G‘azalni o‘qing va quyidagi topshiriqlarni bajaring.
***
1. Ul parivashkim, bo`lubmen zoru sargardon anga,
Ishqidin olam manga hayronu men hayron anga.
2. O`qlaringdin har zamon taskin topar ko`nglum o`ti,
Bordurur bir qatra suv go`yoki har paykon anga.
3. Bir dilovardur ko`ngulkim g`am sipohi qalbida,
Ohi novak toza dog`idur qizil qalqon anga.
4. Novakining parru paykonida rangin tus erur,
Yoki ko`nglumdin chu parron o`tti, yuqmish qon anga.
5. Nomayi shavqum ne nav` ul oyg`a yetgay, chunki men
El otin o`qur hasaddin yozmadim unvon anga.
6. Xizr xattingning ajab yo`q sabzu xurram bo`lmog`i,
Lab-balab chunkim suv berur chashmayi hayvon anga.
7. Ey xusho, mug` dayrikim, ziynat bila rif`atda bor
Mehr anga bir shamsavu ko`k toqi bir ayvon anga.
8. Istamish bulbul vafo guldin, magarkim joladin
Bag`ri qotmish g`unchaning baskim erur xandon anga.
9. Qilmag`on jonin fido jonong`a yetmas der emish,
Ey Navoiy, ushbu so`z birla fido yuz jon anga.
paykon—o’q(kiprik); dilovar—qo’rqmas, botir; parron—uchuvchi; ne nav’—qanday;
unvon—belgi, ism; mug’ dayri—otashparastlar mayxonasi; rif’at—baland; shamsa—
imoratning baland qubbasi, naqsh;
10
Omon Nurmurodov
Omon Nurmurodov Omon Nurmurodov
28.
[2,5
ball]
G‘azal matla’si haqidagi NOTO‘G‘RI hukmni
aniqlang.
A) Ma’shuqa o’zining tengsiz go’zalligi bilan pariga
qiyos etilmoqda.
B) Ma’shuqa ishqida oshiqning zor-u sargardon
bo’lganligi qalamga olingan.
C) Yor ishqida sargardon bo’lgan oshiqqa butun
olam hayron ekanligi qalamga olingan.
D) Ma’shuqa oshiqning bu holiga, sargardonligiga
hayron bo’lganligi tasvirga olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |