Milliy tarbiya va ijtimoiylashuv Reja
Download 39.9 Kb.
|
Kamolova Ezoza 2
Har bir millatda, mamlakatda davom etayotgan tarbiyaviy jarayon umuminsoniy tarbiya tizimining tarkibiy qismidir. Demak, har bir davlatda olib borilayotgan siyosat kabi, tarbiya siyosati ham umumbashariy ehiyojlardan kelib chiqib muvofiqlashtirilmog’i kerak. CHunki insoniyat tsivilizatsiyasi taqdiri barcha halklarga bir hil bog’liq va qimmatlidir. Sayyoramizga rahna solayotgan azon qatlamining emirilishi, SPIDning tarqalishi, ekologik havf-hatarlar, terrorizm huruji, antropologik tahdidlarni «umumbashariy pedagogik birlik»ka erishmay turib bartaraf qilish mushkul.Afsuski, bu zaruriy birlik mazmuni turlicha tushunilmoqda. Jumladan, ayrim hollarda «umumbashariylik» tushunchasi «ovrupolashganlik» sifatida talqin va tashviq qilinmoqda. Umumbashariy pedagogik birlik g’oyasi «umumbashariy pedagogik bir hillashuv» emas, balki barcha milliyliklarning insoniyat qarshisidagi havf, tahdidlarga qarshi millatlararo pedagogik birligi bo’lmog’i kerak. Zero, shahs avvalo milliylashib, ijtimoiylasha borgani sari umuminsoniy mansublikka yaqinlashadi. Demak, shahs umuminsoniy qadriyatlarni to’g’ri, ijobiy qabul qila olishi uchun, avvalo, o’zi shakllangan muayyan milliylikning barkamol sub’ektiga aylana olishi kerak. SHu o’rinda mamlakatimiz taraqqiyoti tamoyillaridan biri sifatida belgilangan milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligini mamnuniyat bilan qayd etish lozim.Milliylikning barkamol sub’ektini tarbiyalashni tadqiq qilish yo’lidan borar ekanmiz, milliylikning nafaqat madaniy-ijtimoiy, balki fiziologik asoslari ham ochildi.Fiziologlar olib borgan izlanishlar kishi u yoki bu millat tilida so’zlashgan vaqtida uning tashqi qiyofasi, yuz ko’rinishi o’sha millat kishilariga o’hshab ketishini asoslamoqda. CHunki boshqa tilda so’zni talaffuz qilish, tushuntirish uchun o’sha millatda qabul qilingan imo-ishoralar, hatti-harakatlardan foydalaniladi. SHuning uchun ham «kishi boshqa millat ahborotini qabul qilmasdan turib, miyaning toza bo’limlariga avvalo o’z ona tilida va o’sha hududga tegishli ahborotni joylashtirgandagina milliy o’ziga hoslikni saqlab qoladi. Mabodo olinayotgan ahborot turli-tuman, omuhta bo’lsa, ustiga-ustak keraksiz ahborot qabul qilinsa, u miyada mustahkam o’rna-sha olmaydi. Natijada, bunday kishi fikrlash jihatidan ham arosatda qoladi»1.Download 39.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling