Milliy sertifikat test
Download 19.72 Kb.
|
2 5224272651190544273
BALIQSIZ HOVUZ
Sharing Nomozning qamoqdan chiqarilishi haqidagi xabarni olib kirganidan beri bu odamni Zohid yoqtirmay qolgan edi . Keyinroq bilsa , prokuror yordamchisi bilan yaqin aloqada bòlgan bu tergovchini boshqalarga ham unchalik xushlamas ekan.”Òzi chaqaloq olmaydi,ammo odamni seskantiradi , bu –suvilon” , deb atasharkan uni . Uning qòlida tayinli ishi ham yòq . Xali u xonaga, xali bu xonaga kirib laqillashdan boshqa narsani bilmaydi . Uning odati shumi, yo gap o’g’irlab yuradimi –Zohid aniq aytolmaydi .Unga ma’lum bo’lgani –“Suvilon” kirishi bilan tilga qulf urmoq zarur . Qòshningni òĝri tutma, òzingdan ehtiyot bòl , deb bejiz aytishmagan-da .Suvilonning suhbatidan baxramand bòlish baxti bugun Zohidga ham nasib etgan ekan . Zohid eksgumatsiya xulosalarini òqib òtirganda u kirib keldi. --O’ , yosh hamkasbim , ishdagi yutuqlar qalay yaxshimi?—deb kòrishdi. Òzidan ikki uch yoshgina katta bu “yoshulli hamkasbning lutfi Zohidning ĝashini keltirdi. “Boshimni qotirmay tezroq chiqib ketarmikan” , degan òyda ròyxush bermay kòrishib : --1.Yuribmiz , tuproqdan tashqarida ,-deb qòydi . --Qoyilman, chiroyli gap ayttingiz dedi Suvilon kulib.-Bizning sohamizda tuproqdan tashqarida yurish katta boylik ! Ishdan gapiring ishlar qalay ? Bòlyapti . Tezroq bòldirishga harakat qilavering . Lekin sizga ham xavasim kelganiki, zòr ishlarni sizga ishonib topshirishdi . Eplasangiz , tez kòtarilib ketasiz . Achinishimning sababi shuki, xali ĝorsiz. Eplay olmasangiz , fisht,--u “kelgan joyingizga qarab jònaysiz”, degan ma’noda xushtak chalib qòydi . Lekin siz tushkunlikka tushmang . Qiynalsangiz mana biz bor . Tortinmang. Sizga shahar “ugro”sidagi Soliyev yordam beryaptimi ? Omadingiz yòq ekan , lanch u odam , ishni rezinkaday chòzadi. Òrdakka òxshab , tumshuĝini balchiqqa tiqib olib, loy titkilaydi. Chòzsa ham puxta ishlaydi . Xom ishdan puxtasi durust-da . 2.Yanglishyapsiz . Bizning ishimizda eng birinchi galda tezlik turadi . Bilib qòying , yangi bòlgan eng kattamiz boshliĝimizni suhbatga chaqirib “sust ishlayapsizlar “ deganmish . Tushindingizmi? Yangi rahbarning talabi yangicha bòladi . “Sust ishlayapsizlar” debdimi , demak , bizdan operativlik talab qilinadi. Ishni chòzdingmi, tamom , joyni bòshataver . Mana , siz: bòyningizda ikkita qotillik turibdi. Ikkita retsidivatsni ushlabsiz. Nima qilmoqchisiz? Nima qilardim , tergov-da . 23. Asar nomi orqali qanday badiiy maqsad ifoda etilgan A)Baliqning hovuzda yòqligi nazarda tutilgan B)Hovuz orqali butun hokimyat tasvirlangan bo’lib hokimyat a’zolarining baliq ma’nosida kelishi kuzatilgan ya’ni yaxshi hokimyatni boshqaruvchilar yòqligi tasvirlangan . C)Hovuzda baliq bo’lmasligi tasvirlangan D)Barcha javoblar to’g’ri izohlangan . 24.”Suvilon”ning ismiga mos ta’rif berilgan javobni aniqlang. A)Suvilon laqab bòlib , asl ismi Zohid B)Sharif Nomozovning laqabi Suvilon C)Asl ismi qayd etilmagan shaxs D)Suvilon asl ismi bòlib familyasi Soliyev 25. Zohidga mos tarif berilmagan javobni aniqlang A)Suvilonni Zohid yoqtirmas edi B)Zohidning eksgumalitsiya xulosalarini òqish ĝashini keltirar edi C)Suvilon bilan Zohid hamkasb D)Zohid qòshningni òĝri tutma òzingni berk tut qabilidagi maqolni Suvilonga nisbatan ishlatadi . 26. “1” raqami bilan ajratilgan jumla haqida tòĝri ma’lumotni aniqlang A) Òlimdan qutilgani sababli shunday ibora qòllanadi B)Jumla Suvilon tomonidan aytiladi. C)Zohid bu aytgan sòzi orqali Suvilonni xushlamasligi nomoyon bòlgan . D)Zohidning shiori bòlgan bu jumla faqat hamkasblarigagina ishlatilardi. 27. “2” raqami bilan ajratib yozilgan sòzda qanday uslubiy ma’no yuzaga kelgan A)Fikrga qòshilmaslik B) Fikrni dalillash C)Kibr orqali ifodalash D)Ta’na, malomat QUYIDAGI ĜAZALNI ÒQING VA SAVOLLARGA JAVOB BERING Ki bulbul nola , afĝon aylamakni mendin òrgandi, Vujudin shami sòzon aylamakni mendin òrgandi. Borib sahroĝa , qon bag’rimni izhor ayladim bir kun , Falak bag’rin qizil qon aylamakni mendin òrgandi. Shafaq xun bòlĝusi , dil , yor mehri gar nihon bòlsa, Samo gulguni domon aylamakni mendin òrgandi. Kòrub abru hiloling , jon fido qildim jamolingga, Ul oy husniga qurbon aylamakni mendin òrgandi. Fiĝonkim , ĝam taroĝi xasta kònglum pesh pesh etti , Sanam zulfin parishon aylamakni mendin òrgandi. Seni izlarman andoqkim , quyosh diydorin izlarida Kezib tun kun , shitobon aylamakni mendin òrgandi . Qanoat qildi Uvaysiy , topti dildin gavhari nazmin : Sadaf ham durri ĝalton aylamakni mendin òrgandi 28. Ĝazal matlasi haqidagi tòĝri hukmni aniqlang . A)Shoir bulbul orqali òz bolasi dardida yìĝlaganligini bayon etyapti B)Vujud yonishni shoirdan òrganganligini aytilgan C)Shoir bulbul orqali hamma insonlar dard chekishini aytib òtadi D)Bu baytda shami sòzon sòzi òz manosida qòllangan 28.Ikkinchi bayt haqida tòĝri hukmni aniqlang . A)Shoir sahroga borsa sahro ham qip qizil qon ekanligini kòradi. B)Shoir sahroga bir kun borib qon baĝrini izhor aylaganini aytadi. C)Falak baĝri qip qizil qon bòlishining sababi sahroni kòrganligidir. D)Bu baytda sahro ham , falak ham qizil qon bòlishni shoirdan òrganganligini aytadi. 30. Tòrtinchi bayt mazmuni tòĝri izohlangan javobni aniqlang . A)Shoir yangi chiqqan oyning jamoliga jon fido qilganligini aytadi . B)Oy uyalishni shoirdan òrganganligi takidlangan . C)Shoir yangi chiqqan oy shaklidagi qoshini kòrib jamoliga jon fido qilganligi takidlangan D)Shoirning sevgan yori xusnidan xatto oy ham òzini qurbon qiladi. 31.Ĝazalda quyidagi qaysi òxshatish mavjud emas A)Shoirning kònglini ĝam taroĝi chok chok etganligi qalamga olingan B)Shoir quyosh diydorining izlarida tun va kun shitob aylashni mendan òrgandi deya ta’kidlaydi . C)Quyoshning kecha va kunduz yorning yòllariga qarab muntazir bòlganligini ,kòz tikkanligini shoirdan òrganligi takidlangan . D)Barcha ma’lumotlar tòĝri izohlangan . 32. Maqta haqidagi tòĝri hukmni aniqlang . A)Sadaf ham dur qilishni mendan òrgandi deydi shoir B)Bu baytda sadafning ham duri qilishni mendan òrgandi ammo u doim ham dur qilavermaydi deya takidlaydi C)Qanoat qilgan inson doim Allohni eslaydi D)Durni sadaf qiladi, deyilganda shoir Allohni eslaganlarning qalbi durga btòla bòladi deya ta’kidlagan Gaplarni sintaktik tahlil qiling( 33. 34.35 .) 33. Oltin bilan olib bòlmas qolgan kòngilni . 34.Afsuski , rejadagi ishlarni kòngildagidek bajarmadingiz. 35. –Sen metroda borasanmi? --Aslo 36.Ahratib kòrsatilgan har uchala sòzga ma’nodosh bòla oluvchi sòzni yozing 1.Uzoqdan kelayotgan ovoz juda ham baland eshitildi. 2.U dòstini juda ham yaxshi ko’rar edi 3.Nonning zuvalasi pishiq bòlsa non tandirdan oqmaydi. Javob_________ 37. Berilgan gapda qòllanishi kerak bòlgan tinish belgilarining ketma ketligini yozing . Uning qòlidan kelmaydigan ish yòq duradgorligu suvoqchiligu chilangarligu ustachilik hammasini eplaydi 38.Gapda qaysi qòshimchaning qòllanishi bilan boĝliq uslubiy xato kuzatilgan “Vatan , istiqlol , ma’naviyat …. Bu sòzlar inson ongidagi eng buyuk tushuncharni ifodalovchi purhikmat sòzlardir. Òzbekning mungli kòzlarida shodlik, qadoq qòllariga qut -baraka ulashgan Istiqlol emasmi?! 39. Gapni sintaktik tahlil qiling va qaysi bòlaklar uyishganligini yozing Sizning bu hayotda orzularingiz , kòzlagan maqsadingiz , qiladigan ishlaringiz kòp,lekin hech qachon unutmangki, sizning eng buyuk, eng muqaddas vazifangiz yurtimiz istiqlolini , xalqimiz ozodligini kòz qorachiĝiday asrash , uning xavfsizligini himoyalashdir. 40.Gapdagi sòzlarning mazmun va grammatik jihatdan boģlanishini tòĝri tahlil qiling . Tongdagi gòzalligingni menga kòz-kòz qilganingda, oy kabi tòlib borayotgan munavvar jamolingni, baxtingni,quvinchingni kòrganimda mening yuragim hayajondan yayrab ketadi. A.Gapdagi ajratilib kòrsatilgan sòzga tobelanib boĝlangan sòzni yozing Javob__________ B.Ajratib kòrsatilgan sòz bilan teng munosabatni yuzaga keltirgan gap bòlagini yozing. Javob__________ 42.Berilgan gaplarni grammatik jihatdan tòĝri boĝlang. 1. Ikkinchi masala ancha jiddiy. 2. U maxsus òrganishni talab qiladi. A)Ikkala gapni qamday grammatik vosita asosida boĝlash mumkin A)Javob________ B)Natijada qòshma gapning qaysi turi vujudga keladi. B)Javob_________ 42.Berilgan she’riy parchaning qofiyasini tahlil qiling . Kishikim faqr kòyida talabkori qanoatdur , Zamiriĝa oning makshuf asrori qanoaydur . A)qofiyadosh sòzdagi raviyni yozing . Javob________ B)Raviyning òrniga kòra qofiyaning qaysi turini hosil qiladi. Javob________ 43.Ajratib kòrsatilgan sòzdagi she’riy san’atni aniqlang. Vasl uyin obod qildim buzdi hijron oqibat, Seli ĝamdin bu imorat bòldi vayron oqibat. Javob…………. 44.Quyidagi qit’aning mazmunini tahlil qiling va savollarga javob bering Jahon ganjiĝa shoh erur ajdaho Ki,òtlar sochar qahri hangomida. Aning komi birla tirilmak erur, Maosh aylamak ajdaho komida A.Qit’ada qanday nima haqida A.Javob____________ 45.ESSE. Inson faoliyati butun dunyodagi o’simliklarga va hayvonlarga katta ta’sir ko’rsatmoqda sizning bu mavzuga fikringiz qanday. Fikringizni kuchli dalillar asosida yoritishga harakat qiling. Download 19.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling