O‘quvchilarni fuqarolik ruhida tarbiyalashda davlat ramzlaridan foydalanish. Davlvt ramzlari muayyan millat, elatning etnopsixologik xususiyatlari, qarashlari, orzu-umidlari, intilishlari hamda maqsadi, hududiy, ijtimoiy-g‘oyaviy birlik mohiyatini anglatishga xizmat qiluvchi tasviriy belgilar majmuidir. Muayyan davlatning bayrg‘oi, gerbi (tamasi) hamda madhiyasi davlat ramzlari majmuini ifodalaydi.
Davlat ramzlari o‘zlarida chuqur siyosiy va ijtimoiy-g‘oyaviy mazmunni ifoda etadi. Davlat ramzlari (bayroq, gerb)da tasvirlangan ranglar, tasvirlar muayyan xalq, millat o‘tmishi, qadim an'analari, xalqning turmush tarzi, orzu-umidlari, maqsadi, hayotiy intilishlarini ifoda etishga xizmat qiladi. Davlat madhiyasida esa xalq, millat, davlat va jamiyatning yagona maqsadi, birligi g‘oyalari tarannum etiladi.. Davlat ramzlari davlatning mavjudligini ko‘rsatuvchi belgilar sanaladi. Ramzlar - bu shartli belgilar bo‘lib, ular qadim davrlardayoq turli xalqlarda u yoki bu hodisa, olam, mavjudot, odamlar tasvirini, ularning qarashlarini ifodalagan.
O‘zbekiston Respublikasida davlat mustaqilligining e'lon qilinishi ijtimoiy-siyosiy mustaqillikni ifoda etuvchi ramzlarni yaratishni taqozo etdi. Shu munosabat bilan 1990-yil 30-martda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi Qaror qabul qilindi va bu borada amaliy ishlar boshlab yuborildi. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 10-dekabrda bo‘lib o‘tgan XII sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi qabul qilindi. Ushbu madhiya mualliflari O‘zbekiston Xalq shoiri Abdulla Oripov va taniqli bastakor Mutal Burxonovdir.
Serquyosh, hur o‘lkam, elga baxt, najot,
Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon,
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Naqorat:
Oltin bu vodiylar -jon O‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot!
Istiqlol mash'ali, tinchlik posboni,
Xalqsevar, ona yurt, mangu bo‘l obod!
Do'stlaringiz bilan baham: |