Milliy sertifikat testi imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan so’zlarni aniqlang


Download 17.79 Kb.
Sana01.04.2023
Hajmi17.79 Kb.
#1314779
Bog'liq
MILLIY SERTIFIKAT TESTI


MILLIY SERTIFIKAT TESTI
1.Imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan so’zlarni aniqlang
A)Kulishmoq,burulmoq
B)Yugurmoq,ulgirmoq
C)Mujrim,mushkul
D)Xushmuomila,taqazo
2.Imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan so’zlarni aniqlang
A)Bechora hol,gustoxlik
B)Dahaboshi,jahonshumul
C)Istiloh,kaltafahm
D)Mazaxòrak,maxshar
3.Qaysi gapda “Sel” sòzi òz ma'nosida kelgan
A)Elmurod shunday òylar seliga ĝarq bòlib , uyqusi qochdi.
B)Har qanday gòsht tuzlanganda seli chiqadi.
C)Quyoshning seliga miriqib chòmilgan yam-yashil dala barq uradi.
D)Barcha gaplarda sel sòzi òz ma’nosida kelgan .
4.Òzaro ma‘nodoshlik hosil qilgan sòzlarni belgilang
A)Suluv ,kòrk,go’zal
B)Tanqis, taqchil,kamchil
C)Tantiq,mard, saxiy
D)Barvasta,bòydor,norĝul
5.Qaysi gapda qo’shimcha qo’llash bilan bog’liq uslubiy xatolik mavjud emas
A)Sezgir ota òĝil keltirgan pulni òtga tashlaganda beparvo beloqayd turaverdi.
B)Òrinsiz uyalib , maqsadni ròyobga chiqaradi olmaslik –noxushlilikdir
C)Tarixni òrganishdan asosiy maqsad –milliy òzligimizni chuqurroq anglash.
D)Tinchlik , barqarorlik bugungi yutuqlarimizni asosi bòlmoqda.
6.Qaysi gapda “Quruq” sòzi kòchma ma’noda qòllanmagan
A)Tòtiqiz tomning quruq kòkatlari ustida kòchani tomosha qilib , gilos yeb yotdi.
B)Usmonjon pulni yòlkira qilib uyga quruq qaytib keldi.
C)Quruq qoshiq oĝiz yirtar
D)Nomi uluĝ , surpasi quruq.
7.Qaysi gapda nuqtalar òrniga sòz yasovchi, luĝaviy shakl yasovchi, sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalariga qòllanadi.
A)Diniy ilmdan ham, dunyo... bilimdon ham yaxshi xabardor bòlgan shoirning inson erkini kuylagan ĝazallari uchun hukmdor... va òz yurtida yashagan mutaassiblar zuĝumidan qochib begona yurtlar.... ketadi.
B)Yashil rang –òsish va umid ramzi. Bahor fasli—chechaklari... rangi.Shu bilan birga , yashil rang mòl-kòlchilik, tòkin-sochin.. , rivojlanish... ham bildiradi.
C)Chet ellarda vatandosh... ona yurt haqida kòzida yosh,titroq hayajon bilan gapirish...i , bir siqim tuproĝini kòzi... tòtiyo qilishlari haqida òqigan , eshitgan edik.
D)Erkini soĝinib yasha... òlka endi shu erkinlik,hur... deb atalgan ne’mat... bahramand bòlib yashamoqda.
8.Har uchala parchada ham ishtirok etgan sifat shakllarini aniqlang

  • Bu el-yurt ravnaqi uchun xizmat qilayotgan odamlarni ruhlantiradi, ularni bir -biriga yaqinlashtirib , yanada uluĝ ishlarga da’vat etadi.

  • Bilimdon , madaniyatli odam bilan johil , nodon , savodsizlikni odam òrtasida juda katta farq bor , farzandlarni tarbiyalashda òzingiz shunga amalga qiling.

  • Usmon Nosir ham mashhur siymolar kabi nihoyatda ziyrak, idrokli,keng mushohadali , uquvli , mehnatkash edi.

1.Asliy sifat
2. Oddiy daraja
3.Sodda yasama sifat
4.Orttirma daraja sifat
5. Sodda tub sifat.
A)1.4.1.
B)2.3.4
C)1.5.3
D)2.4.5
9.Berilgan gapda ishtirok etgan ko’makchi qanday mazmuniy munosabatni ifodalagan
Boyvachcha yer òpjb , tavba qilibdi va keksa ota-onasini rozi qilish uchun òsha zahoti ularning huzurida jònabdi.
A)Atalganlik
B)Maqsad
C)Chegara
D)Yònalish
10.Berilgan gap haqidagi tòĝri hukmni aniqlang
Ye, òĝlim jonginang salomat bòlsin,
Òz boĝing òz mevang danagin saqla .
A)Uyushgan bòlak tòldiruvchiga tobelangan
B)Vositasiz tòldiruvchi uyishib kelgan
C)Uchta qaratqich aniqlovchili birikma mavjud.
D)Aniqlovchilar tarkiribida besh òrinda munosabat shakli belgisiz qòllangan
11.Gapdagi sòzlarning mazmun va grammatik jihatdan boĝlanishi tòĝri kòrsatilgan gapni toping
Kòkka bòy chòzgan qoramtir, oq ,qizil daraxtlarning tanga-tanga barglari iliq quyosh nurida marvariddek tovlanadi.
A)Kòkda tovlanadi,iliq quyosh
B)marvariddek bòy chòzgan , kòkdagi barglar
C)Daraxtlarning barglari,quyosh nurida
D)Tanga-tanga bòlib tovlanadi, kòk tovlanadi
12.Qaysi javobdagi gapda tinish belgilarining ishlatilishi bòyicha qoidaga rioya qilinmagan
A)Bu qarorni amalga oshirishdagi birinchi qadam—òqish.
B)Taqdirni qòl bilan yaratur inson
Ĝoyibdan kelajak baxt –bir afsona .
C)—Ey tegma, it yomon,--dedi bobom meni chaqirib
D)Yaxshisi shu: har kuni savob ish qilishga odatlan.
13.She’riy parcha haqidagi tòĝri hukmni toping
Oshiq bòlibman , ey yori jonim ,
Vaslingni izlab , yòqdur majolim.
A)Muqayyad qofiya qòllangan
B) M raviy bòlib kelgan
C)Mutlaq qofiya qòllangan
D)Oshiq sòzi orqali undalma yuzaga kelgan
14.She’riy parcha haqidagi tòĝri hukmni toping
Xòblarda seningdek bir mahbub qani nozuk?
Boshdin oyoqi zebo, bel-u badani nozik.
A)Husni ta’lil san’ati qòllangan
B)Tajnis san’ati qòllangan
C)Tajohil ul -orif san’ati qòllangan
D)Talmeh san’ati qòllangan
15.”Dunyoning ishlari” qissasining qaysi qismida muallif pora olganligini yozgan
A)Oltin baldoq
B)Sovchilar
C)Pòst dumbbali moshkichiri
D)Unday qismi yòq
16.”Ruhlar isyoni” dostonida qaysi shoirning bir ruboiysi toliq keltirilgan
A)Bobur
B)Navoiy
C)Mashrab
D)Yassaviy
17.”Hayotga muhabbat “asarida ikki qahramon nima bilan sinaladi
A)Sabr bardosh bilan
B)Oltin bilan
C)Dòstlik rishtasi bilan
D)Òlim bilan
QUYIDAGI MATNNI ÒQING VA SAVOLLARGA JAVOB BERING
1.Hayotining kamida biror qismida yulduzlar yadrosidagi vodorod termoyadroviy reaksiyasi energiyasi nurlanishi hisobiga charaqlaydi.Geliydan oĝir deyarli barcha tabiiy kimyoviy unsurlar yulduzlar nurlanishi yoki portlashidagi nukleosintez tufayli yuzaga kelgan.Astronomlar yulduz massasi , yoshi kimyoviy tarkibi va boshqa xossalarini uning spektri , yorqinligi va fazodagi harakatini kuzatib aniqlay olishadi . Yulduz massasi uning evolutsiyasi va taqdirini belgilovchi bosh mezondir. Yulduzning boshqa xarakteristikalari uning òtmishi , diametri , aylanishi ,harakati va harorati orqali aniqlanadi. Yulduz haroratining uning yorqinligiga nisbati jadvali , yoki RUSSEL diagrammasi yulduz yoshi va evolutsiyaviy holatini bilishga yordam beradi.
2. Yulduz vodoroddan iborat materiya buluti kollapsi bilan boshlanadi, unda oz miqdorda geliy va oĝirroq unsurlar ham bòlishi mumkin. Yulduz yadrosi yetarlicha zich bòla boshlaganida vodorodning bir qismi yadroviy reaksiya orqali zudlik bilan geliyga aylanadi. Yadrosidan tashqaridagi yulduz massasi yadrodan energiyani radiatsiya va konveksiya jarayonlari orqali sirtga olib chiqadi. Yulduzning ichki bosimi uning keyingi kollapsdan (òz ichiga qulab tushishdan) saqlaydi. Vodorod yoqilĝisi tugaganda , massasi quyosh massasining kamida 0.4 bòlgan yulduz kengayib qizil gigantga aylanadi, ba’zi hollarda oĝirroq unsurlar ishlab chiqarishni boshlaydi . Keyin yulduz degenerat shaklga òtib , moddasining bir qismini yulduzlararo muhitga chaqiradi.bu modda u yerda oĝir unsurlari kòproq bòlgan yangi yulduzlar avlodini shakllantiradi.
3.Juft va kòp yulduzli tizimlar bir-biri bilan gravitatsiya orqali boĝlangan va bir-birining atrofida orbitalarda aylanuvchi ikki yoki undan oshiq yulduzlardan iborat bòladi. Bunday yulduzlar evolutsiyasiga ularning òzaro gravitatsiyasi katta ta’sir kòrsatishi mumkin.4. Yulduzlar klaster yoki galaktika kabi òzaro gravitatsiyaviy boĝliq yanada kattaroq tizimlar ichiga kirishi mumkin .
18.Matn mazmuniga mos tòĝri shakllantirilgan gapni aniqlang
A)Yulduzlar nurlanush va portlash natijasida charaqlaydi
B)Yulduzlarning barcha jihati uning holatini òrganadi.
C)Yulduzlarning yana bir xususiyati orqali bosh mezon vujudga keladi
D)Yulduzning yadrosi yetarlicha zich bòla boshlaganda bir elementning yadro reaksiyasi natijasida boshqa elementga aylanishi kuzatiladi.
19. Raqamlab kòrsatilgan qaysi qaysi bandda sòz qòllash bilan boĝliq uslubiy xatolik yuzaga kelgan
A)1.
B)2.
C)3.
D)4.
20.Matn mazmunida aks etgan ma’lumotni aniqlang .
A)Yulduzlarning faqat bir elementdan iboratliligini jadvaldan bilishimiz mumkin
B)Yulduzlarning ma’lum bir shaklga òtib moddasining bir qismi yulduzlararo muhitga chiqarish natijasida yangi yulduz avlodlari shakllanadi.
C)Samodagi hech bir yulduz yulduzlar gravitatsiyasiga katta ta’sir kòrsatmaydi.
D)Barcha ma’lunotlar tòĝri izohlangan
21.Matn mazmunida aks etgan tòĝri ma’lumotni aniqlang.
A)Yulduzlarning massasi uning tarixiy òzgarishi va taqdirini belgilovchi bosh mezondir.
B)Yulduz faqatgina vodoroddan iborat materiya buluti kollapsi bilan boshlanadi .
C)Yulduzlar yadrosi hech qachon zich bòlmasligi isbotlangan
D)Yulduzlarning bosimi uni keyingi kollapsdan saqlaydi.
22. Matn haqida tòĝri ma’lumotni aniqlang.
A)Quyosh massasining kamida 0.4 bòlgan yulduzlar kengayadi va boshqa elementga aylanmaydi
B)Astronomlar yulduzlarning massasi, yoshi kimyoviy tarkibi va boshqa xossalarini uning spektri , yorqinligi va fazodagi harakatini kuzatib aniqlay olishadi.
C)Yulduzlarning nurlanishi va portlashida geliydan boshqa element ishtirok etmaydi
D)Barcha javoblar tòĝri izohlangan
QUYIDAGI MATNNI ÒQING VA SAVOLLARGA JAVOB BERING
QORI ISHKAMBA
1.1895 -yilda Buxoro madrasalaridan òzimga bir turar joy axtarar edim. Qancha yugursam -yelsam ham tezlikda biron hujra qòlga kirmadi.O’sha paytlarda bir dõstim menga maslahat yõli bilan:

  • 2.Qoti “Ishkamba” degan bir odam bor, u bir necha zarxarid hujraga egadir. Agar undan sõrasang, vaqtincha turmoq uchun õz hujralaridan birini senga berar, - dedi.

Dôstimning bu maslahati mening diqqatimni u odamning menga hujra berishi yo bermasligidan kõproq uning nomi tomoniga tortdi:
3. Qori-Ishkamba?!
Haqiqatdan, qiziq bir nom, hayvonlarning oshqozonini “ishkamba” deydilar. Qanday munosabat bilan odamga “Ishkamba” nomni berganlar?
Bu taajjubimni u dõstimga aytib, undan izoh sõradim.
Dõstim tushuntirib berdi:
-- U odamning nomi Qori Ismat. Ammo ba’zilar “Qori Ismat Ishkam”, ba’zilar “Qori Ismati Ishkamba” va ba’zi birlari qisqartirib “Qori-Ishkamba” deydilar.Buning sababini bilmayman. Lekin ajab emaski, u odamning qorni juda katta bòlganligida shu laqabni uning nomiga qòshgan bòlsalar-u , bora bora laqab òrniga otib qolgan bòlsa kerak.
4.Xalq “Ishkamba” laqabiga loyiq kòrgan odamdan biror yaxshilikni umid qilib bòlmasa ham,--dedim dòdstimga , siz meni u bilan tanishtiring , men undan “bòlsa bòlar , bòlmasa, ĝovlab ketar “qabilida bir hujra sòrab kòraman .Bersa-ku juda yaxshi ham zarari yòq , ammo “Ishkamba-odam “ning qanday maxluq ekanini bir kòrib qolay.
5.Òzim u bilan shaxsan tanish emasmanki, seni tanishtirsam,--dedim ,faqat duch kelgan vaqtda kòcha-kòyda senga kòrsata olaman, undan keyin òzing yòlini topib tanishib olasan.
Men rozi bòldim.
23.Asar nomi orqali qanday uslubiy ma’no ifodalangan .
A) Qorni hayratlanarli darajada katta bòlganligi uchun
B)Hech qanday uslubiy ma’no emas shunchaki bir shaxsning laqabi
C)Hayvonlarning qorni ishkamba deyilgan.
D)Barcha javoblar tòĝri .
24.Qori Ismatga mos ta’rif bering.
A)Uning qorni kattaligi odamlar tomonidan isbotlanib Ishkamba laqabi berilgan
B)U odamning qorni kattaligi hozir ma’lum emas ammo uning laqabi odamlar tomonidan Ishkamba bòlib ketgan .
C)U odamning Ishkamba bilan Qori laqabi bor .
D)Qori Ismat Ishkamba tòliq ismi bòlib hech qanday nom yoki laqab qòshilmagan .
25.Matn haqida tòĝri ma’lumotni aniqlang.
A)Hikoyachi hujra qidirish natijasida Qori Ishkamba laqabi bilan tanishib qoladi.
B)Hikoyachining dòsti doimiy turar joy izlar edi.
C)Hikoyachining dòstining ismi Ishkamba
D)Hikoyani Qozi Ismat Ishkamba sòzlab beradi.
26. Uch raqami bilan ajratilib kòrsatilgan gapda qanday uslubiy ma’no yetakchilik qiladi
A)Ishonmaslik.
B)Hayratlanish
C)Kinoya.
D)Achinish.
27. Raqamlab kòrsatilgan matnning qaysi qismida sòz qòllash bilan boĝliq uslubiy ma’no xato yuzaga kelgan .
A)1.va 2
B)2.va 3
C)3va 4
D)4va 5.
Kimnikim dòst dedum ,dushmani jon topdim oni ,
Neki andin tiladim sud ziyon topdim oni .
Yor mehrin tilab , aĝyor jafosini kòrdum,
Mayki gulgun talab etdim , qaro qon topdim oni .
Ĝunchayi xotirim ochmoqĝa nasime tiladim,
Goh òtluĝ elu goh bodi xazon topdim oni .
Nekxohim deganim barcha bor ekan badxoh,
Onikim anglar edi yaxshi , yomon topdim oni.
Ishq anduhi nihon qolmoqi imkon ermas,
Menki yoshurmoq ishim erdi, ayon topdim oni..
Vaqtdur , dilbariĝa topsa nishone Munis ,
Kim,ĝami ishq aro benomu nishon topdim oni.
TEPADAGI ĜAZALNI ÒQING VA SAVOLLARGA JAVOB BERING
28. Ĝazal matlasi haqidagi tòĝri hukmni aniqlang
A)Shoir bu bandda yomon dòstlarga ishonmaslik haqida ta’kidlamoqda.
B)Shoir men dòst deb bilgan insonim mening xolimni bilmay tuxmat qildi. Yani sudga berdi demoqchi.
C)Men kimni dòst deb bilsam u menga dushmanlik qildi va undan yaxshilik tilasam u menga yomonlik qildi deydi shoir.
D)Har kim ham dòst emas ularning orasida dushmanlari ham bor deydi shoir.
29.Ikkinchi bayt mazmunida aks etgan ma’lumotni aniqlang.
A)Bu baytda shoir yor mehrini tilagan ammo undan dushmanlik jafosini kòrgani qalamga olingan
B)Shoir yorni qora qonga qiyoslab undan yomon inson yòq deydi
C)Bu bayda shoir yordan jafo kòrmadim balki men unga jafosizlik qildim deydi.
D)Barcha javoblar tòĝri izohlangan
30.Tòrtinchi bayt mazmuni tòĝri izohlangan javobni aniqlang .
A)Shoir bu baytda dunyodagi barcha insonlardan faqat yomonlik emas yaxshilik kòrish ham mumkin deydi
B)Bu baytda zimdan Allohni eslovchilar aslo gunoh ishlarga qòl urmaydi deydi shoir .
C)Bu dunyoda yaxshi niyat ezgulik istovchilar orasida ham yovuz niyatlilari bor ekan men buni anglar edim bu dunyoda yaxshini ham yomonni ham kòrdim demoqchi shoir .
D)Yaxshi insonlarning ustidan yomonlik aslo ĝalaba qila olmasligi aytilgan yani bu sòz nekxohim sòzi orqali ifodalangan.
31.Ĝazalda qaysi òxshatish mavjud emas
A)Bu dunyoni afsonaviy davlat qilish uchun barcha insonlar yaxshi bòlsin deya takidlaydi shoir .
B)Shoir bu baytda mening ishim ishqimni yashirish edi ammo men buni ayon topdim deydi.
C)Men mayin shamolni tilagan edim ammo men xazon shamolini topdim deya ta’kidlangan .
D)Ĝazalning har bir bandida tazod san’atidan foydalangan .
32. Ĝazalning maqtasi haqida tòĝri hukmni aniqlang.
A)Bu baytda shoir Allohga tòĝridan tòĝri murojaat qilib ĝam ishqiga duchor qilmasligini aytadi.
B)Shoir bu baytda kimki bu dunyoda dilbariga yetishsa bu ishqni nomsiz topdim deydi shoir.
C)Bu dunyoda hech kim dilbari ishqiga yetolmaydi va natijada uni Munisning tabiricha nomsiz deb ataydi.
D)Maqta haqidagi yuqorida keltirilgan barcha ma’lumot tòĝri izohlangan.
33.34.35.Gaplarini sintaktik tahliliga oid izohlarni tòĝri tanlang.
33.Chinakam badiiy adabiyotni ilhomsiz yaratib bòlmaydi.
34.Hunar. Hunardan rizqing unar.
35.--Endi sòzingizdan qaytmang opa.
--Maylimi
A)Atov gap
B)Tòliqsiz gap
C)Sòz gap.
D)egasi no’malum gap.
E)Egasi umumlashgan gap.
36. Ajratilib kòrsatilgan har uchala sòzga ma’nodosh bòla oluvchi sòzni toping

  • Sattorning qilgan ishlari oshkor bòldi.

  • Bu ish hammamizga ayonki davlatimiz mustahkam

  • Uning qilgan ishi yuzidan

bilinib turibdiku òrtoq Xòjavey
Javob________________

37.Berilgan gapda tinish belgilarining tog’ri ketma-ketligini yozing


Odamlar sizni hurmat qilishadi opa sha’ningizga doĝ tushiradigan bunaqa ishlarga izn bermang dedi Kamol astoydil kuyunib
Javob__________________
38.Gapda qaysi qòshimchaning qo’llanishi bilan bòğliq uslubiy xatolik yuz bergan
Quvnoq bolalarning tabassumlaridan baxtiyorlik izlarini kòrinib turardi.
Javob_________________
39.Gapni sintaktik tahlil qiling va qaysi gap bòlaglari uyushganini yozing
Tongdagi gòzalligingni menga kòz-ko’z qilganingda , oy kabi tòlib borayotgan munavvar jamolingni , baxtingni, quvonchingni kòrganimda mening yuragim hayajondan yayrab ketadi.
Javob___________
40.Gapdagi sòzlarning mazmun va grammatik jihatdan bog’lanishi to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang
Kun sayin yangi yòllar, muhtasham va zamonaviy inshootlar barpo etilyotgani yurtdoshlarimiz qalbiga iftixor baxsh etmoqda .
A)Ajratib ko’rsatilgan sòz qaysi bòlakka tobelanib kelgan
Javob______
B)Qaysi bòlak bilan òzaro teng munosabatni ifodalagan
Javob______
41.Berilgan gaplarni grammatik jihatdan tog’ri bog’lang
1.Inson sirliligicha qolaveradi.
2.Odamzod bir birini anglab yetsagina , olam tinch , dunyo farovon bòladi.
A)Birinchi va ikkinchi gapni qanday grammatik vosita yordamida boĝlash mumkin
Javob________
B)Natijada qòshma gapning qaysi turi yuzaga keladi.
42.Sheriy parchadagi she’riy san’atni aniqlang
Base issiĝ, sovuĝ kòrdim zamonda,
Base achchiĝ ,chuchuk totdim jahonda.
Javob_______
43.Sheriy parchaning qofiyasini tahlil qiling
Dòstlar ,mensiz dame ohangi ishrat qilmangiz ,
Siz ichib sahbo meni xunxori xasrat qilmangiz.
A)ajratib ko’rsatilgan sòzdagi raviyni toping
Javob_______
B)raviyning òrniga kòra qofiyaning qaysi turini hosil qiladi.
Javob_______
44.Qit’ani tahlil qiling va unda qanday ĝoya ilgari surilgan
Tavoze yaxshi, ammo yaxshiroqdur
Agar da’b etsa ani ahli davlat.
Javob______
45. ESSE . Bugungi kuningiz dolzarb mavzularidan biri bòlgan hayotimizdagi kino va kitobning òrtasidagi farqni va ijobiy salbiy tomonlarini aniq fact va dalillarga tayanib isbotlab bering.
Download 17.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling