Milliy tarbiyaning mazmuni va mohiyati. Tarbiya usullari va shakllari. Tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari. Reja: Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining maqsad va vazifalari
Download 155.58 Kb.
|
TIM BT va STI 4-KURS (QS) 1-MA\'RUZA 2021-2022 (1) (6)
Nafosat tarbiyasi. Nafosat tarbiyasi (estetik tarbiya - lotincha «estezio» go‘zallikni his qilaman) - o‘quvchilarni voqyelik, tabiat, ijtimoiy va mehnat munosabatlari va turmush go‘zalliklarini anglash, idrok etish va to‘g‘ri tushunishga o‘rgatish, ularning badiiy didini o‘stirish, ularda go‘zallikka muhabbat o‘yg‘otish, ular tomonidan go‘zallikni yaratish qobiliyatlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
Nafosat tarbiyasi «badiiy tarbiya» sifatida ham qo‘llaniladi. Umuman, nafosat tarbiyasi keng ma'noga ega bo‘lib, faqat san'at vositasidagina emas, balki, hayot, mehnat, ijtimoiy munosabatlar, tabiat va boshqalar vositasida go‘zallikni his qilishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatni o‘z ichiga oladi. Badiiy tarbiya esa san'at (adabiyot, musiqa, qo‘shiq, tasviriy san'atning boshqa yo‘nalishlari) vositasida shaxsda estetik his-tuyularni shakllantirishni nazarda tutadi. Nafosat tarbiyasi insonda go‘zallikni his qilish tuyg‘usini shakllanishiga yordam beradi, uni rivojlantiradi. Inson doimo o‘z hayotini go‘zallik asosida qurishga intiladi. Nafosat tarbiyasi axloqiy, aqliy, huquqiy, ekologik, jismoniy va mehnat tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Tabiat, adabiyot, teatr, musiqa, she'riyat, tasviriy san'at va boshqalarga bo‘lgan muhabbat shaxsning har tomonlama rivojlanishiga xizmat qiladi. Nafosat tarbiyasi axloqiy tarbiyani samarali tashkil etishda katta ahamiyatga ega. Nafosatdan rohatlanishda faqat san'at asarlarigina emas, balki ezgu ishlar, jamoaga hurmat, sadoqat, vijdonan mehnat qilish muhim o‘rin tutadi. Nafosat tarbiyasining mohiyati shundan iboratki, u go‘zallikka bo‘lgan munosabatni qaror toptiradi. Go‘zallikka bo‘lgan tuyg‘uni rivojlantirmay turib, yuqori mehnat madaniyatiga erishib bo‘lmaydi. Mehnat faoliyatida paydo bo‘lgan go‘zallik butun tarixiy taraqqiyot bosqichlarida rivojlanib bordi, u mehnat faoliyatining o‘ziga ham ta'sir ko‘rsata boshladi. Mehnat jarayonida tayyorlangan har bir buyum (tovar)ning ahamiyati, funksiyasi, zarurligi insonning tabiiy ehtiyojlarini qondirishi jihatidangina emas, balki uning qanchalik go‘zalligi bilan ham baholanadi. Go‘zallik bu hayotning o‘zi, tabiat hamda inson mehnati natijalari, insoniy munosabatlarning mukammalligidir. Nafosat tarbiyasining vositalari o‘quvchilarning go‘zallikni sevish ruhida tarbiyalash maqsadida tevarak-atrofdan tanlab olingan turmush, tabiat, san'at go‘zalligi va bolalarning badiiy faoliyatini tashkil etishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonda qo‘llaniluvchi omillar sanaladi. Oila go‘zallikning birinchi maktabidir. Oila a'zolarining o‘zaro munosabatlari, uy jihozlari, ularning yagona birligi, uyg‘unligi, tartibli joylashtirilishi, saranjom-sarishtalik, maktabning bezatilishi, maktabdagi yodgorlik va a'lochilar burchagi kabilarning barchasi bevosita bolalarda go‘zallikni tarbiyalashda katta ta'sir ko‘rsatadi. Nafosat haqidagi tushunchalarni o‘zlashtirib olish, ajoyib san'at asarini sayoz, past saviyada yozilgan asardan farqlash, o‘z fikr-mulohazalarining to‘g‘ri ekanligini qattiq turib, himoya qilishga yordam beradi. Yuqori sinf o‘quvchilari hayot va san'atda go‘zallik, xunuklik, zavq-shavqning xilma-xil turlariga duch keladilar. Ular g‘oyaviy yo‘nalishi va mazmuni jihatdan turlicha bo‘lgan badiiy hamda san'at asarlarni o‘qiydilar, tomosha qiladilar va tinglaydilar. Ijtimoiy hayot va san'atga oid hodisalarning mohiyatini to‘g‘ri tushunishda o‘quvchilarga go‘zallik va uni sevish mavzusidagi darslar, shuningdek, sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan xilma xil mashulotlar yordam beradi. Nafosat didi o‘z tabiatiga ko‘ra shaxsga xos bo‘lgan psixologik hodisadir. Ammo shaxs ijtimoiy munosabatlarning faol ishtirokchisi bo‘lganligi uchun u go‘zallikni baholash mezonlarini puxta o‘zlashtira oladi. Nafosat didi shaxsning buyum yoki hodisaga nisbatan munosabat bildirish turi, obektiv nafosat o‘lchovi bo‘lib, go‘zallik, xunuklik va tubanlikka baho berishda subektiv yondashuvni ifodalaydi. Did sanaladi. Xullas, maktab o‘quvchilari o‘rtasida nafosat tarbiyasini tashkil etishda samarali shakl, metod va vositalardan oqilona foydalanish ijobiy natijalar beradi. Download 155.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling