3-mavzu: Moliyaviy qarorlar Reja: Uy xo‘jaliklari qabul qiladigan moliyaviy qarorlar Firmalar qabul qiladigan moliyaviy qarorlar Uy xo‘jaliklari qabul qiladigan moliyaviy qarorlar


Hozirgi bosqichdagi moliya siyosati va uning o’ziga xos xususiyatlari


Download 44.57 Kb.
bet4/4
Sana08.11.2023
Hajmi44.57 Kb.
#1755980
1   2   3   4
Bog'liq
3 (2)

3. Hozirgi bosqichdagi moliya siyosati va uning o’ziga xos xususiyatlari
Yaqin o’tmishda mamlakatimiz iqtisodiy va sotsial taraqqiyotiga, ma’lum
ma’noda, to’sqinlik qilib qolgan moliyaviy siyosat yurgizildi. Buning ustiga shu
davrlar mobaynida mamlakat taraqqiyotini ta’minlashda faol moliyaviy siyosatning
roliga etarlicha baho berilmadi. Jamiyat hayotining barcha jabhalarida va eng
avvalo, iqtisodiy sohada moliyaviy munosabatlarning roli buzib ko’rsatildi. Moliya
va moliyaviy dastaklarning faol roli inkor etilib, moliyaviy siyosat talab etilgan
muammolarni hal qilishga qaratilgan zarur usullarni ishlab chiqishga ojizlik qilib
qoldi. Rivojlanishning uzoq davriga mo’ljallangan va ilmiy jihatdan asoslangan
kontseptsiyalarning ishlab chiqilmaganligi, kam samara beradigan, qisqa muddatli
foyda olishni ko’zlab amalga oshirilgan chora-tadbirlar iqtisodiyotni qiyin ahvolga
olib keldi.
O’zbekiston mustaqillikka erishib, iqtisodiy rivojlanishda bozor
munosabatlariga yuz tutar ekan, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo’lganikabi,
moliya va moliyaviy munosabatlarida ham chuqur islohotlarni amalga
59
oshirishga to’g’ri keldi. Belgilangan strategik vazifalar davlatning taktik choratadbirlari asosida bajarila boshlandi.
Tovarlar va xizmatlarning mamlakatlararo harakatini tartibga solib turuvchi,
milliy iqtisodiyotni mustahkamlash va himoya qilishga qaratilgan boj siyosati ishlab
chiqilib, hayotga tadbiq etildi. Bu siyosat hozirgi kunda mamlakat ichki bozoriga
past sifatli, inson salomatligiga putur etkazuvchi tovarlarni kirib kelishini oldini
olish va ilg’or texnologiyalar, fan-texnika yutuqlari natijalarining mamlakat
iqtisodiyotiga kirib kelishini rag’batlantirish yo’lidan og’ishmay amalga
oshirilmoqda.
O’zbekistonda moliyaviy siyosatning hozirgi kundagi asosiy vazifalari
quyidagilardan iborat:
davlat byudjetidagi defitsitni yo’l qo’yilgan eng kam daraja doirasida
(YaIMning 3-4%i atrofida) cheklashga yo’naltirilgan qattiq moliyaviy siyosatni
amalga oshirish;
davlat xarajatlarining birinchi navbatda iqtisodiyotdagi zarur tarkibiy
o’zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishning o’sishini ko’zlab yo’naltirishni
ta’minlash;
ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish talablaridan kelib
chiqqan holda, aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, aholining konstitutsiya
bilan kafolatlangan huquqlarini himoya qilishni ta’minlovchi moliyaviy bazani
yaratish, erkin mehnat va ishbilarmonlik asosida aholi turmush darajasini ko’tarish
uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
ijtimoiy himoyaning adresli bo’lishiga, moliyaviy mablag’larning ijtimoiy
yordamga haqiqatda muhtoj aholi qatlamlariga etib borishini ta’minlash;
Davlat byudjeti va korxonalar moliyaviy ahvolining barqarorligini ta’minlash;
byudjet intizomiga qat’iy rioya qilish;
soliq siyosatini takomillashtirish, soliqlarning iqtisodiyotgarag’batlantiruvchi
ta’sirini kuchaytirish maqsadida:
-soliq tizimining ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy, tabiiy, moliyaviy
va mehnat resurslaridan, to’plangan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag’batlantiruvchi ta’sirini oshirish;
-korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirish, qo’shilgan qiymat va foyda
solig’idan olinadigan soliq stavkalarini kamaytirish va shu asosda ishlab chiqarishni
jonlantirishga turtki berish;
-soliq tushumlari tarkibini tubdan o’zgartirish, resurslar, mol-mulk solig’ining
rolini oshirish, jismoniy shaxslardan soliq undirishning progressiv tizimini joriy
etish.
mahalliy byudjetlarni shakllantirish manbalari bo’lgan respublika soliqlari
bilan mahalliy soliqlar o’rtasida aniq chegara o’tkazish;
Davlat byudjeti daromadlarini katta qismini joylarga beriktirish, mahalliy
byudjetlarning daromad manbalarini mustahkamlash;
soliq siyosati belgilab bergan chora-tadbirlarni amaliyotga tadbiq etuvchi
tegishli moliya-soliq mexanizmini ishlab chiqish va takomillashtirish va boshqalar.
60
Hozirgi vaqtda mamlakatimiz moliya siyosati muammolari qatoriga uning
hayot (davr) bilan hamnafasligini ta’minlash, uning davlatimiz rivojlanishining
o’zgargan sharoitlariga tezda moslasha bilishini ta’minlash, o’z echimini kutayotgan
vazifalarni hal etish uchun kerakli usullarni o’z vaqtida topa bilish, strategik
kontseptual echimlarni ishlab chiqish, mablag’larga qarab yashash talabiga rioya
etilishini ta’minlash, fuqarolar ijtimoiy talab-ehtiyojlarini qondirishning moliyaviy
bazasini (asosini) belgilashda qoldik yondashuvidan (usulidan) ijtimoiy
xarajatlarning adresliligini ta’minlashga o’tish kabi tadbirlar kiradi.
Hozirgi sharoitda ishlab chiqilgan davlat moliya siyosati kontseptsiyasining
maqsadi iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, ijtimoiy ishlab chiqarish
samaradorligini butun choralar bilan oshirish asosida jamiyat a’zolarining turmush
farovonligi darajasini ta’minlashdan iborat. Moliya strategiyasining ijtimoiy
yo’naltirilganligi xalq farovonligini oshirishga yuboriladigan moliya resurslarini
ko’paytirish imkoniyatlarini qidirib topishda namoyon bo’libgina qolmay, balki
iqtisodiy siyosatning bosh maqsadiga butunlay yangicha yondoshuvda ham
namoyon bo’ladi va endilikda aholi turmush darajasi va ishlab chiqarishning
o’sishini moliya resurslardan samarali foydalanish yo’nalishlarini belgilaydi.
Ijtimoiy himoya, birinchi navbatda, kam ta’minlangan fuqarolarni, shuningdek,
byudjet tashkilotlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni ham nazarda tutadi.
Ijtimoiy himoya, eng avvalo, daromadlarni indeksatsiyalash vositasida (yordamida),
ya’ni, byudjet mablag’lari hisobiga, ba’zan esa kompensatsiyalarni iste’mol
indeksiga mufoviq oshirish yo’li bilan ta’minlanadi.
Jamiyat hayotining iqtisodiy va ijtimoiy sohasiga moliyaviy ta’sir
o’tkazishning asosiy uslublari bo’lib, soliq solish, moliya resurslaridan mohirona va
oqilona foydalanish, moliyalashtirish, moliya bozori va boshqalar hisoblanadi.
Jamiyat taraqqiyot hozirgi bosqichining moliya siyosati moliya strategiyasi talablari
asosida va yuzaga kelgan iqtisodiy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda ishlab
chiqilgan.
Xo’jalik yuritishning turli-tuman shakllaridan foydalanish jamoat talabehtiyojlarini yaxshiroq qondirish, resurslarni tejash, mahsulot assortimenti va
texnika bazasini yangilash, mehnat jamoalarining ijtimoiy muammolarini hal etishi
yo’lida raqobatni rivojlantirish, tashabbuskorlik ko’rsatish uchun shart-sharoitlarni
yaratadi.
Ijtimoiy va boshqa ehtiyojlarni qondirishga yo’naltiriladigan moliya
resurslarining o’sishiga, eng avvalo, rentabelli faoliyat ko’rsatish orqali erishiladi.
Biroq siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sharoit o’zgarishi bilan davlat xarajatlari doimo
o’sib boradi. Shu munosabat bilan hozirgi moliya siyosati davlat moliya
resurslarining muntazam o’sishini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni nazarda tutadi.
Byudjetga tushayotgan to’lovlar hajmini oshirishning zarurligi xo’jalik
bo’g’inlarining ishchan faolligini jonlantirishga qaratilgan moliya siyosatining
hayotga tatbiq etilishini talab qiladi. Moliyaviy siyosatni faollashtirish maqsadida moliyaviy resurslarni qayta
taqsimlash amaliyotini tubdan o’zgartirish katta ahamiyatga ega. Byudjet vositasida,
shuningdek, yuqori tashkilotlar orqali amalga oshiriladigan «vertikal» uslubga
qarama-qarshi moliyaviy resurslarni moliya bozori orqali «gorizantal» qayta
taqsimlash ham borgan sari yanada keng rivoj topadi. Mablag’larning o’tkazib
turilishi esa moliyaviy resurslardan talab va taklifdan kelib chiqqan holda
foydalanishni nazarda tutadi.
Moliya bozorining rivojlanishi munosabati bilan milliy iqtisodiyotni
rivojlantirish va umumdavlat ehtiyojlarini qondirish uchun aholi, korxona va
tashkilotlarning pul daromadlari va jamg’armalarini jalb etish zarur. Shu munosabat
bilan Davlat obligatsiyalari va xazina biletlarini chiqarish ham davlat resurslarining
hajmini ko’paytiradi.
Moliyaviy siyosat real moliyaviy imkoniyatlarni hisobga olgan holda ishlab
chiqilishi va tatbiq etilishi zarur. Sarflar (xarajatlar) moliya resurslarining
ko’payganidagina o’sishi mumkin. Bu, eng avvalo, ishlab chiqarishni
moliyalashtirishni bildiradi. Iqtisodiy va moliyaviy siyosatning hamma tadbirlari, bir
tomondan, aholiga o’z daromadlarini oshirish imkoniyatini berish, ikkinchi
tomondan esa tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirpsh uchun maqbul sharoitlarni
yaratishga qaratilishi kerak.
Moliyaviy siyosatning tubdan o’zgarishiga mos ravishda moliya mexanizmi
ham qayta qurilmog’i lozim. Moliya mexanizmini qayta qurishning maqsadi bozor
munosabatlari asosida ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligiga uning ta’sirini
kuchaytirish, moliya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishni
ta’minlashdir. Moliya mexanizmini qayta qurish negizida korxona, tashkilotlar
ishining yakuniy natijalarini yaxshilash uchun xo’jalik tashabbuskorligi va
mas’uliyatini butun choralar bilan kuchaytirish talab qilinadi.
Bozor iqtisodiyotida korxonalarning ishlab chiqarish omillaridan iloji boricha
yaxshiroq foydalanishdan manfaatdorligini oshirish uchun alohida moliyaviy
uslublardan foydalanish zarurati yo’qoladi. Bozor raqobati korxonalarni ishlab
chiqarish samaradorligi, moliyaviy resurslardan foydalanish ustidan ichki xo’jalik
moliya nazoratini chuqurlashtirish haqida doimo g’amxo’rlik qilishga majbur qiladi.
Shu bilan bir vaqtning o’zida davlat tomonidan bozor munosabatlarini moliyaviy
boshqarishning ahamiyati ham oshadi. Moliyaviy boshqarish korxonalarga soliq
solish, qo’shimcha soliqlarni (masalan, eksport va import solig’ini) kiritish,
mehnatkashlar daromadlariga soliq solish, maqsadli dasturlarni moliyalashtirish
vositasida amalga oshiriladi. Xo’jalik shartnomalari ishlab chiqarilayotgan
mahsulotning sifat parametrlarini buzganlik uchun, atrof-muhitni muhofaza qilish
bo’yicha talablarning sanitariya norma va qoidalariga rioya qilmaslik uchun
moliyaviy jarimalar tizimiga talabchanlik oshiriladi. Davlat byudjeti va byudjetdan
tashqari jamg’armalar oldidagi moliyaviy majburiyatlarni o’z vaqtida bajarmaslik
yoki to’liq bajarmaslik, foyda va boshqa soliq solish ob’ektlarini yashirganlik uchun
jarima (sanktsiya)larning darajasi va miqdori kuchaytiriladi. Auditorlik moliya
nazorati keng rivoj topmog’i lozim. Aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatishni yaxshilash maqsadida ijtimoiy soha
muassasalari va tashkilotlarida yangi xo’jalik mexanizmi joriy etilgan. Ijtimoiy soha
muassasalariga pulli xizmat ko’rsatish, xo’jalik faoliyati bilan shug’ullanish, olingan
daromadlarni mustaqil tasarruf etish huquqi berilgan.
Davlat moliya mexanizmiga tub o’zgarishlar kiritildi. Davlat byudjeti
daromadlarini shakllantirish soliq asosiga o’tkazildi, byudjet buromadlari tarkibi va
byudjetdan moliyalashtirish tizimi butunlay o’zgardi. Byudjetdan tashqari
jamg’armalar tizimi keng tarqaldi. Bozor munosabatlarining rivojlanishi mulkiy va
shaxsiy sug’urtani tashkil etish va boshqarish sohasida ijobiy natijalarga olib keldi:
kooperativ (shirkat) sug’urtasi rivojlanyapti, aktsionerlik sug’urta jamiyatlari
vujudga kelyapti, sug’urtaning yangi turlari paydo bo’layapti.
Moliya mexanizmini qayta qurish jarayoni tegishli bazani (asosni) yaratish
bilan birga sodir bo’layotir. Oxirgi yillarda moliyaviy faoliyatning huquqiy
asoslarini yaratadigan qator qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.
Download 44.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling