Achambiti (jagʻ-jagʻ) capsela bursa pastoris oʻsimligining dorivorlik xususiyatlari
Download 17.97 Kb.
|
1 2
Bog'liqIlmiy maqola.Ravshanov Azamat.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch soʻzlar
- Ключевые слова
- Capsela bursa pastoriy
- C, V² va K
- Abu Ali ibn Sino
- Xolin-asetilxolin
ACHAMBITI (JAGʻ-JAGʻ) CAPSELA BURSA PASTORIS OʻSIMLIGINING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI. Hayitova Shahlo Davlatovna b.b.f.d (PhD) Termiz davlat pedagogika instituti Ravshanov Azamat To’lqin O’g’li Ziyoyodova Munisa Mirza Qizi Termiz davlat pedagogika instituti talabalari. Annotatsiya: Maqolada bugungi kunda inson hayoti uchun zarur boʻlgan dorivor oʻsimliklar, xususan achambiti misolida uning foydasi va dorivorlik xususiyatlari va inson salomatligini tiklashdagi o’rni haqida yoritiladi. Tayanch soʻzlar: Achambiti, dorivorlik xususiyati, foydali belgilar, flovonoid. Аннотация: В статье речь идет о лекарственных растениях, особенно ачамбити, которые сегодня необходимы для жизнедеятельности человека, на примере мы выделим его пользу и лечебные свойства. Ключевые слова: ачамбити, лечебные свойства, полезные свойства флавоноида. Annotation: The article deals with medicinal plants, especially achambiti, which are essential for human life today in the example we will highlight its benefits and medicinal properties. Keywords: Achambiti, medicinal properties, useful signs flovonoid. O’zbekiston Respulikasi Prezidentining “Yovvoyi holatda o’suvchi o’simliklarni muhofaza qilish, madaniy holatda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qabul qilindi. Respublikada so’nggi yillarda dorivor o’simliklarni muhofaza qilish, tabiiy resurlardan oqilona foydalanish, dorivor o’simliklarni yetishtiriladigan plantatsiyalar tashkil etish va ularni qayta ishlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Achambiti - Karamdoshlar oilasiga mansub boʻlgan bir yillik begona oʻtdir. Ayrim davlatlarda uni madaniy holda koʻpaytiradi.Gullari juda kichik koʻrimsiz koʻpinch oqish tusda boʻladi .Poyasi shoxlanmagan (ayrimlarida shoxlangan) tuklar bilan qoplangan holatda boʻladi.Idizi oʻq ildizli oqish tusda bukulish xususiyatiga ega. Urugʻlari yuraksimon ikki hujayrali urugʻdonga ega boʻlib juda koʻp urugʻlarni(xantal) hosil qiladi.Asosan buzulgan va ozuqaga boy yerlarda uchratish mumkin. Jagʻ - jagʻ achambitti (capsela bursa pastoris) erta bahorda yam-yashil toʻpbargli maysalarni hosil qiladi. Achambiti oʻsimligi qor tagida qishlab erta bahorda yana rivojlanishda davom etadi. Hamma yerda tarqalgan boʻyi 10 sm dan -50sm gacha boʻlishi mumkin. Oʻzbekistonda faqat Capsela bursa pastoriy uchraydi. Xususan, Achambiti oʻsimligi hozirgi kunda madaniylashtirib farmokologiya sohasida qoʻllaniladi. Ammo bu kabi oʻsimliglar shifobaxsh giyohlarning atigi 10-15 % ni tashkil qiladi. Jagʻ- jagʻ oʻsimligi urugʻi xantal (gorchisa va qalampir) oʻrnida ziravor sifatida ovqatga ishlatiladi. Yer usti qismi tarkibida qandlar, flavonoidlar (diosmin va boshqalar) organik (limon, olma, fumar, vino) kislotalari efir moylari saponinlar vitaminlar C, V² va K karotin, inozit, xolin, asetilxolin, oshlovchi va boshqa moddalar bor. Urugʻi tarkibida 28% gacha yogʻ va oʻz miqdorda siningirin gilikozidi saqlaydi. Aynan Achambiti tarkibida uchraydigan flovonoidlar antioksidant, yalligʻlanishga qarshi va saratonga qarshi kurash xususiyatlarini oʻz ichiga olgan turli xil sogʻliq uchun foydali xususiyatlarga ega. Demak flovonoidlarga boy boʻlgan ovqatlar bizning ovqatimiz tarkibida boʻlishi kerak Saponinlar esa tibbiyotda balgʻam koʻchiruvchi va siydik haydaydigan vosita sifatida ishlatiladi. Jagʻ-jagʻ oʻsimligi qadimda xalq tabobatida xususan Abu Ali ibn Sino ham oʻz vaqtida uni qoʻllab koʻrgan. Jagʻ-jagʻ asosan turli qon oʻqishlarida (bachadon, meda,oʻpka, buyrak, burundan va yaralardan qon oqqanda bavosil kasaligiida) ishlatiladi . Uning asosan barg qismini ezib jarohatga yoki qon oqayotgan joyga qoʻyiladi. Tarkibida Xolin-asetilxolin boʻlganligi uchun qon bosimini pasaytirish- gipotenziv vitamin K boʻlganligi uchun qon ivishini tezlashtirish natijasida qon oqishini toʻxtatish tasiriga egadir. SHuning uchun ham achambitidan tayyorlanadigan damlama va suyuq ekstraklar ilmiy tabobatda akusherlikda qon toʻxtatishga yordam beradi. Download 17.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling