Milliy tarbiyaning hozirgi kundagi ahamiyati. Madrimboyeva Charos


Download 69.5 Kb.
bet3/5
Sana31.03.2023
Hajmi69.5 Kb.
#1314060
1   2   3   4   5
Bog'liq
Milliy tarbiyaning hozirgi kundagi ahamiyati. Madrimboyeva Charo-fayllar.org

O’zbekistonda davom etayotgan milliy mustaqillikni mustahkamlash jarayoni ta’lim va tarbiya targ’ibotini ham isloh qilishni, ma’naviy va ma’rifiy ildizlarga payvand qilishni, yosh avlodlarda O’zbekiston vatanparvarlariga hos fazilatlarning tarihiy o’zaklarini aniqlashni, o’zbek xalqi tarihi, tili, ma’naviyati, adabiyoti, san’ati, an’analari va urf-odatlarini milliy-tarbiyaviy tadqiq qilishni talab etmoqda. Ana shu nuqtai nazardan tadqiqotimiz mavzusi milliy pedagogik tarih qirralarini ham o’rganishni talab qiladi. Chunki tarih o’zbek xalqi oldiga qachon, qanday tarbiyaviy talablar qo’yganligini; davr o’zgarishi bilan milliy tarbiyada fe’l-atvorimizda qay sifatlar qaysi tomonlarga o’zgarganligi, qaysi sifatlar o’zgarmay, avloddan-avlodga meros bo’lib etib kelganligini aniqlash respublikamizda milliy ma’naviyatni o’rganish, tiklash va istiqbolini belgilash nuqtai nazaridan g’oyat qimmatlidir.


  • Mustaqillik sharoitida ta’lim-tarbiyani tubdan isloh qilish, Kadrlar tayyorlashning milliy dasturini amalga oshirish davlatchiligimiz uchun strategik ahamiyatga molik zaruratdir. SHu bois mamlakatimizda «O’zbek xalqining yuksak qadr-qimmati, or-nomusi, shon-sharafi, o’ta mehribonligi va sof vijdonligiga asoslangan milliy g’ururni ma’naviy yuksaltirish va shu bilan birga, umumiy Vatanimizda biz bilan birga yashovchi va O’zbekiston Respublikasiga sadoqatli bo’lgan barcha xalqlar bilan birodarlikka yo’naltirilgan» (I. Karimov) milliy-istiqloliy tamoyil ijtimoiy-ma’naviy hayotning turli jabhalariga jadal kirib bormoqda.

O’zbekistonda jahon pedagogika fani nazariyasi va amaliyoti nuqtai nazaridan yangi, zamonaviy va ilmiy-eksperimental pedagogik tehnologiya — milliy tarbiyaning mafkuraviy, siyosiy, madaniy, ma’naviy, ilmiy asoslarini yaratish kabi dolzarb vazifani kun tartibiga qo’ydi. Ana shu jihatlardan ham milliy mustaqillik qo’lga kiritilgach, O’zbekiston maktablarida o’quvchilarni milliy tarbiyalash ham nazariy (pedagogika nazariyoti nuqtai nazaridan), ham amaliy (O’zbekiston maktablarida milliy tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil qilish nuqtai nazaridan) ehtiyojga aylandi. Mazkur tadqiqotimiz ana shu ehtiyoj — mustaqillikni mustahkamlash va rivojlantirishning pedagogik kafolatlarini qaratilgan ilmiy izlanishlardan biridir.


  • «Milliy tarbiya»ni ilmiy-pedagogik muomalaga kiritish — uning har bir tushunchasi, tarkibiy qismlari etimologiyasi, mohiyati, uyg’unlanish shartini, chegaralarini, maqsad, vazifalari, uslub va vositalar tizimini chuqur, atroflicha tahlil qilishni talab qiladi. Antropologik bilimlar tizimi, jahon pedagogik tajribasi va xalq pedagogakasi erishgan ilmiy yutuklarga tayangan holda «milliy tarbiya»ning mohiyati asoslandi. Hulosa o’laroq, «milliy tarbiya» tushunchasi — har bir halkda betakror mavjud bo’lgan «yahshi inson», «yahshi bola» siymosi va oila, ijtimoiy hayotda yosh avlodni ana shu «siymo»ga yaqinlashtirishga qaratilgan pedagogik ta’sir tizimini amalga oshirishning tarihiy, zamonaviy va uzluksiz jarayonidir.

Download 69.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling