Milliy tarbiya vositalari
Download 21.87 Kb.
|
Milliy tarbiya vositalari
Kalbo‘tayeva O‘g‘iloy Milliy tarbiya vositalari Antropologlarning shahodat berishlaricha, odamning tashqi ko’rinishi kechki paleolit—kromanonlar davridan buyon o’zgarmasdan kelmoqda. Bu fikrning zamonaviy fanlar tomonidan tasdiqlanganligi odamning biologik evolyutsiyasi tugallanganligini bildiradi. Odamdagi evolyutsion rivojlanishning yakunlanishi esa undagi madaniy rivojlanishni boshlab beradi. Odamda oliy taraq-qiy etgan turlarga hos bo’lgan emotsional-instinktiv hususiyatlar genetik meros sifatida mavjud bo’lib, bu hususiyatlarni chaqaloq dunyoga kelganida, uning rivojlanishining ilk oylarida kuzatish mumkin. Ijtimoiylashuv (sotsializatsiya) esa odam mohiyatini go’daklikdan boshlab kamolatga erishuv tomonga o’zgartira boradi. Inson o’zining ijtimoiy-madaniy rivojlanishi jarayonida ajdodlarining milliy qadriyatlarini ijodiy o’zlashtiruvchi, zamoniylashtiruvchi, boyituvchi va o’zgartiruvchidir. Ana shu insoniy burchlarning har bir shahs tomonidan mukammal bajarilishi ijtimoiy taraqqiyotning boy, rang-barang madaniy oqimlarini hosil qiladi, saqlab turadi. SHu nuqtai nazardan, har bir inson o’zida tarihiy, ijtimoiy, madaiiy-milliy ko’rsatkichlarni mujassamlashtiruvchi tarbiya mahsulidir. Turli halqlarning bir-birlarini tanishida, bilishida, bilvosita va bevosita millatlararo muloqotlarda insonning milliy jihatlari alohida qiziqish uyg’otgan. Qadim zamonlarda ham tarihchilar, sayyohlar, qomusiy bilimga ega mutafakkirlar (Ibn Batuta, Strabon, Abu Rayhon Beruniy, Mikluho Maklay, Lui Gonsales de Klaviho, Herman Vamberi va boshqalar) qoldirgan asarlar, ijtimoiy-falsafiy, ahloqiy ta’limotlarda ham boshqa halqlar hayotini qiyosiy o’rganish yo’nalishi mavjud edi. XIX asrga kelib G’arb ijtimoiy fanlarida boshqa halqlar milliy-madaniy hususiyatlarini tadqiq qiluvchi kulturantropologiya va sotsiologiya yo’nalishlari mahsus fanlarga aylandi. Bu fanlar «boshqa dunyo kishisi» muammosini o’rgana boshladi. Aslida esa bu — boshqacha tarbiya — milliy tarbiyaning tizim, uslublari, maqsadlaridagi hususiyliklarni ilmiy nuqtai nazardan o’rganish davri boshlanganligini anglatar edi. XIX asr uchun «boshqa dunyo kishisi»ni o’rganish taraqqiyparvar yangilik edi. Zero, kulturantropologiya «Boshqa mamlakat, millat kishisi qanaqa?», «U o’zini o’rab olgan dunyoni, borliqni qanday idrok qiladi?», «U yahshilik va yomonlikni qanday tushunadi?», «U o’z hatti-harakatlarida qanday mezonlarga asoslanib yo’l tutadi?» kabi savollarga javob izlar edi. Odamlarning dunyo haqidagi bilimlari ortib, yangi erlar ochilib, savdo-sotiq, munosabatlari kengaya borgani sari ushbu muammoga qiziqish ham orta bordi. Ayniqsa, Ovrupoda kapitalistik jamiyatning shakllana borishi va shu bilan bog’liq ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar, ayniqsa, mustamlakachilik davri u yohud bu halqlarning milliy hususiyatlarini o’rganishga kuchli turtki berdi. CHunki mustamlakachi, milltsioner, plantatorlar o’z mustamlakalari — mahalliy halqlar haqida hech bo’lmasa ibtidoiy tasavvurga ega bo’lishlari o’zlari uchun foydali edi. Qolaversa, bu masala mustamlakachilikning kelajagi—mahalliy halqlarni «madaniy-oqartuv» orqali inglizlashtirish, frantsuzlashtirish, ya’ni madaniy-ma’naviy mustamlakalarga aylantirishning samaradorligini ta’minlash uchun ham kerak edi. O’zga halqlarning maishiy harakterini o’rganish faqat mo’may foyda orttirish maqsadi bilan cheklanib qolmadi. CHunki mustamlakachilar va mahalliy halqlar milliy qadriyatlari orasidagi mavjud tafovutni echish ilmiy muammoga aylanib ulgurgandi. Zero, ovrupoliklar boshqa millatlarni shahslar majmui emas, balki qandaydir aqlga zid afsonalar ta’sirida yashovchi individlar, deb id-rok qilar edi (N. Trubetskoy, N. Berdyaev). Masalan, osiyoliklar yoki afrikaliklar o’zlari uchun milliy, ovrupoliklar nazarida esa qandaydir «g’alati» ahloq-odob, urf-odat, an’analarga rioya qilar edilar. Ikkinchi tomondan, mahalliy halqlar uchun ovrupoliklarning hatti-harakatlari, odob-ahloqi, urf-odatlari huddi shunday g’alati ko’rinardi. SHu tariqa, yuqoridagidek o’zaro milliy-madaniy tushunmovchiliklar, ziddiyatlarni echish, bir-birini tushunish ehtiyojlari XIX asrda madaniy antropologiya asosida «noovrupo jamiyatda madaniyat va shahs», «etnopsihologiya» singari ilmiy yo’nalishlarni yuzaga keltirdi. Natijada, «fe’l-atvorning milliyliga» ilk bor ijtimoiy-siyosiy, keyinchalak esa pedagogik ilmiy tushunchalarga aylana bordi. Milliy tarbiyaning etnopedagogik qirralarini ilk bor kashf etgan olimlardan biri — kulturantropolog M. Mid bo’ldi. Uning tadqiqotlari nafaqat geterostereotip (bir halqning boshqa halqlar haqidagi bilimlari yig’indisi)ning, balki osiyolik va afrikaliklarda avtostereotip (o’z halqi haqidagi bilimlar yig’indisi)ning shakllanishiga, boshqacha qilib aytganda, o’zligini anglashga ham turtki bo’ldi. M. Mid har bir kishining ma’lum milliy muhitdagi hulq-atvorini tushunishda uning bolalikda olgan milliy tarbiyasi ta’siri nihoyatda katta ahamiyatga egaligini qayd qiladi. CHunki bolalarning milliy tarbiyaviy ta’sirni qabul qilish jarayoni va kattalarning milliy fe’l-atvorlari orasida izchil aloqa mavjud. Tarbiyaning milliy hususiyat kasb etishida bir avloddan ikkinchi avlodga o’tib keluvchi an’analar, marosim, udum, ishlab chiqarish va hayotiy malakalar, afsonalar, hulq-atvor tarzi, bolalarga, o’smirlarga, qariyalarga munosabatlarning o’ziga hosligi katta rol o’ynashini M. Mid alohida qayd etadi. Milliy tarbiyaning o’ta muhim ijtimoiy-psihologik omili bor. Bu-harakterning milliyligidir. Milliy harakter kontseptsiyasi turli etnoslarda ularning o’zlarigagina hos milliy harakter mavjudligini: shahsning milliy harakteri ustuvor psihologik hodisa bo’lib, bu uning milliy hulq-atvorida namoyon bo’lishini; ana shu ko’rsatkichlarga asoslanib, u yoki bu halqqa, millatga mansub kishilar harakgerining modelini — o’rtacha milliy harakter namunasini yaratish mumkin, degan hulosalarni asoslaydi. Bir millatga mansub kishilar uchun umumiy bo’lgan fazilatlarni o’zida mujassamlashtirgan namunaviy milliy shahs siymosi mavjudligini birinchi bo’lib A. Kardiner qayd qildi. U «milliy shahs»ning shakllanishida, eng avvalo, oilaning milliy-tarbiyaviy ta’sirini, undan keyin ijtimoiy tarbiya omillarining etakchi roli-ni alohida qayd qiladi2. Ikkinchi jahon urushidan keyin Yaponiya va G’arbiy Germaniya aholisining psihologiyasi o’rganilib, millat, uning qadriyatlar tizimi, muloqot usullari va boshqa ko’rsatkichlari milliy madaniyat ta’sirida shakllanishi isbotlandi. Turli mintaqalarda o’tkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijalarining umumlashtirilishi: muayyan halqqa hos dunyoqarash, turmush tarzining mavjudligi -halqparning turli «namunalari»ni qosil qilishini; turli «namunalar»ning mavjudligi esa bolalarni tarbiyalashda o’ziga hoslikning mavjudligiga, qadriyatlar tizimining kattalar hulq-atvorida aks etishiga bog’liq ekanligini ko’rsatdi. Biroq, o’tkazilgan etnografik va etnopsihologik tadqiqotlar muayyan bir halqning milliy harakterini o’rganayotgan olimning o’zi boshqa madaniyatga mansubligi tufayli o’rganayotgan millat madaniyatining tub mohiyatini mukammal his qilolmasligi natijasida, tadqiqot ma’lumotlarini talqin qilishda hato va kamchiliklarga yo’l qo’yishi mumkinligini ham isbot-ladi. 50-yillarda Amerika etnopsihologiyasining milliy harakteriga hos kamchilikslari ham aynan shunda edi. Albatta, bu omil milliy harakter kontseptsiyasiga hos ob’ektiv mohiyatni o’zgartirmadi, aksincha, tadqiqot uslubiyatini takomillashtirishga turtki bo’ddi, holos. Milliy tarbiya vositasida avloddan-avlodga o’tuvchi milliy madaniyat va uning tsivilizatsiya bilan munosabatini misrlik mashhur pedagog Sote’ al-Husriy (1880-1968) o’z tadqiqotlarida yaqqol ochib berdi. «Menga madaniy birlikning kafolatini bering, men esa sizga birlikning boshqa barcha turlari kafolatini beraman» degan mashhur fikr ana shu olimning qalamiga mansub. Al-Husriy SHarqda milliy-zamonaviylik oqimining tashkil topishiga katta hissa qo’shdi. U zamonaviy arab milliy madaniyati tiklanishi arafasida pedagogikada «eskilik-yangilik», ya’ni milliy fundamentalizm va milliy zamonaviylik orasida tafovut mavjudligi muammosini kun tartibiga qo’ydi. Al-Husriy, bir tomondan, milliylikni faqat tarihiy an’ana deb tushunuvchi fundamentalizm, qadimiychilik tarafdorlarini, ikkinchi tomondan, milliylikdan yuz o’girib Ovrupo madaniyatiga taqpid qilishga undovchi «g’arbiy»larni tanqid qilib, bu tarbiyaviy muammoni faqatgina «sintez qilish orqali» echish mumkin, degan ilg’or fikrni o’rtaga tashladi. 1953 yili Misr milliy mustaqillikni qo’lga kiritgach, Al-Husriy maktab-maorifni «ma’naviy mustamlakalik»ka qarshi kurash maydoni, deb atadi. SHuning uchun ham u arab maktablarida milliy g’urur, vatanparvarlik tarbiyasiga alohida e’tibor qaratishga chaqirdi. Ma’rifatparvar Al-Husriy G’arb ta’lim tizimini Arabistonga namuna, nusha qilib ko’chirib olish havfli va befoyda deb hisoblar edi. CHunki, «boshqa muhitga ko’chirilgach, o’z joyiga hos bo’lgan ijtimoiy omillar ta’siridan ajratilgach, ko’chirib keltirilgan maorif tizimi butunlay boshqa natijalar beradi». SHuning uchun, deydi pedagog Al-Husriy, «biz boshqa har qanday millat maorif tizimiga o’ralashib qolmasdan, taraqqiyotda bizdan o’zib ketgan barcha millat tajribalaridan kelib chiqqan holda o’zimizning alohida maorif tizimimizni tuzmog’imiz kerak». SHuningdek, Al-Husriy arab tilining ilmiy atamalarini yaratishga chaqirib, «milliy tarbiya» tushunchasini ilk bor ilmiy-pedagogik muomalaga kiritdi. SHu tariqa milliy tarbiya, bir tomondan, mulkdor boylar orasida mavjud «o’z manfaatlarini millat manfaatidan yuqori qo’yish va ochko’zlikka, ikkinchi tomondan, mutaasib ruhoniylarning «taraqqiyotga eltuvchi ilg’or g’oyalarga dushmanligi»ga qarshi kurashda samarali qurol bo’lib hizmat qildi. YUqoridagi ilmiy ta’riflarning nosinfiy, holis tahlili «madaniyat», «milliylik» tushunchalarining tarihiy, zamonaviy va istiqboliy tushunchalar ekanligi haqidagi hulosani hosil qiladi, «TSivilizatsiya» tushunchasi esa ko’proq jug’rofiy, mintaqaviy hususiyatga ega bo’lib, asosan fan va tehnika yutuqlarini egallaganlik darajasini ifodalaydi. Ushbu talqinlar ilgari berib o’tilgan ta’riflarni inkor qilmaydi, aksincha to’ldiradi, aniqlashtiradi. Demak, madaniyat—milliydir, tsivilizatsiya esa umuminsoniy zamonaviylikdir. Milliylik va tsivilizatsiyalashganlik uyg’unlashgandagina insoniyat ma’naviy va moddiy madaniyatlar uyg’unligiga erishadi. Zero, «milliyliksiz insoniyat mantiqiy mavhumlikka, mazmuni yo’q so’zga, ma’nosi yo’q tovushga aylanib qoladi». Har bir millatda, mamlakatda davom etayotgan tarbiyaviy jarayon umuminsoniy tarbiya tizimining tarkibiy qismidir. Demak, har bir davlatda olib borilayotgan siyosat kabi, tarbiya siyosati ham umumbashariy ehiyojlardan kelib chiqib muvofiqlashtirilmog’i kerak. CHunki insoniyat tsivilizatsiyasi taqdiri barcha halklarga bir hil bog’liq va qimmatlidir. Sayyoramizga rahna solayotgan azon qatlamining emirilishi, SPIDning tarqalishi, ekologik havf-hatarlar, terrorizm huruji, antropologik tahdidlarni «umumbashariy pedagogik birlik»ka erishmay turib bartaraf qilish mushkul. Afsuski, bu zaruriy birlik mazmuni turlicha tushunilmoqda. Jumladan, ayrim hollarda «umumbashariylik» tushunchasi «ovrupolashganlik» sifatida talqin va tashviq qilinmoqda. Umumbashariy pedagogik birlik g’oyasi «umumbashariy pedagogik bir hillashuv» emas, balki barcha milliyliklarning insoniyat qarshisidagi havf, tahdidlarga qarshi millatlararo pedagogik birligi bo’lmog’i kerak. Zero, shahs avvalo milliylashib, ijtimoiylasha borgani sari umuminsoniy mansublikka yaqinlashadi. Demak, shahs umuminsoniy qadriyatlarni to’g’ri, ijobiy qabul qila olishi uchun, avvalo, o’zi shakllangan muayyan milliylikning barkamol sub’ektiga aylana olishi kerak. SHu o’rinda mamlakatimiz taraqqiyoti tamoyillaridan biri sifatida belgilangan milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligini mamnuniyat bilan qayd etish lozim. Milliylikning barkamol sub’ektini tarbiyalashni tadqiq qilish yo’lidan borar ekanmiz, milliylikning nafaqat madaniy-ijtimoiy, balki fiziologik asoslari ham ochildi. Download 21.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling