Milliy sertifikat darajasidagi test biologiya kenjayev odil
Download 464.95 Kb. Pdf ko'rish
|
milliy sertifikat darajasida JAVOBSIZ
Milliy sertifikat darajasidagi test BIOLOGIYA KENJAYEV ODIL 1. Faqat patsimon bo’lingan barg (a), barg yaprog’i butun (b) bo’lgan o’simliklarni juftlang. 1) zuxrasoch qirqqulog’i; 2) kungaboqar; 3) shuvoq; 4) terakbargli liftok; 5) madaniy tok; 6) qora ituzum; 7) achambiti; 8) tugmachagul A) a- 1, 7; b- 2, 4 B) a- 1, 3; b- 2, 4 C) a- 3, 5; b- 4, 8 D) a- 1, 3; b- 2, 6 2. Anabazin moddasi olinadigan o’simlikning hayotiy shaklini belgilang? A)Buta B)yarim buta C)ko’p yillik o’t D)Bir yillik o’t 3. Qaysi o`simliklarning gulqo`rg`oni murakkab gulkosasi yaxshi taraqqiy etmagan (a), changchilari ko’p bir-biri bilan qo`shilib urug’chini o`rab turadi (b), kosachasi pardasimon 5 tishli o`simta shaklida (c). 1-karrak, 2-liftok, 3-andiz, 4-astragal, 5-kanop, 6-saksovul, 7-bo`znoch, 8-bo`ritaroq, 9-partenotsissus, 10-maxsar. 11-ismaloq, 12-ituzum, A) a-3,4,6; b-2,9; c-1,5,7 B) a-6,11; b-2,9 ; c-3,4 C)a-2,9; b-5,8; c-1,3,7,10 D) a-2,9; b-12; c-6,11 4. Quyida berilganlardan turkumlarning sonini belgilang ? 1-kamxastak, 2-baqlajon, 3-qulupnay, 4-ermon, 5-matur, 6-misr g`ozasi, 7-liftok, 8-sho`rak, 9-kanop, 10-qashqarbeda A) 7 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 4 ta 5. Quydagi o’simliklarni ularga xos xususiyatlar bilan juftlab yozing? a)sholi b)qand lavlagi c)loviya 1.mevasi quruq 2.mevasi ho’l 3.ildizlari qo’shilib ildiz tizimini hosil qiladi 4.mevasi ko’sak 5.mevasi dukkak 6,mevasi danakcha 7.magnoliyatoifa 8.gulqo’rg’oni oddiy 9.gulqo’rg’oni murakkab 10.vatani markaziy Amerika 11.vatani Janubiy Amerika 12.vatani Janubiy Osiyo 13.vatani Sharqiy Osiyo 14.vatani O’rta Yer dengizi 15.vatani Abissiniya A)a-1,7,8,12 b-2,3,6,7,8,13 c-1,3,5,7,9,11 B)a-1,3,7,8,12 b-1,3,7,8,14 c-1,3,7,9,10 C)a-1,8,13 b-2,3,6,7,9,14 c-1,3,5,7,9,10 D)a-1,3,7,8,13 b-1,3,7,9,13 c-1,3,7,9,11 6. Baliq (1), uy pashshasi (2) va yashil bronza qo‘ng‘izining (3) ta’m bilish hujayralari qayerda joylashgan? a) oldingi oyoqlari panjasidagi tukchalarda; b) og‘iz bo‘shlig‘ida; c) paypaslagichlarda; d) halqumda; e) tana yuzasida; f) mo‘ylovida; j) yostiqchasimon xartumchada A) 1 b, d, e; 2 a, c; 3 f B) 1 b, d, e; 2 a; 3 c C) 1 b, d; 2 e, f; 3 c D) 1 b, d, e; 2 c, j; 3 a, f 7. Quydagi jadvaldagi ma’lumotlardan foydalanib, o’simliklarni ekalogik guruxlarga ajrating. Mevasi To’pguli Guli X Dukakk kallakcha Qiyshiq Y Don murakkab boshoq To’g’ri Z Pista savatcha To’g’ri A) X- namlik normal sharoitda o’sadi; Y- tanasi qisman suvga botgan holda o’sadi; Z- tanasi butunlay suvda o’sadi B) X-qisman suvga botgan holda o’sadi; Y-namlik yetarli muhitda o’sadigan o’simlik; Z- tanasi butunllay suvda o’sadigan o’simlik C) X-namlik yetarli muhitda o’sadigan o’simlik; Y-tanasi qisman suvda o’sadigan o’simlik; Z- suv tanqsligiga chidamli o’simlik D) X- suv tanqsligiga chidamli o’simlik; Y-namlik yetarli muhitda o’sadigan o’simlik; Z- tanasi butunllay suvda o’sadigan o’simlik 8. Quyidagi olimlarning fikrlari va olib borgan ishlarini juftlang. a)Lamark b)Linney c)Kyuve 1. Birinchi marta organik olam evolutsiyasi haqidagi nazariyani yaratdi 2. 10 mingdan ortiq hayvon turlarini tavsiflab berdi.3. Turlarni avlodlarga, avlodlarni esa oilalarga, oilalarni turkumlarga, turkumlarni oilalarga birlashtiradi. 4.O‘simlik va hayvonlarning ayrim belgi larigagina asoslangan holda sun’iy sistema tuzishga muvoffaq bo‘ldi. 5. «umurtqasizlar» va «biologiya» atamalarini fanga birinchi bo‘lib kiritdi.6. Morfologiya, anatomiya, sistematika, paleontologiya sohalarida tadqiqot olib borgan 7. turlar o‘zgarmaydi, degan g‘oyaga tanqidiy ko‘z bilan qaragan va evolutsion ta’limotni targ‘ib qilgan 8. Har bir hayvon turi o‘zi yashaydigan muhitga muvofiq ravishda yaratilgan va o‘zgarmasdir. A)a-1,5,7 b-2,3,4 c-6,8 B) a-1,5,7 b-2,4 c-6,8 C) a-1,5,8 b-2,3,4 c-6,7 D) a-5,7 b-2,4 c-6,8 9. Molekulyar massasi 44000 D bo`lgan oqsil translatsiya jarayonida i-RNK fragmentining 12% i ishtirok etishidan hosil bo`lgan. Shu iRNK transkripsiyalangan DNKdagi umumiy nukleotidlarning 15% ini A tashkil qilsa, jami vodorod bog`lar sonini toping? ( 1ta aminokislotaning massasi 110D ) ? A) 32000 B) 27000 C) 12000 D) 20000 Download 464.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling