Мавзу №3 Некроз ваапоптоз. Аъзолардаетишмовчилигининингпатологиканатомияси


Download 1.12 Mb.
bet1/11
Sana05.01.2022
Hajmi1.12 Mb.
#221543
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3 patan javoblar


Мавзу №3

Некроз ваапоптоз. Аъзолардаетишмовчилигининингпатологиканатомияси.

Танатология асослари. Ўлим, ўлимбелгилари. Аутопсия

Ўқувмашғулотиданмустақилдарсберишвадарсдамуҳокамақилишучунназарийсаволлар:



  1. Некроз: ривожланишнингтаърифивамеханизмлари (оқсилденатурациясива лизис). Паранекроз тушунчаси, некробиоз, парабиоз, аутолиз.

Javob: Nekroz tirik organizm to'qimasi yoki organidan bir qismining o'lishi, halok bo'lishidir. Nekroz boshlanganida to'kima yoki organ o'sha qismining hayot faoliyati to'xtaydi. Nekroz alteratsiyaning so'nggi va qaytmas bosqichi bo'lib, nekrobiozdan, ya'ni to'qimadagi qaytmas, chuqur o'zgarishlardan keyin boshlanadi.

Autoliz (avto... va yun. lisis – yemirilish, parchalanish) – o‘simlik yoki hayvon organizmidagi to‘qimalarning o‘z-o‘zidan parchalani-shi.



  1. Некротикжараённингпатогенези. Некрознингўзигахосбосқичлари.

Javob: Nekrozning avj olib borish jarayonida uch bosqich tafovut qiladi: 1) nekroz oldi bosqichi (to'qima, organning qaytmas o'zgarishlar boshlanmasidan oldingi holati), 2) nekroz bosqichi (to'qima, organning halok bo'lishi), 3) destruktiv o'zgarishlar bosqichi (to'qima detritining parchalanib, chirib ketishi, qoldiqlarining cheklanib turishi).

  1. Цитоплазма ваҳужайраядросиданекротикжараённингморфологик (микроскопикваультрастрктурал) ўзгаришлари. Атрофдаги структур элементларнингреакцияси (яллиғланиш, гемодинамик ўзгаришлар). "Тўқимадетрити"тушунчаси.

Javob: Yalligʻlanish — kasallik qoʻzgʻatuvchi zararli omillar (fiz., kimyoviy, biol.) taʼsiriga qarshi organizmning murakkab mahalliy nomaxsus himoya reaksiyasi. Shikastlangan soha Ya. reaksiyasi tufayli organizmning sogʻlom toʻqimalaridan ajralib qoladi; u joyga qondan immun hujayralar kelib, ular har xil destruktiv effektlarni rivojlantiradi. Arteriyalar va kapillyarlarning qon bilan toʻlishi Ya. oʻchogʻida qizarish va gipertermiyaga, tomirlar oʻtkazuvchanligining oshishi shish va ogʻriqqa sabab boʻladi (nerv oxiriga bosim boʻlganligi hisobiga). Leykotsitlar migratsiyasi (birinchi navbatda, neytrofillarning) va ularning faollashishi atrofdagi toʻqimalarning sitolizi va yiring hosil boʻlishiga olib keladi. Ya. oʻchoklari zararli omilni bostiruvchi asosiy mexanizmlarga fagotsitoz, hujayradan tashqari sitoliz, nomaxsus kontaktli killing , hamda komplement tizimining sitolitik reaksiyalari hisoblangan gumoral reaksiyalar kiradi. Shu bilan bir vaqtda Ya. mahalliy va umumiy immunitetining rivojlanishiga turtki boʻladi. Ya. organizmning ilk reaksiyalaridan biri hisoblanib, u organizmni yot jismlardan himoya qilish yoki parchalangan oʻz hujayralaridan tozalash kabi vazifalarni bajaradi.

YA. uchta muhim tarkib (komponent)dan: alteratsiya (hujayra va toʻqimalarning shikastlanishigacha boʻlgan oʻzgarishlari), ekssudatsiya (suyuqlik va qon hujayralarining tomirlaridan chiqishi) va proliferatsiya (hujayralarning koʻpayishi va toʻqimalarning oʻsib ketishi)dan tashkil topgan. Ya. reaksiyalarining har qanday koʻrinishlarida bu uch komponent albatta mavjud boʻladi.

4. Некрознингклассификацияси (травматик, токсик, трофоневротик, аллергик, қонтомирли) ва патоген омил (билвоситавабевосита некроз) таъсирқилишмеханизмигабоғлиқ.

Javob: Travmatik nekroz odamning shikastlanib qolishi, ya'ni fizik, elektrik yoki mexanik travmaga uchrashi natijasida boshlanishi mumkin. Masalan, odam badani yuqori kuchlanishli elektr o'tkazgich liniyaga tekkanida, yuqori va past harorat yoki konsentrlangan kislota va ishqorlar ta'sir qilganda to'qimalari nekrozga (koagulyatsiya va kuyib, ko'mirga aylanish darajasigacha borib yetadigan nekrozga) uchrashi mumkin.



Toksik nekroz. To'qimalarga toksinlar ta'sir etgan mahalda toksik nekroz boshlanadi. Odam sulema, dori preparatlari (sulfanilamidlar, sintetik antibiotiklar va boshqalar) bilan zaharlanib qolgan paytda nefronlar proksimal va distal bo'limining halok bo'lib ketishi toksik nekrozga misol bo'la oladi. To'qimalarga boshqa zaharli moddalar, aksari bakteriyalardan ajralib chiqadigan moddalar ta'sir qilgan mahallarda ham toksik nekroz paydo bo'ladi. Masalan, silda uchraydigan kazeoz nekroz, zaxm, qorin tifida bo'ladigan nekroz ana shunday nekroz jumlasiga kiradi.


Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling