Milliy sertifikat uchun blok test ona tili va adabiyot fanlaridan bilish darajasini baholashning milliy test sinovi
qaysi tarixiy voqea qalamga olinmagan
Download 183.45 Kb. Pdf ko'rish
|
7-blok Test Nurmurodov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matnni o‘qing va quyidagi topshiriqlarni bajaring.
qaysi tarixiy voqea qalamga olinmagan?
A) rus mustamlaka siyosatining chirkin ko’rinishlari. B) jadid bobolarimizning qonli qatag’on qilinishi. C) afg’on urushining dahshatli fojialari D) paxta siyosatining shafqatsiz qurbonlari 17. [1,7 ball] “Sarvqomat dilbarim” qissasi voqealari TO’G’RI izohlangan javobni aniqlang. A) Olis tog’ hududlarida umr kechirgan shafyorlar hayoti haqida yozilgan. B) Tog’ bag’rida zax karyerlarda ishlagan konchilar hayoti haqida yozilgan. C) Cheksiz yaylovlarda suruvlar ortidan kezgan chorvadorlar hayoti haqida yozilgan. D) Chekka hududlarda bolalarga ma’naviyat ulashgan muallimlar hayoti haqida yozilgan. 5 Omon Nurmurodov Omon Nurmurodov Omon Nurmurodov Matnni o‘qing va quyidagi topshiriqlarni bajaring. Pingvinlar – qushlarning bir turi bo‘lib, suzuvchi, sho‘ng‘uvchi xususiyatga ega, lekin ucholmaydi. Buning sababi qanotining kichikligi, tanasining og‘irligidir. Pingvinlarning 16 turi, ularni birlashtiruvchi 6 ta urug‘i mavjud. Gavdasining uzunligi 30-120 sm, vazni 1-40 kilogrammni tashkil etadi. Qorni va ko‘kragi oq, orqasi to‘q ko‘k yoki qora bo‘ladi. Pingvinlarning ko‘krak muskullari yaxshi rivojlangan. Qanotlari tangachasimon patlar bilan qoplangan kurakoyoqqa aylangan. Suzganda va sho‘ng‘iganda ulardan eshkak sifatida foydalanadi. Muz va qor ustida sekin qadamlab yuradi. Pati mayin. Pingvinlar Galapagos orollaridan to Janubiy Qutbgacha bo‘lgan hududlarda, asosan, Antarktidada yashaydi. Pingvinning suyaklari boshqa qushlarning suyagiga nisbatan ancha zichdir. Bu esa uning suv ostiga sho‘ng‘ib, u yerda uzoq vaqt tura olishiga imkon beradi. (1) Odatda pingvinlar ovqat izlab ancha uzoq masofalarga suzib borsa ham, yana aylanib oldingi iniga qaytib keladi. Pingvinlar boshoyoqli mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar va mayda baliqlar bilan oziqlanadi. Pingvinlar ichida eng kattasi imperator pingvini bo‘lib, uning balandligi 1 metrdan oshadi. Pingvinlar dengizda soatiga 8-9 kilometr tezlikda suzadi. Tarixda o‘tgan eng katta pingvinning balandiligi 1 yarim metr, og‘irligi 91 kg bo‘lgan. Pingvinlarda tishlar yo‘q. Ammo buning o‘rniga ularning tili va tomog‘i tikanli tuzilishga ega bo‘lib, u taomni tutib qoladi, og‘zidan tashqariga sirpanib chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi. Pingvinlar o‘rtacha 15-20 yil umr ko‘radi. Har bir pingvinni o‘ziga xos ovozi bo‘lib, ular bir-birlarini ovozlari orqali tanib oladilar. Pingvinlar dengizning sho‘r suvini icha oladi. Ularda maxsus bez mavjud bo‘lib, uning vazifasi suyuqlikni filtrlash, ortiqcha tuzlarni tashqariga uloqtirishdan iborat. Barcha pingvinlar umrining 75-80 foizini dengizda o‘tkazadi. Lekin juftlashish mavsumida quruqlikka chiqadi. Tuxumlarini ham yerga qo‘yadi. Tuxumlarni erkak va urg‘ochi pingvinlar navbati bilan bosib o‘tirishadi. Ular o‘zlari bosib turgan tuxumni isitish uchun qornidagi teri burma bilan o‘rab, 65 kun davomida o‘tirishadi. Imperator pingvinlari faqat bitta tuxum qo‘yadi. Qolganlari esa ikkitadan tuxum qo‘yishadi. Pingvinlar dengizdan quruqlikka sakrashni mohirlik bilan uddalashadi. Imperator pingvinlari suvdan quruqlikka sakrayotganda 180 santimetr balandlikkacha sakrashi mumkin. Ba’zi pingvinlar 100 metr chuqurlikkacha, imperator pingvinlari esa 500 metrgacha sho‘ng‘ishi mumkin. Pingvinlar ko‘payish mavsumida faqat bitta urg‘ochi pingvin bilan juftlashadi. (2)Imperator pingvinlar esa umr bo‘yi bitta jufti bilan yashaydi. Pingvinlarning ayrim turlarida juftlashish oldidan bir voqea sodir bo‘ladi. Erkak pingvin urg‘ochi pingvinning ko‘nglini olish uchun unga hadya sifatida katta toshni oldiga surib qo‘yadi. Hozirgi kunda ularning ko‘p turlari Xalqaro qizil kitobga kiritilgan. Ma’lumki, pingvinlar minus 40 daraja sovuqda yashaydi. Lekin nega muzlab qolmaydi? Hatto tanasidagi kichik bir hududda ham muzlash, qotib qolish jarayoni yuz bermaydi. Amerika Qo‘shma Shtatlarida shu masalada tadqiqot o‘tkazildi. Olimlarning xulosalariga ko‘ra, pingvinning terisida mayda teshikchalari bo‘lib, har bir teshikchada yog‘ to‘planadi. Ushbu yog‘ uning butun tanasini o‘rab oladi. Pingvin bu yog‘ orqali tanasini tozalaydi. Mana shu yog‘ natijasida pingvinning tanasi suv bilan namlanmaydi. Tanaga suv yuqmagani uchun muzlamaydi. (3)Havo juda sovib ketsa, pingvinlar jamoasi bir joyga to‘planib, yosh pingvinchalarni o‘rtaga olib, bir-birlari bilan siqilib turishadi. Natijada jamoaning o‘rtasida iliq havo yuzaga keladi. Ular shu alfozda havoning sovuqligi biroz pasayib, izg‘irin bosilguncha turishadi. Jamoaning chetida turgan pingvinlar sovuq havoda qiynalmasliklari uchun asta yurib ichkariga – iliq havo aylanib turgan markazga kirishga urinadilar. Shu tarzda hamma pingvinlar navbati bilan iliq havodan bahramand bo‘lib, sovuq havo oqimini talafotsiz o‘tkazadilar. Kaliforniya universitetining professorlari pingvin tanasining muzlamasligi borasida maxsus tekshirish o‘tkazdilar. Pingvin ajoyib tuzilishga ega jonzotdir. Uning tanasidagi yog‘ tananing suv bilan namlanishining oldini olib, tana ichiga sovuq havo kirishiga to‘sqinlik qiladi. Natijada u dengizda suzib, quruqlikka chiqsa ham tanasida suvning muzlashi sodir bo‘lmaydi. (4)Ba’zi xalqlar pingvinning go’shtini sevib iste’mol qilishadi. 6 Omon Nurmurodov Omon Nurmurodov Omon Nurmurodov 18. [1,7 ball] Matn mazmuniga mos to‘g‘ri shakllantirilgan gapni aniqlang. A) Pingvinlarning tishlari tilning orqa qismi va tomoqlarida joylashgan. B) Pingvinlar juftlashish mavsumida dengizning tubiga sho’ng’ishadi. C) Pingvinlar qanotlaridagi muskullari rivojlanmaganligi bois ucha olmaydilar. D) Pingvinlarning suyaklari boshqa qushlarga nisbatan zich joylashgan, bu esa ularga suv ostida ko’proq turish imkonini beradi. 19. [1,7 ball] Raqamlab ko‘rsatilgan qaysi gap matnning mazmuniy tuzilishida uslubiy xatolikni yuzaga keltirgan? A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 20. [1,7 ball] Matn mazmunida aks etgan to’g’ri ma’lumotni aniqlang. A) Pingvinlar tuxum qo’yishganda urg’ochi pingvin ularni 65 kun davomida bosib yotadi. B) Pingvinlar muzlab qolmasligi uchun o’z terisini yog’ bilan himoyalaydi. C) Imperator pingvinlar hayoti davomida bir necha jufti bilan birgalikda yashaydi. D) Pingvinlar Yer sayyorasining shimoliy qutbida eng ko’p uchraydigan jonzotlar sanladi. 21. [1,7 ball] Matn mazmuniga mos to‘g‘ri ifodalangan Download 183.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling