Мавзу №3 Некроз ваапоптоз. Аъзолардаетишмовчилигининингпатологиканатомияси
Download 1.12 Mb.
|
3 patan javoblar
Trofonevrotik nekroz bosh miya yoki orqa miya zaharlanganida, masalan, jarohatlanganida yoki o'sma paydo bo'lganida kuzatiladi, bu narsa teri nerv trofikasi buzilishi munosobati bilan yotoq yaralar paydo bo'lishiga olib keladi.
Denervatsiya ham neyrogen nekrozga sabab bo'lishi mumkin. Neyrogen nekroz bilvosita yo'l bilan, ya'ni nerv sistemasi ta'siri ostida boshlanadigan nekroz deb ham hisoblanadi. Allergik nekroz organizm to'qimalarining qanday bo'lmasin biror xildagi biologik, fiziologik yoki kimyoviy omilga haddan tashqari sezgirligi munosabati bilan boshlanadi va organizm reaktivligi o'zgarib qolgan sharoitlarda kuzatiladi ( Artyus fenomeni). Buyraklarning ikki tomonlama kortikal nekrozlari shu fenomenning odamda uchraydigan tarqoq xillariga kiradi. Odam ba'zi dorilardan zaharlanganida, masalan, unga penitsillin yuborilganida, ko'riladigan nekroz asosan allergiyaga bog'liqdir (bunda badan terisining kattagina joyi nekrozga uchrashi mumkin). Tomirlarga aloqador (angiogen) nekrozlarning asosiy sababi to'qimaning qon bilan ta'minlanishi izdan chiqishi, to'qimalar nafasida ishtirok etadigan fermentlarning ishlamay ko'yishi yoki denaturatsiyaga uchrashi natijasida boshlanadigan to'qimalar asfiksiyasidir. Masalan, iprit va lyuizit ta'sir etganida bu moddalar hujayra ichidagi nafas fermentlarining sulfgidril guruhlarini biriktirib olib, to'qimalarning kislorodni o'zlashtirish layoqatidan mahrum qiladi va shu taryqa nekrozga sabab bo'ladi. Lekin angiogen nekroz ko'pincha: tomir yo'liga tromb, embol tiqilib qolishi, tomirga ip solib boglash, kon bilan ta'minlanishning funksional yetishmovchiligi, tomirlar periferik tarmoqlarining spazmi yoki falaji tufayli boshlanadi. Odam qoramig'dan zaharlangan mahallarda (qoramigning ta'sir ko'rsatadigan moddasi ergotin tomirlarni toraytiradigan moddadir), shuningdek Reyno kasalligi vaqtida qo'l-oyoqlarning gangrenaga uchrashi ana shunday nekrozlarga misol bo'ladi. 5. Некрознинг клиник ваморфологикшакллари: коагуляцион (қуруқ), колликвацион (нам), гангрена, инфаркт, ёғнекрози, секвестр уларнингхарактеристикалари. Некрознингаҳамиятиваунингоқибатлари. Болаларданекрознингхусусиятлари. JAvob: Koagulyatsion nekroz bosh miya bilan orqa miyani aytmaganda, to'qimalarning ishemiyadan zararlanishi uchun xarakterlidir. Koagulyatsion nekroz asosida oqsillarning denaturatsiyalanishi yotadi. Nekrozning bu turi oqsilli to'kimalarda, masalan, ko'ndalang targ'il muskullarda hammadan yaxshiroq ko'zga tashlanadi. Qoagulyatsiya hujayradagi ferment sistemalarining chuqur denaturatsiyasi bilan birga davom etib boradi va proteinazalarning ta'siriga ha deganda berilavermaydigan chidamli moddalar paydo bo'lishiga olib keladi. Koagulyatsiyaga uchragan to'qimalar gidrolitik parchalanishga berilmaydigan bo'lib qoladi. Koagulyatsion nekrozning mexanizmi jonsizlangan to'qimalarga kalsiy o'tishiga bog'liq, shu kalsiy oqsillarni ivitib qo'yadigan fermentlarni faol holga keltiradi. Koagulyatsion nekrozga: 1) miokard, buyrak, taloqning ishemik infarkti, 2) qorin oldi devori ko'ndalang targ'il muskullarining senker (mumsimon) nekrozi (bu nekroz ich terlama paytida kuzatiladi), 3) asosan sil infeksiyasi o'choqlarida uchraydigan suzmasimon (kazeoz) nekroz misol bo'lib xizmat qilishi mumkin. Kollikvatsion (nam) nekroz jonsizlangan to'qimaning irishi bilan ta'riflanadi va nami ko'p va lipidlarga boy to'qimalarda (bosh miyada) kuzatiladi. Kollikvatsion nekroz autoliz yoki geterolizis tufayli boshlanadi, bakterial infeksiya uchun xarakterlidir, chunki bakteriyalar leykotsitlarning to'planib qolishi uchun juda yaxshi sharoit yaratadi. Yurak, jigar, buyrakdagi gipoksiya mahalida noma'lum sabablarga ko'ra negadir koagulyatsion nekroz boshlanadiyu, lekin markaziy nerv sistemasida kollikvatsion nekroz yuzaga kelib, kistalar hosil bo'ladi. Kollikvatsiya patogenezi kanday bo'lmasin, lekin u hujayraning o'lib ketgan tuzilmalari hazm bo'lishiga qulaylik tug'diradi. Fermentativ yog'li nekroz nekrozning alohida bir turi bo'lib hisoblanmaydi, lekin ancha ko'p uchraydi va pankreonekroz degan nom bilan ko'proq ma'lum. Uni faoliyati kuchaygan pankreatik fermentlarning me'da osti bezi parenximasi va qorin bo'shlig'iga patologik yo'l bilan ajralib chiqishi natijasida ma'lum joydagi yog'larning destruksiyaga uchrashi deb qaraladi. Bu fermentlar atsinar hujayralar va bez yo'llaridan tashqariga chiqib, hujayra membranalaridagi yog'larni eritadi, chunki faol holga o'tgan lipaza hujayra yog'larida bo'ladigan triglitseridlar efirlarini parchalaydi. Atsinar hujayralarda fermentativ autoliz boshlanib, nekroz o'choqlari yuzaga keladi. Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling