Milliy tadqiqot universiteti buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti


Download 1.19 Mb.
bet5/14
Sana07.04.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1336595
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Biotexnologiya uslubiy 1 (2)

Kerakli jihoz va materiallar. Mikroskop, qizil piyoz, buyum oynasi, qoplagich oyna, ustara, qisqich, suvli stakan, pipetka, osh tuzining bir normal eritmasi.
Ishning bajarilish tartibi: Plazmaliz va deplozmolizni kuzatish uchun qizil piyoz po’stidan ustara yoki igna yordamida yupqa kesma olinadi. So’ngra bu kesma buyum oynasiga qo’yilib, ustiga distillangan suv tomiziladi va usti qoplagich oyna bilan yopiladi. Bu preparat mikroskop stolchasida kichik (8x0 li) obyektiv bilan kuzatiladi. Peparatdagi hujayralar bir tekis bo’yalgan va tarang holda bo’ladi (turgor holatda). Bu holatni chizib olib, kuzatishni davom ettirib, qoplagich oynaning bir chekkasiga NaCl ning bir normal eritmasidan pipetka yordamida bir tomchi tomiziladi. Preparatdagi suv esa qoplagich oynaning bir tomonidan filtr qog’ozi shimdirib olinadi. Bir necha daqiqadan so’ng protoplazma hujayra po’stidan ajarilib (burchaklaridan) ichkariga tortila boshlaydi, ya’ni boshlang’ich plazmoliz boshlanadi. Kuzatuvni davom ettirib, protoplazmaning ko’plab ajrala boshlanganligini, botiq plazmolizni va nihoyat hujayra markaziga quyuqlashib, ya’ni qavariq plazmoliz ro’y berganligi kuzatiladi. Oradan biroz vaqt o’tgach, shu qoplagich oynaning bir chekkasidan (dastlabki suvni shimdirilgan tomonidan) bir necha tomchi toza suv tomizilib, ikkinchi tomondan (dastlabki eritmasi tomizilgan) filtr qog’ozi yordamida, qoplagich oyna ostidagi eritma shimdirilib olinadi. Natijada kesma hujayralari qayta suvni shimib oladi va turgor holatiga qaytadi, ya’ni deplozmoliz jarayoni sodir bo’ladi.

2 – rasm. Piyoz po’sti hujayrasida plazmoliz va deplazmoliz jarayoni.
3-labоratоriya mashg’ulоti.
Мavzu: Ajratilgan o’simlik hujayra va to’qimalari bilan ishlash jarayonida sterillash usullari. (2 soat)
https://www.youtube.com/watch?v=vXu6-3_2Ymg
https://www.youtube.com/watch?v=3MIIqA1NHqY
Ishning maqsadi: Talabalarni sterillash va sterillash usullari bilan tanishtirish hamda nima maqsadlarda ishlatilishi haqida ma’lumotlar berish.

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling