Milliy tarbiya va ijtimoiylashuv Reja
Download 39.9 Kb.
|
Kamolova Ezoza 2
Fan taraqqiyotining yangi bosqichi boshlanganida u yoki bu atama, tushuncha mazmuniga aniqliklar kiritilib, boyita boriladi. Pedagogikaning tub atamalari bo’lmish «ta’lim», «shahs rivojlanishi», «ijtimoiylashuv», «tarbiya» kabilar ham ana shu qonuniyatga bo’ysunadi. «Kommunistik tarbiya» iborasi ijtimoiy qo’llanuvdan chiqarilgach, «milliy tarbiya» tushunchasi qo’llanila boshlandi. Ilmiylik tamoyili boyagi iboralardagi «kommunistik» va «milliy» sifatlovchilarini ta’riflash bilan bir vaqtda «tarbiya» tushunchasining yangilanayotgan jamiyatdagi yangi, zamonaviy, ilmiy ta’rifini talab qiladi.Eng e’tiborli ilmiy maqolalardan biri G. Hayrullin qalamiga mansubdir. Olim o’zining «Pedagogikaning tushunchalar apparati» maqolasida «tarbiya» tushunchasining shu paytgacha an’anaviy bo’lib kelgan «jamiyatda yashash va mehnat qilish uchun lozim bo’lgan ijtimoiy tajribaning kattalar tomonidan uzatilishi va yangi avlodlar tomonidan faol o’zlashtirilishi» degan ta’rifini tanqid qiladi. G. Hayrullinning fikricha, «bu ta’rif faqatgina maktab sharoitiga bog’liq bo’lib, tarbiyachining tarbiyalanuvchidan albatta yoshi ulug’ ekanligi kabi tor asosga ega. SHuning uchun ham, «tarbiya» tushunchasini «ajdodlar ijtimoiy tajribasini uzatish va qabul qilishda shahsga ijtimoiy va tabiiy omillarning ta’sir etishi» deb tushunish lozimdir. Ana shunda, deb ta’kidlaydi olim, «tarbiyaning pedagogik mohiyati «tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy tajribasini o’zlashtirishlariga maqsadli ta’sir qilish»da namoyon bo’ladi. Ushbu tajribani o’zlashtirish shahsni ma’lum yo’nalishga qaratib rivojlantiradi, shakllantiradi».Milliy tarbiyaning nazariy asoslarini belgilashda sobiq sovet pedagogikasi nazariyotchilarining SSSR parchalanib ketish arafasida kelgan hulosalari muayyan ahamiyatga ega. Akademiklar A. Bodalev, V. Karakovskiy va L. Novikovalar o’sha davrdagi tarbiyaviy illatlar (nigilizm, ma’naviyatsizlik, ahloqsizlik, hudbinlik va boshqalar)ni keltirib chiqargan sabablarni qidirishdi. Aniklangan sabablar O’zbekiston pedagogika fani va amaliyotida qayta takrorlanmasligi uchun ularni quyida sanab o’tamiz. Akademiklarning hulosalariga ko’ra, 90-yillarda sovet tarbiyasi tushgan og’ir ahvolning bosh sabablaridan biri — tarbiyaning ilmiy asoslarining ishlab chiqilmaganligi edi. Bu asoslar quyidagi mazmunda yaratilmog’i kerak: 1) shahsning pedagogik modelini tuzish va shu orqali uni tarbiyalash yo’nalishlarini belgilab olish; 2) «tarbiya» tushunchasining mohiyatini zamonaviy pedagogika va psihologiya fanlari nuqtai nazaridan qayta ko’rib chiqish; tarbiyaning mavqeini ko’tarish; 3) jamiyatni tarbiyalovchi jamiyatga aylantirish uchun uning tarbiyalovchi imkoniyatlarini amalga oshirishning asosiy shart-sharoitlarini tadqiqot qilish kerak. Milliy tarbiya esa ushbu sabablarning takrorlanmasligining ilmiy asoslangan kafolatlariga ega. YA’ni, 1) muayyan milliy tarbiyaviy fazilatlarning asosli etalon, mezonlari va aniq yo’nalishlariga ega; 2) milliy tarbiya «tarbiya» tushunchasining mohiyatini zamonaviy pedagogika, psihologiya, etnopedagogika, etnopsihologiya, sotsiobiologiya, oliy nerv faoliyati fiziologiyasi va antropologik bilimlar tizimi qo’lga kiritgan ilmiy natijalar asosida oydinlashtiradi; 3) milliy tarbiya jamiyatni «tarbiyalovchi jamiyat»ga aylantirish uchun uning pedagogik imkoniyatlarini amalga oshirishning asosiy shart-sharoitlarini qayd qiladi va ijtimoiy-milliy tarbiya omillari sifatida ularga tayanadi. CHunki til, urf-odat, psihologiya, dunyoqarash bolaga uning hohishidan tashqari holatda o’z milliy tarbiyaviy ta’sirini o’tkaza boradi.Download 39.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling