Milliy tarbiyaning mazmuni va mohiyati. Tarbiya usullari va shakllari. Tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari. Reja: Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining maqsad va vazifalari
Download 155.58 Kb.
|
TIM BT va STI 4-KURS (QS) 1-MA\'RUZA 2021-2022 (1) (6)
Ekologik tarbiya. Ekologiya tushunchasini ilk bor nemis zoologi E.Gekkel tomonidan 1866 yilda qo‘llanilgan. Olim tirik organizmlarning atrof-muhit bilan munosabatlarini belgilash uchun shu atamani taklif etdi. Ekologik tarbiya ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ekologik tarbiya (grekcha «oikos» - uy, turar joy, makon, «logos» -fan) o‘quvchilarga dastlabki ekologik bilimlarni berish, mavjud ekologik bilimlarini boyitish, ularda tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan pedagogik jarayondir.
Ekologiya - yunoncha so‘z bo‘lib, tirik mavjudotlarning yashash sharoiti va tevarak-atrofdagi muhit bilan o‘zaro munosabatlari hamda shu asosda yuzaga keladigan qonuniyatlarni o‘rganadigan fandir. Ekologiyaning fan sifatida yuzaga chiqishi XVIII-XIX asrlarni qamrab oladi. XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida tadqiqotchi - olimlar tomonidan ayrim omillar, ayniqsa, iqlimning kishi organizmiga ta'sirini o‘rganish natijasida bu fanga bo‘lgan e'tibor yanada kuchaydi. Bugungi kunda ekologiya muammolari umumjahon (umuminsoniyat, umumbashariyat) muammosiga aylangan. Shu sababli, bu masala yechimiga bir, ikki davlat emas, balki o‘z atrofimizdagi olam muvozanatini o‘ylayotgan ko‘pgina davlatlar e'tibor bermoqda. Jumladan, bu muammo yechimi Respublikamizda ham davlat siyosati darajasigacha ko‘tarilgan. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, Birinchi Prezidentimizning 1993-yil 23-apreldagi “Sog‘lom avlod uchun” Xalqaro nodavlat xayriya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmoni, o‘sha yili “Sog‘lom avlod uchun”ordenining ta'sis etilishi, shu nomda Davlat dasturi, “Ekologik ta'lim-tarbiya konsepsiyasi”ni ishlab chiqilishi, mamlakatimizda ekologik muammolarni bartaraf etishga davlatimiz hukumatining ham bu boradagi faolligidan dalolatdir. Ekologik tarbiyaga e'tibor yurtimizda oiladan, bog‘chadanoq boshlab o‘rgatilib borilgan. Hozirgi paytda umumta'lim maktablarida ham ekologik yo‘nalishdagi sinflarning tashkil etilishi va shular asosida litsey va maktablarda ta'lim-tarbiya ishlarining olib borilishi - yoshlarga maktab partasidanoq tabiatga muhabbat ruhida tarbiya berishga astoydil kirishilganligidan dalolatdir. Jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning tabiatga ta'sir etish darajasi ham shunchalik ko‘p bo‘lar ekan. Aholi sonining tez o‘sib borishi natijasida ekologik muammolar ko‘payib bormoqda. Ayniqsa, yer, suv, energetika, oziq-ovqat bilan ta'minlash haqidagi muammolar butun dunyo (global) muammolarga aylanib bormoqda. yer bag‘ridan har yili 120 mlrd tonnadan ortiq turli xildagi xomashyo, qurilish materiallari, yoqilg‘ini qazib olinishi va sarf qilinishi tabiiy boyliklar miqdorining kamayib borishiga sabab bo‘lmoqda. Ko‘pgina zararli korxonalar, zavodlarning oqar suvga yaqin joylashganligi sababli suv havzalarini toza saqlash muammo bo‘lib borayotir. Markaziy Osiyoda yashayotgan fuqarolarning salomatligi yomonlashib, kasalliklar ko‘paymoqda. yer kurrasida insonning yashab qolish-qolmasligi masalasi endi ekologik muammolarni yechishga boliq bo‘lib qoladi. O‘qituvchining bolalarga ekologik ta'lim va tarbiya berishda xalqimizning o‘ziga xos milliy tarbiyasidan o‘rinli foydalanishi yaxshi samara beradi. Milliy tarbiyamizda to‘rt narsa yer, suv, olov, havo muqaddas hisoblangan. Xalqimiz juda qadim zamonlardan suvga e'tiqod qo‘yib, yozning eng jazirama kunlarida “Suv sayli” o‘tkazgan. Ota-bobolarimiz “Suv-tabiat in'omi, hayot manbayi”, deb bejiz aytishmagan. Demak, o‘quvchi-yoshlarga ekologik tarbiya berishda milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an'analar, marosimlar, nodir qo‘lyozmalar va davlat arboblarining ushbu sohaga oid faoliyatlari mustahkam didaktik asos bo‘lib, bular orqali ularni atrof-muhitni toza saqlashga, ozodalikka, pokizalikka va eng asosiysi sog‘lom turmush tarzi hamda muhitini tashkil eta olishga o‘rgatiladi. Jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan taraqqiyoti darajasi undagi xalq xo‘jaligining turli jabhalariga ta'sir etadi. Bu borada o‘ziga xos global va mintaqaviy ekologik muammolar ham yuzaga kelaveradi. Bunda global muammolarga Orol fojiasi, Chernobil halokati, Xirosima va Nagasaki shaharlardagi bomba portlashlar hamda shu kabilar misol bo‘la olsa, mintaqaviy muammolarga zavod va fabrikalardan chiqadigan zararli chiqindilar yoki ma'lum hududdagi tuproq erroziyasi, ba'zi kasalliklarning ko‘payishi va shu kabilarni misol qilib olish mumkin. Download 155.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling