3-mavzu: Moliyaviy qarorlar Reja: Uy xo‘jaliklari qabul qiladigan moliyaviy qarorlar Firmalar qabul qiladigan moliyaviy qarorlar Uy xo‘jaliklari qabul qiladigan moliyaviy qarorlar
Download 44.57 Kb.
|
3 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Pul mablag‘larini iste’mol qilish va jamg‘arish to‘g‘risidagi qarorlar.
- 2.Investitsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan (investitsion) qarorlar.
- 4.Riskni boshqarish (riskiy boshqaruv) bilan bog‘liq qarorlar.
3-mavzu: Moliyaviy qarorlar Reja: 1. Uy xo‘jaliklari qabul qiladigan moliyaviy qarorlar 2. Firmalar qabul qiladigan moliyaviy qarorlar 1. Uy xo‘jaliklari qabul qiladigan moliyaviy qarorlar Odatda, tarkibi va hajmi (o‘lchami) turlicha bo‘lgan oilalar uy xo‘jaliklari deb ataladi. Bunda qutbning bir tomonida (bir tarafida) bir necha avlod vakillaridan tashkil topgan, bir uyda yashaydigan va ma’lum iqtisodiy resurslarga birgalikda egalik qiladigan katta oilalar tursa, qutbning ikkinchi tomonida (qarama-qarshi tarafida) bir o‘zi yashaydigan va an’anaviy oila tushunchasiga mos kelmaydigan yakka inson turadi. Ammo “Zamonaviy moliya”da bunday oila ham uy xo‘jaligi hisoblanadi. Shunday qilib, uy xo‘jaliklari tomonidan qabul qilinadigan moliyaviyqarorlarni chizmada quyidagicha aks ettirish mumkin: Amaliyotda uy xo‘jaliklari tomonidan, odatda, to‘rt xil moliyaviy qarorlar qabul qilinishiga to‘g‘ri keladi. Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 1.Pul mablag‘larini iste’mol qilish va jamg‘arish to‘g‘risidagi qarorlar. Oila boyligining qaysi qismini iste’molchilik ehtiyojlariga sarflash mumkin? Joriy daromadning qaysi qismini kelajakda sarflash uchun saqlab qo‘yish va jamg‘arib borish kerak? 2.Investitsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan (investitsion) qarorlar. Mavjud jamg‘armalarni qaysi (qanday) aktivlarga yo‘naltirish (joylash-tirish) kerak? 3.Moliyalashtirish to‘g‘risidagi qarorlar. Uy xo‘jaligi o‘z iste’-molchilik va investitsion rejalarini amalga oshirish uchun qachon va qay tarzda qarz olingan mablag‘dan foydalanishi kerak? 4.Riskni boshqarish (riskiy boshqaruv) bilan bog‘liq qarorlar. Uy xo‘jaliklari qanday qilib va qanday shartlarda moliyaviy vaziyat mavhumligi (noaniqligi) darajasini kamaytirishlari kerak va yo‘l qo‘yiladigan risk darajasini qachon oshirishlari zarur? Uy xo‘jaliklari o‘z daromadlarining ma’lum qismini kelajakda sarflash uchun jamg‘arib qo‘yishlari natijasida ular umumiy boylik jamg‘armasini (pool of wealth) to‘plab qo‘yadilar. Va ular turli shakllarda saqlanishi mumkin. Kimdir pullarni bankdagi hisob raqamlarida saqlashni afzal ko‘rsa, kimdir ko‘chmas mulkka yoki biror biznesga tikadi (yo‘naltiradi, joylashtiradi). Bu mablag‘larning umumiy nomi bor. Ular aktivlar (assets) nomini olgan. Iqtisodiy qiymatga ega bo‘lgan barcha narsalar aktivlar deyiladi. Uy xo‘jaliklarining o‘zlari to‘plagan mablag‘larni sarflash borasida qaror qabul qilish jarayoni xususiy investitsiyalash (asset allocation) yoki pul mablag‘larini turli aktivlar turlari o‘rtasida taqsimlash deb ataladi. Xususiy uy sotib olish bilan bir qatorda odamlar ko‘pincha o‘z mablag‘larini moliyaviy aktivlarga, masalan aksiya yoki obligatsiyalarga tikadi (joylashtiradi, qo‘yadi)lar. Agar odam pul qarz olsa, u o‘zida yuzaga kelgan qarz majburiyati (liability) bilan bog‘liq ma’lum javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. Boshqacha 42 qilib aytganda, unda qarz paydo bo‘ladi. Uy xo‘jaligi boyligi yoki mulkining toza (sof) bahosi (qiymati) (net worth) uning mulki bahosidan uning qarz majburiyatlari summasini ayirish orqali aniqlanadi. Masalan, faraz qilaylik, Siz 100 mln.so‘m turadigan uy egasisiz va bankdagi hisob raqamingizda 20 mln.so‘mingiz bor. Bundan tashqari, Siz bankka 80 mln. so‘m qarzsiz. Bu summani Siz uy sotib olayotganda bankdan ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish evaziga olgansiz (majburiyat), va 5 mln. so‘m miqdorida kredit kartochkasi bo‘yicha to‘lanmagan xarajatlaringiz bor. Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, uy xo‘jaligingizdagi mulkning haqiqiy bahosi 35 mln. so‘mni tashkil etadi: jami aktivlardan (120 mln. so‘m) qarz majburiyatlari summasi (85 mln. so‘m) ayirib tashlanadi. Oxir hisobda (pirovardida) jamiyatning har qanday resurlari uy xo‘jaliklariga tegishli. Chunki aynan ular firma egalaridir (yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri, yoki aksiyalarga, hayotni sug‘urtalash bo‘yicha polislarga egalikqilish yoki pensiya rejalarida ishtirok etish orqali) va soliq to‘laydilar. Bu soliqlar esa, davlat tomonidan sarflanadi. Odamlarning ehtiyoji moliya nazariyasida mavjud narsa sifatida talqin etiladi. Bu ehtiyojlar vaqt o‘tib o‘zgarishi mumkin. Lekin buning qanday qilib va nima uchun yuz berishi mazkur nazariya chegaralaridan tashqariga chiqadi. Unga ko‘ra, odamlarning hatti-harakatini o‘z ehtiyoj-larini qondirishga intilishlari bilan tushuntirish mumkin bo‘lsa, firmalar, davlat korxonalari va tashkilotlari faoliyatini shu faoliyat odamlarning farovonligiga qanday qilib ta’sir qilishi nuqtai nazaridan baholanadi. Download 44.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling