarni sanab oʻtish mumkin.
Taʼkidlash lozimki, Oʻzbekiston va BMT oʻrtasidagi qariyb 30 yillik hamkorlik aloqalari tarixida soʻnggi toʻrt yil alohida oʻrin tutadi. Chunki ushbu davrda mazkur tashkilot bilan oʻzaro munosabatlarimiz sifat va miqyos jihatidan mutlaqo yangi pogʻonaga koʻtarilishi taʼminlandi. Chunonchi, har
ikkala tomon oʻrtasidagi oliy va yuqori darajadagi siyosiy muloqot sezilarli jadallashdi.
Oʻzbekiston BMT Bosh Assambleyasi va uning ixtisoslashgan muassasalari ishida birmuncha faol ishtirok eta boshladi.
2017-yilning iyun oyida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish mamlakatimizga rasmiy tashrif buyurib, Prezidentimiz Shavkat ­Mirziyoyev bilan uchrashdi. Shundan soʻng har ikkala tomon oʻrtasidagi siyosiy muloqot muntazam tus olib, Oʻzbekiston rahbari BMT Bosh kotibi bilan 2017-yilning sentyabr oyida Nyu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyada va 2019-yilning aprel oyida Xitoyning Pekin shahrida boʻlib oʻtgan “Bir makon, bir yoʻl” xalqaro forumida ishtiroki doirasida ham uchrashuvlar oʻtkazib, oʻzaro hamkorlikning holati va istiqbollariga oid keng miqyosli masalalarni muhokama qildi.
Oliy darajada oʻtkazilgan uchrashuvlar va oʻzaro hamkorlik aloqalarida oʻzaro ishonch va iliq munosabatlar muhitining tobora kuchayib borishining natijasi oʻlaroq, Oʻzbekiston BMT faoliyatining turli sohalaridagi jarayonlarning old qatnashchilaridan biriga aylandi. Bu esa mamlakatimizning tashkilotga aʼzo boʻlgan mamlakatlar bilan oʻzaro aloqalariga ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Ikki tomonlama munosabatlarni yana-da mustahkamlash maqsadida 2020-yilning iyun oyida BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” qabul qilindi va uning ijrosi izchil taʼminlanmoqda. Mazkur hujjat Oʻzbekiston tashabbuslarini ilgari surish, mamlakatimiz va uning vakillarini BMTning saylov organlarida aʼzoligini taʼminlash, siyosiy-diplomatik tadbirlarni va respublikamizning xalqaro maydondagi imijini oshirishga qaratilgan keng miqyosli xalqaro faoliyatni nazarda tutadi.
Oʻzbekiston BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va “2030-yilgacha davrdagi kun tartibi”da koʻzda tutilgan vazifalarni amalga oshirish borasida izchil saʼy-harakatlarni olib bormoqda. 2020-yil 15-iyulda BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashining yuqori darajadagi siyosiy forumi doirasida BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarining bajarilishi boʻyicha Oʻzbekistonning Birinchi ixtiyoriy milliy maʼruzasi taqdimoti boʻlib oʻtdi. ­Oʻzbekiston delegatsiyasi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar va videomateriallar BMT va aʼzo davlatlar tomonidan yuqori baholandi.
Shu bois, BMT Oʻzbekistonni jamiyatning turli sohalarida islohotlarni ogʻishmay amalga oshirayotgan va Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish borasida Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng faol aʼzo davlat sifatida tan olmoqda. BMT Bosh kotibi A.Guterrish bugungi kunda sayyoramizning turli mintaqalarida millatlararo kelishmovchilik va bir-birini tushunmaslik oqibatida har xil nizolar kelib chiqayotgani, bunday noxush holatlar nainki oʻsha millatlar, balki dunyo xalqlari birdamligi, xavfsizligiga tahdid solayotganini bir necha bor taʼkidlagan. U ana shunday murakkab sharoitda Oʻzbekistonda 130 dan ortiq millat va elat vakillarining ahil-inoq, hamjihat hayot kechirayotgani, bunda mahalla instituti muhim oʻrin tutayotgani tahsinga sazovor ekanini mamnuniyat bilan qayd etgan. Tashkilot Bosh kotibining taʼkidlashicha, Oʻzbekistondagi tinchlik-osoyishtalik, barqarorlik va bagʻrikenglik muhiti BMTning asosiy maqsad va tamoyillariga toʻla mos keladi.
Shuningdek, BMT rahbari Oʻzbekistonda Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan mamlakat taraqqiyoti va xalq farovonligini taʼminlashda alohida ahamiyatga ega oʻzgarishlarni qoʻllab-quvvatlashini bir necha bor tasdiqladi. Bundan tashqari, A.Guterrish davlatimiz rahbari tomonidan mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, shuningdek, Afgʻonistonni qayta tiklashga koʻmaklashish boʻyicha koʻrilayotgan aniq chora-tadbirlarni yuqori baholamoqda.
Sherzod Ikromovich, Oʻzbekiston oʻz ovozi va mavqeiga ega boʻlgan aʼzo sifatida BMT oldiga muhim va dolzarb masalalarni qoʻyib kelmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida soʻzlagan nutqi mamlakatimiz va BMT hamkorligining yangi bosqichini boshlab berdi. Mazkur tarixiy nutqda koʻtarilgan masalalar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida toʻxtalsangiz?
— Oʻzbekiston Prezidentining tashqi siyosiy tashabbuslari mamlakatimizni xalqaro maydonda yana-da kengroq tanitish, uning umumjahon jarayonlaridagi tutgan oʻrnini kuchaytirish borasidagi muhim omil boʻlib hisoblanadi.
Shuni alohida taʼkidlash kerakki, soʻnggi toʻrt yil mobaynida Oʻzbekiston xalqaro hamjamiyat doirasida qator muhim tashabbuslarni ilgari surib, dunyo maydonidagi siyosiy jarayonlarning faol ishtirokchisi ekanini yaqqol isbotladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil sentyabr oyida Nyu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ishtiroki mamlakatimizning global miqyosda dolzarb tashabbuslarni ilgari surish borasidagi faoliyatida yangi bosqichni boshlab bergani, shubhasiz.
BMT Bosh Assambleyasining mazkur sessiyasida davlatimiz rahbari tomonidan qator xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga ega boʻlgan muhim tashabbuslar ilgari surildi. Bular — Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlarini oʻtkazish va shu orqali mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, Orol dengizi qurishi bilan bogʻliq muammolarni hal etish, Afgʻoniston muammosi boʻyicha Toshkent anjumanini oʻtkazish orqali tomonlar oʻrtasidagi muloqotga koʻmaklashish va Afgʻonistondagi tinchlik jarayonini qoʻllab-quvvatlash, maʼrifat va diniy bagʻrikenglik haqidagi BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasini hamda Yoshlar huquqlari haqidagi xalqaro konvensiyani ishlab chiqish va qabul qilish kabilardir.
Dunyo miqyosida ilgari surilgan juda koʻp sonli tashabbuslardan farqli ravishda, Oʻzbekiston Prezidentining tashabbuslari oʻzining amaliyligi va jamiyatning turli jabhalarida oʻz tatbiqini topayotgani bilan alohida ajralib turadi. Jumladan, Prezidentimiz tashabbusi bilan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlarining birinchisi 2018-yilda Nur-Sultonda, ikkinchisi 2019-yil noyabrda Toshkentda boʻlib oʻtgani va uchinchi uchrashuvni Bishkekda oʻtkazish rejalashtirilgani fikrimizning yaqqol isbotidir.
Bundan tashqari, soʻnggi yillarda Oʻzbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasida qator xalqaro va mintaqaviy xarakterga ega boʻlgan maxsus rezolyutsiyalar qabul qilindi va bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda markaziy geografik oʻrinni egallaydi va mintaqadagi har bir jarayonning muvaffaqiyatli rivojida mamlakatimizning ishtiroki beqiyosdir. Ana shunga mos ravishda, Prezidentimiz tashabbusining amaliy ifodasi sifatida BMT Bosh Assambleyasining “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni taʼminlash boʻyicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash” boʻyicha rezolyutsiya 2018-yil 22-iyunda qabul qilindi.
Mazkur rezolyutsiyaning qabul qilinishi davlatimiz rahbari tomonidan Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, oʻzaro doʻstona qoʻshnichilik aloqalarini mustahkamlash boʻyicha olib borilayotgan oqilona va izchil tashqi siyosatning jahon hamjamiyati tomonidan keng qoʻllab-quvvatlanayotganidan dalolat beradi.
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan yana bir tashabbus asosida “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik haqida”gi rezolyutsiyani BMT Bosh Assambleyasi 2018-yil 12-dekabrda tasdiqladi. Ushbu rezolyutsiyaning qabul qilinishi Prezidentimiz tomonidan diniy ekstremizm va radikalizmga qarshi kurash borasida ilgari surilgan “Jaholatga qarshi maʼrifat” tamoyilining amaliy ifodasi va bu boradagi Oʻzbekistonning saʼy-harakatlarini dunyo miqyosida keng qoʻllab-quvvatlanishi demakdir.
Koʻrsatib oʻtilgan rezolyutsiyalar nafaqat Oʻzbekiston yoki Markaziy Osiyo mamlakatlari, balki koʻp sonli BMTga aʼzo hamkor davlatlar ishtirokida ishlab chiqildi va qabul qilindi. Jumladan, ularning qabul qilinishida dunyoning 50 dan ortiq mamlakati hammuallif sifatida ishtirok etgan.
Shuningdek, Afgʻoniston muammosini hal etish boʻyicha, xabaringiz bor, 2018-yilning 27-martida Oʻzbekiston tashabbusi bilan xalqaro konferensiya tashkil etilib, “Toshkent deklaratsiyasi” qabul qilindi. Oʻzbekiston Afgʻonistonda tinchlikka erishish va mazkur mamlakat iqtisodiyotini tiklash boʻyicha xalqaro va mintaqaviy saʼy-harakatlarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Shu oʻrinda taʼkidlash lozimki, BMT Bosh kotibi A.Guterrish Oʻzbekiston Prezidentining Bosh Assambleyaning 72-sessiyasidagi nutqi nihoyatda mazmundor boʻlganini alohida taʼkidladi. Shuningdek, u davlatimiz rahbarining BMT yuksak minbaridan turib bildirgan tashabbuslari muhim ahamiyatga ega ekanini aytib, ularni xalqaro maydonda ilgari surishga koʻmaklashishga tayyorligini qayd etdi.
Oʻtgan yilning sentyabr oyida boʻlib oʻtgan BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida davlatimiz rahbari tomonidan koʻplab muhim tashabbuslar ilgari surildi. Ushbu tashabbuslarni xalqaro jamoatchilik qanday eʼtirof etmoqda?
— Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020-yilning 23-sentyabrida BMT Bosh Assambleyasi 75-yubiley sessiyasining umumiy munozaralarida ishtirok etib, ushbu nufuzli tashkilot minbaridan davlat tilida nutq soʻzladi. Sessiyada Yurtboshimiz tomonidan xavfsizlik, barqaror rivojlanish va inson huquqlarini taʼminlashga oid 12 ta xalqaro tashabbus va takliflar ilgari surildi. Ushbu tashabbuslarning qamrovi va miqyosi juda keng, ular nafaqat milliy yoki mintaqaviy, balki butun jahon hamjamiyati manfaatlarini oʻzida aks ettiradi.
Alohida qayd etib oʻtish lozim, davlatimiz rahbarining barcha tashabbus va takliflari jahon hamjamiyati tomonidan iliq qabul qilindi va qoʻllab-quvvatlandi.
Misol uchun, pandemiya davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari toʻgʻrisidagi BMT xalqaro kodeksi loyihasini ishlab chiqish boʻyicha tashabbus ilk bor Prezidentimiz tomonidan 2020-yilning 8-iyulida Jeneva shahrida dunyoning 80 dan ortiq mamlakati davlat va hukumat rahbarlari ishtirokida Xalqaro mehnat tashkilotining mehnat sohasida COVID-19ga qarshi kurashish masalalari boʻyicha global virtual sammiti ishtirokchilariga yoʻllagan murojaatnomasida ilgari surilgan edi. ­Eʼtiborlisi, mazkur tashabbusni Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va Xalqaro mehnat tashkiloti qoʻllab-quvvatladi hamda uni amalga joriy etish boʻyicha faol saʼy-harakatlar olib borilmoqda.
Oʻzbekiston pandemiyaga qarshi samarali kurashish, jumladan, zarur dori-darmon hamda vaksinalar ishlab chiqish va ulardan keng foydalanishga qaratilgan xalqaro tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash borasida izchil harakatlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va unga aʼzo mamlakatlarning qator kompaniyalari bilan aholini COVID-19 ga qarshi emlash boʻyicha amaliy muzokaralar olib borilmoqda.
Oʻzbekiston BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi boʻyicha tashkiloti (FAO)ning 2020-yil 2-4-noyabr kunlari boʻlib oʻtgan Yevropa uchun Mintaqaviy anjumani 32-sessiyasi davomida BMT Bosh kotibining 2021-yilda Oziq-ovqat tizimlari boʻyicha global sammitni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifini qoʻllab-quvvatladi. Hozirgi vaqtda BMT tomonidan ushbu muhim tadbirni oʻtkazish sanasi va tashkiliy masalalari boʻyicha aʼzo davlatlar bilan maslahatlashuvlar olib borilmoqda.
Prezidentimiz tomonidan taklif etilgan 2021-yilda BMT Global antiterror strategiyasi mintaqaviy Qoʻshma rejasining 10 yillik natijalari va kelgusi istiqbollariga bagʻishlangan xalqaro anjumanni Oʻzbekistonda oʻtkazish tashabbusi BMT tomonidan qoʻllab-quvvatlandi. Mazkur anjumanni joriy yilning noyabr oyida Toshkent shahrida oʻtkazish boʻyicha BMTning Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi va Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya mintaqaviy markazi bilan oʻzaro kelishuvga erishildi.
2021-yil Xiva shahrida YUNESKO bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyalari chorrahasida” xalqaro madaniyat forumini tashkil qilish tashabbusi mazkur tashkilot Bosh direktori Odri Azule tomonidan qizgʻin qoʻllab-quvvatlandi. Hozirda mazkur tadbirni oʻtkazishning aniq sanalari va tartibi, ishtirokchilar roʻyxatini shakllantirish jarayoni YUNESKO bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
BMT Bosh Assambleyasining Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi, deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish boʻyicha hozirgi vaqtda BMTga aʼzo davlatlar, jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan faol muzokaralar olib borilmoqda. Mazkur hujjatni 2021-yil davomida qabul qilish moʻljallanmoqda.
Taʼkidlab oʻtish joizki, Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasida ilgari surgan tashabbuslarini oʻz vaqtida amalga oshirish boʻyicha idoralararo “Yoʻl xaritasi” tuzilib, uning barcha bandlari hozirgi vaqtda tegishli tashkilot va idoralar tomonidan oʻz vaqtida bajarilmoqda.
2020-yil Oʻzbekiston oʻz tarixida ilk bor BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashi aʼzosi etib saylandi. Bu, shubhasiz, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayoti, tashqi siyosati va inson huquqlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ulkan saʼy-harakatlarning tan olinishi va eʼtirof etilishi boʻldi. Mazkur siyosiy tuzilmaga aʼzo boʻlishning ahamiyati nimalarda koʻrinadi?
— Barchamizga maʼlumki, joriy yilning 22-fevral kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev BMT Inson huquqlari boʻyicha Kengashining 46-sessiyasining yuqori darajadagi segmenti ishida ishtirok etdi. Davlatimiz rahbarining tarixiy nutqi — yangi Oʻzbekistonning ham ichki, ham tashqi siyosatidagi muhim tarixiy voqea ekanligi, shubhasiz. Zero, toʻrt yil ichida bir vaqtlari Inson huquqlari kengashi eng koʻp tanqid qiladigan davlatdan ushbu tuzilmaning toʻlaqonli aʼzosi boʻlish va shu bilan birga, boshqa mamlakatlarning inson huquqlari borasidagi siyosatiga baho bera oladigan mavqega ega boʻlish — bu juda katta siyosiy irodadan dalolat beradi.

Download 30.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling