Milliy tadqiqot universiteti buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti


Download 1.19 Mb.
bet7/14
Sana07.04.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1336595
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Biotexnologiya uslubiy 1 (2)

Shisha idishlarni sterillash. Laboratoriyada ishlatiladigan shisha idishlar issiq quruq havo yordamida 180 °C dan yuqori bo’lmagan haroratda 1-3 soat davomida sterillanadi. Bunday haroratda mikroorganizmning vegetativ hujayralari va sporalari nobud bo’ladi. Sterillash avtomatik ravishda haroratni ushlab turuvchi maxsus sterilizatorlar yoki quritish shkaflarida hamda belgilangan haroratda amalga oshiriladi. Sterillanadigan shisha idishlar sterillashdan avval yaxshilab yuvilib, sterillashdan so’ng yana mikroorganizmlar bilan ifloslanmasligi uchun qog’oz bilan o’ralishi shart. Undan so’ng quritish shkaflariga sterillanadigan ididshlar tig’iz bo’lmagan holatda havo oqimi yaxshi aylanadigan holatda qilib joylashtiriladi. Sterillanishdan so’ng quritish shkafi ichidagi harorat 80°C tushguncha ochilmasligi lozim, aks holda shisha idishlarning darz ketishiga sabab bo’lishi mumkin.
Asbob-uskunalarni sterillash. Kichik metal asboblar - ilmoq, ignalar, pentsetlar, pichoq, shpatellar ishlatishdan oldin olov yordamida sterillanadi. Bundan tashqari buyum va qoplag’ich oynalar, shisha tayoqchalar va shpatellar, chinni (forfor) hovoncha va stupkalar, kolbalarning bo’yni, probirkalar, butilkalar, shu bilan bir qatorda paxta tiqinlar kulturalarni ekish oldidan qisqa muddatli olovda kuydirib olinadi. Olovda mikroorganizmlarning vegetativ hujayralari va sporalari nobud bo’ladi.
Shpritslar quruq issiq yordamida 160 °С da yig’ilgan holatda yoki yig’ilmagan holatda sterillanadi. Bunda birinchi holatda sterillanish vaqti 75 daqiqa, ikkinchi holatda esa 60 daqiqa davomida sterillanadi. Yig’ilgan shprits ignasi bilan probirka ichida, paxta probka bilan yopilgan holatda, yig’ilmagan shprits esa qog’oz yoki lattaga o’ralgan holatda avtoklavda 1 atm da 15-20 daqiqa davomida sterilanadi. Odatda ularni yig’ilgan holatda sterillash maqsadga muvofiq hisoblanadi, aks holda mikroorganizm bilan ifloslanishi mumkin.





1 – rasm. Asbob uskunalarni sterillash.



Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling