Milliy tarbiya asoslari” fanining predmeti, fan sifatidagi taraqqiyoti, bosqichlari


Download 44.67 Kb.
bet14/21
Sana18.03.2023
Hajmi44.67 Kb.
#1282586
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
Milliy tarbiya

Milliy tarbiya vositalari.

Milliy tarbiyaning manbai – milliylik! «Millat», «milliylik», «milliy g’urur», «milliy odob», «millatlararo muloqot madaniyati» tushunchalarining o’zagini arabcha «mil» so’zi tashkil qiladi. Bu so’z arabchada «o’zak», «tub mohiyat», «negiz» ma’nolarini anglatadi. «Millat» so’zi esa bir necha ma’noni: 1) din: mazhab; 2) ummat: bir mazhabga mansub aholi; 3) xalq ma’nolarini anglatadi.



  1. Milliy tarbiyaning falsafiy, metodologik asoslari.

ta’lim falsafasi tushunchasining mazmunmohiyati, ta’lim falsafasining pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi sifatidagi ahamiyati va roli, Prezidentimiz Islom Karimovning ta’lim falsafasi rivojiga qo‘shayotgan ulkan hissasi, u yaratgan ta’lim-tarbiya yangi tizimning mohiyati, Yurtboshimiz falsafiy jihatdan asoslab bergan O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotining pedagogik muammolari va ularni hal etish yo‘llari haqidagi g‘oyalari hamda yosh avlodni aqliy, ma’naviy, axloqiy, huquqiy, mafkuraviy, iqtisodiy, jismoniy tarbiyalashga oid yangicha metodologik yondashuvlari yoritilgan.
Hozirgi globallashuv jarayonlari va modernizatsiyalashgan jamiyatda ta’lim-tarbiyaning o‘rni, jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy
hayotidagi o‘zgarishlarning ta’lim-tarbiyada aks etishi masalalariga ham alohida e’tibor qaratilgan.



  1. Islom dini va o’zbekona tarbiya.

Islom dini va o’zbekona tarbiya.
Qur’oni karimning Baqara, YUnus, Hud, Nahd suralarida odamlarning dastlab bir millatga mansub bo’lganliklari, so’nfa esa bo’linib ketganliklari haqidagi fikr bir necha bor qayd qilinadi. Kur’oni karim har bir mo’min kishini o’z milliy qadriyatlarini boyitishga, o’z millatidan kechib, boshqa millat qo’shimchasiga aylanib ketmaslikka chaqiradi: «Va sizlar bir millat boshqa millatdan (son yo boylik jihatidan) ortiqroq bo’lgani uchun qasamlaringizni (buzib) aldov vositasi qilishingiz bilan(ya’ni, boshqa boyroq va kuchliroq qavmni topsangiz, avvalgi qasamlaringizdan kechib ketaverishingiz bilan) huddi o’zi to’qigan narsasini pishiq-puhta bo’lganidan so’ng parcha-parcha buzib-chuvatib tashlagan hotinga o’hshab qolmangiz! Albatta, Olloh bu (ahdga vafo qilishga buyurish) bilan sizlarni imtihon qilur va albatta qiyomat kunida sizlarga ihtilof qilib o’tgan narsalaringizni bayon qilib berur».
Qur’oni karimdagi ushbu ishoradan kelib chiqib, milliy tarbiya yosh avlodlarda o’z va o’zga halklarga hurmat, milliy g’urur, vatanparvarlik, milliy va millatlararo muloqot odobi kabi fazilatlarni shakllantiradi va o’zbek halqini ma’naviy va moddiy jihatlardan boy millatga aylantirishga hizmat qiladi, deya olamiz.
O’zbekona tarbiya mazmunidan joy olib, o’zaro munosabatlarda namoyon qilinishi lozim bo’lgan insoniy fazilatlarni ifodalovchi so’z-signallar mavjud. Masalan, «tavoze», «hayo», «vijdon», «iymon» va boshqa so’zlarning faol qo’llanilganligi milliy ma’naviyati-mizning yuksak cho’qqiga ko’tarilganligidan dalolat beradi.


  1. Download 44.67 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling