Мавзу №3 Некроз ваапоптоз. Аъзолардаетишмовчилигининингпатологиканатомияси
Download 1.12 Mb.
|
3 patan javoblar
Gangrenada (yunoncha gangraina ya'ni yong'in degan so'zdan olingan). Nekrozga uchragan to'qima kuygandek bo'lib, ko'zga tashlanib turadi. Nekrozlangan joy tashqi muhit ta'siri (unga havo tegib turishi, bakteriyalar ta'sir qilishi) tufayli rangi o'zgarib, qorayib qoladi. Quruq gangrenada o'lik to'kimalar quruq havo ta'siri ostida namini yo'kotib, burishadi, qattiq va qora bo'lib qoladi (mo'miyolanish). Keksa odamlar oyoqlarining arteriyalari tortishib, torayib qolganida va ularda tromboz paydo bo'lganida, badan kuygani, badanni sovuq olgan mahallarda ko'pincha shu xildagi gangrena paydo bo'ladi
Nekrozning turlaridan yana biri sekvestrdir. U tirik to'qimalarda erkin holda yotadigan va uyushish jarayoniga berilmaydigan o'lik to'qima bo'lagi bo'lib hisoblanadi. Sekvestrlar odatda osteomiyelitlar paytida suyaklarda yoki o’q tegib suyak singanidan keyin paydo bo'ladi (29-rasm). O'lik to'kima atrofida yiring bilan to'la bo'shliq sekvestr kapsulasi paydo bo'ladi. Yumshoq to'qimalar ham sekvestrlanishi mumkin. Masalan, ich terlama paytida nekrozga uchragan peyer pilakchalari sekvestrlanishi mumkin. Biroq, bu sekvestrlar tez irib, suyuqlanib ketadi. Infarkt nekroz hammadan ko'p uchraydigan turi (tomirlarga aloqador nekroz) bo'lib, kon aylanishi birdan izdan chikkan mahallarda ichki organlarda ro'y beradi. Ishemik nekrozlar miokard, buyrak, jigar, taloq, o'pkada kuzatiladi. Ularning shakli, katta-kichikligi, rangi va yumshok-qattikligi (konsistensiyasi) juda har xil bo'lishi mumkin. Ular ponasimon yoki noto'g'ri shaklda, katta joyga yoyilgan va ko'zga tashlanib turadigan yoki faqat mikroskop ostida ko'rinadigan (mikroinfarkt) bo'lishi mumkin. 6. Инфаркт: сабаблари, патогенези, оқибатлари. Инфарктнингморфологияси. Инфарктнитурлари: оқ, оқгеморрагикҳошияли (аралаш) вақизил. Javob:Tashqi ko'rinishi jihatidan olganda infarktning uch turi tafovut qilinadi: oq infarkt, gemorragik tojli oq infarkt va qizil infarkt.
Nekroz bo'lgan joy atrofida reaktiv yallig'lanish boshlanishi munosabati bilan endokardda trombotik, perikardda esa fibrinoz karashlar paydo bo'ladi. Miokard infarkti o'tkir ishemiya kasalligi deb hisoblanadi va ko'pincha gipertoniya kasalligi bilan ateroskleroz mahalida boshlanadi. Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling