Tayanch iboralar Aqliy rivojlanish mezoni


Download 21.35 Kb.
Sana06.05.2023
Hajmi21.35 Kb.
#1433107
Bog'liq
18-seminar


18-SEMINAR MASHG’ULOTI: QOBILIYAT VA IQTIDOR (2 soat)

Tayanch iboralar
Aqliy rivojlanish mezoni (ong JQ - aqliy yosh (AYo) va xronologik yosh (XYo) orasidagi munosabatni bildiruvchi mezon. A.r.m. ushbu formula orqali aniqlanadi:
JQ = x 100
Intellektning biror bir yosh shkalasiga suyangan holda test natijalari orqali
rivojlanishini aniqlash mumkin.
Geniallik (lot. Genius - aql zakovat, buyuk iste'dod) - shaxsning eng yuksak darajadagi ijodiyoti bilan o’zini namoyon qilish hodisasi.
Zehn, layoqat - nerv tizimining ba'zi genetik nazariyalari anatomik-fiziologik xususiyati bo’lib, u kishida qobiliyatlar tarkib topishi va rivojlanishining dastlabki individual tug’ma tabiiy zaminidir.
Iste'dod - shaxsning ma'lum faoliyatida ifodalanadigan qobiliyatining yuqori darajasi.
Kommunikasion qobiliyatlar - kishining boshqa odamlar bilan bo’ladigan muloqotni yaxshilaydigan va birgalikdagi faoliyatda psixologik qovushuvchanlikni ta'minlaydigan qobiliyat.
Layoqat - nerv tiziminnig ba'zi irsiy determinlashgan anatomfiziologik xususiyati. Odamda qobiliyatlarni tarkib toptirish va rivojlanishining dastlabki yakka tug’ma, tabiiy zaminidir.
Mayl - shaxs qiziqishlari va fikrlarining biror faoliyat bilan shug’ullanishga jalb etilganligi, shaxsda kuchli istak, hohish tarzida namoyon bo’lib, bajo keltirilganda odamga mamnuniyat baxsh etadi.
Musiqiy qobiliyat - shaxsning musiqiy layoqatini belgilovchi psixologik xususiyatlari.
Umumiy iste'dod - kishining qobiliyatlari birligi. Bu shaxsning aqliy (intellektual) imkoniyatlari doirasi bilan faoliyatining o’ziga xosligi darajasini belgilab beradi.
Frenologiya (yunon. phren - ong, logos - ta'limot) - odamda u yoki bu xildagi qobiliyatlarning o’sganligini bosh suyagining tuzilishiga qarab aniqlash mumkin degan nazariya. Bu nazariya avstriyalik vrach F.Gall tomonidan tavsiya etilgan.
Qobiliyatlar - shaxsning ma'lum faoliyatidagi muvaffaqiyatlarini va osonlik bilan biron faoliyatni egallay olishini ta'minlaydigan individual psixologik xususiyatlar.
1. Qobiliyatlar tushunchasining mazmunini izohlang?
2. Qobiliyatlarning sifati va miqdor tavsifi nimalarda ko’rinadi?
3. Qobiliyatlar tuzilishini tarkibini ko’rsating?
4. Qobiliyat borasidagi nazariyalarning mazmuni nimalarda ko’rinadi?
5. Qobiliyatlarning tabiiy asoslarini ajratib ko’rsating?
6. Qobiliyatlarning rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar nimalar bilan belgilanadi?


Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati
1.Davletshin M.G Umumiy psixologiya T-2002 y
2.Karimova V.M. Psixologiya T-2002 y
3.Небылицы В. Д. Основные свойства нервной системы человека // Избранные психологические труды / Под ред. Б. Ф. Ломова. — М.: Педагогика, 1990.
4.Немов Р.С Психология 1-китоб М;. 1999 г
5.Psixologiya qisqacha izohli lug’at T-1998 y
6.Turg’unov Q. Psixologiya terminlarining ruscha-o’zbekcha izohli lug’ati T; "O’qituvchi" nashriyoti 1975 y
7.Umumiy psixologiya (A.V.Petrovskiy tahriri ostida) T; "O’qituvchi" 1992 y
8.G’oziev E.G’ Umumiy psixologiya 1-2 kitob T-2002 y
Download 21.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling