Milliy o’zlikni anglash millat taraqiyotining poydevori ulug’bek Tolibjon o’g’li Ochilov
Download 53.69 Kb. Pdf ko'rish
|
milliy-o-zlikni-anglash-millat-taraqiyotining-poydevori
www.scientificprogress.uz
Page 1860 insoniyat kelajak sari intilar ekan, o`tmishni doimo yodda saqlamog‘i shart. Bu ko`hna haqiqatni teran anglagan Prezident I.A.Karimov ―O`zbekiston XXI asr bo`sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari‖ asarida istiqboldagi vazifalarni belgilab berar ekan: ―Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o`lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash milliy o`zlikni anglashni ta`bir joiz bo`lsa, milliy iftixorni tiklash va o`stirish jarayonida g‘oyat muhim o`rin tutadi‖ deb ta`kidlaydi. Oʻzligini anglash birinchidan, odamning ozod, erkin, nodir, ulugʻ siymoligini anglash va oʻzida unga amal qilish sifatlarini shakllantirib borish boʻlsa, ikkinchidan uning oʻziga xos milliy-insoniy sifatlarini ochib beruvchi etnik, maʼnaviy- insoniy asoslarini anglash va ularga amal qilishdan iboratdir. Davlatimiz rahbarining ―Yuksak ma‘naviyat — yengilmas kuch‖ asarida: ―...inson o‗zligini anglagani, nasl- nasabini chuqurroq bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg‗usi ildiz otib, ulg‗aya boradi. Bu ildiz qancha teran bo‗lsa, tug‗ilib o‗sgan yurtga muhabbat ham shu qadar yuksak bo‗ladi‖, deya ta‘kidlangan. Binobarin, bugun mamlakatimizda ma‘naviy yuksalishga xizmat qilayotgan islohotlar navqiron avlodni ulug‗ ajdodlarimiz xotirasi bilan haqli ravishda faxrlanish, tinchlik, oso-yishtalik hamda obodlik uchun kurashish, mustaqillikni qadrlash va Vatanni ardoqlab yashashga undashi bilan yanada ahamiyatlidir. Ma‘lumki, xalqimiz uzoq o‘tmishga ega. U o‘z tarixida ko‘pgina qiyinchiliklar, bosqinchiliklarga duchor bo‘lgani bilan, shunday boy tarixiy meros qoldirganki, ularni anglash beixtiyor milliy g‘ururni shakllantiradi.O‘rta Osiyoning markazi bo‘lmish O‘zbekiston dunyo tarixida o‘chmas iz qoldirib kelayotir. Buni jahon xalqlari e‘tirof etadi. Masalan, O‘zbekiston qadim zamonlardayoq «Buyuk Ipak yo‘li» orqali G‘arb va Sharqni bog‘lash uchun xizmat qilgan. U dunyo davlatchiligini rivojlantirishga, jahon madaniyatini ko‘tarishga o‘z hissasini qo‘shgan. Shu sababli ham, bu yurtdan mag‘rurlansak arziydi. O‘zbekiston hududida qadimdan ko‘p elat va millatlar yashagan bo‘lsa-da, ular o‘rtasidagi do‘stlik, totuvlik, barqarorlik insonlarni hayratda qoldirib kelgan. Demak, tarixan birlikni, etnoslar mavjudligi, ularni qon- qarindoshligi bilan, ulardagi til, ona zaminning ma‘naviy jihatlari yaqinligini, ulardagi muqaddas tuproq, Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatni anglash hozirgi avlod uchun ayniqsa dolzarbdir.Gohida onda-sonda dunyoda bo‘lib turgan kelishmovchiliklar, ziddiyatlarning oldini olishga bizning yurtimiz ma‘naviy qurol bo‘lib xizmat qiladi.Hozirgi zamonda o‘z-o‘zini anglash bu ˙ shaxsiy va mahalliychilik, urug‘- aymoqchilik illatlarini yo‘qotishga yordam beradi. Azaldan bir tan, bir jon bo‘lib yashab, shu mamlakat ravnaqini ta‘minlagan ajdodlarimizning turmush tarzi hozir ham yorqin misol bo‘lib, hamkorlik qilishning manbai bo‘lib xizmat qiladi. MUXOKAMA; Milliy o‘z-o‘zlikni anglash natijasida o‘z mamlakati taraqqiyotini belgilash, uning mustaqilligi uchun kurashning namunasini beradi. O‘z-o‘zini anglash kelajakda o‘z taqdirini o‘zi belgilash uchun foydalaniladi, u mas‘uliyatni oshiradi. Ajdodlar fidoiyligi, SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan Download 53.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling