Milliy markazi


Kollegial forumlar. Kasbiy bilim va mahoratini oshirish, pedagogik mahoratni takomillashtirishda kollegial forumlardan foydalanish


Download 1.01 Mb.
bet21/48
Sana28.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1236889
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   48
Bog'liq
3-modul majmua 2023

5. Kollegial forumlar. Kasbiy bilim va mahoratini oshirish, pedagogik mahoratni takomillashtirishda kollegial forumlardan foydalanish
Kollegiallik — boshqarish prinsipi, bunda rahbarlik vakolatli shaxslar guruhi (kollegiya) tomonidan amalga oshiriladi, mazkur shaxslarning har biri muayyan faoliyat sohasi uchun shaxsiy javobgar boʻladi. K.ning hal qiluvchi va maslahat beruvchi shaqllari boʻladi. K.ning hal qiluvchi shakli ayrim davlat va jamoat tashkilotlarining rahbarlik faoliyatiga xosdir. K.ning maslahat beruvchi shakli, asosan, yakkaboshchilik asosida ish olib boradigan xoʻjalik boshqarish organlarida uchraydi. Ularda kollegiyalarning qarorlari rahbar (yakkaboshchi) rozi boʻlgandagina kuchga kiradi. Bunda rahbar, odatda, kollegiya raisi hisoblanadi. K., shaklidan qatʼi nazar, shaxsiy javobgarlik uning samarali ishlashining hal qiluvchi shartidir.
Hozirgi davrda sodir bo‘layotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o‘zlashtiradigan va o‘zlashtirgan bilimlarini o‘zlari tomonidan baholashga qodir bo‘lgan, zarur qarorlar qabul qiladigan, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak.
Shuning uchun ham ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o‘qitish uslublari, ya’ni interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.
Pedagogik texnologiya va ularning ta’limda qo‘llanishga oid bilimlar, tajriba o‘quvchilarni bilimli va yetuk malakaga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi. Har bir darsni yaxlit holatda ko‘ra bilish va uni tasavvur etish uchun o‘qituvchi bo‘lajak dars jarayonini loyihalashtirib olishi kerak. Buning uchun u darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun o‘qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, o‘quvchilarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi. Hozirgi zamon ta’lim tizimidagi amaliy tajriba shuni ko‘rsatadiki, oldindan puxta loyihalashtirilgan dars, albatta, o‘qituvchi va o‘quvchiga darsni qiziqarli bo‘lishi, shuningdek, ijobiy natijaga erishishlariga imkoniyat yaratadi hamda darsning samaradorligini oshiradi.





Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling