Oʻlim (boshqa nomlari: vafot, qazo, ajal) tirik organizm faoliyatini tutib turuvchi barcha biologik funksiyalarning toʻxtatishidir. Oʻlimga olib keluvchi fenomenlar sirasiga keksayish, yirtqichlik, ochlik, kasallik, xudkushlik, qotillik, baxtsiz hodisa, jarohat kabilar kiradi. Oʻlimdan keyin organizmlar chiriy boshlaydi.
Oʻlim — organizm hayot faoliyatining butunlay toʻxtashi, ortga qaytmas jarayon.
12. Ўлим клиник вабиологикҳисобланади. Ўлимбелгилариваўзгаришлар. Хомиланингўлимитаърифи.
Klinik oʻlim, hayot funksiyalarini tiklash imkoni qolmaguncha, yaʼni biologik oʻlimgacha boʻlgan davr. Bunda hayotning tashqi belgilari (yurak urishi, nafas) 3—5 daqiqa yoʻqoladi, markaziy nerv sistemasi funksiyalari soʻnadi, lekin moddalar almashinuvi jarayoni saqlanadi. Agarda klinik oʻlim holatida bemorga tez yordam koʻrsatilmasa biologik oʻlim holatiga oʻtadi. Bu holatda bemorni qutqarishning ilojisi yoʻq.
Do'stlaringiz bilan baham: |