Print master - Kaykovus o’zining “Qobusnoma” asarida, bola tarbiyasida talabchanlik bilan mehribonlikni birga olib borishni ta’kidlaydi: “Yosh bola ilm bilan adabni tayoq bilan o’rganur, o’z ixtiyori bilan o’rganmas. Ammo farzand beadab bo’lsa va sening ul sababdan qahring kelsa, o’z qo’ling bilan urmagil, muallimlarning tayog’i bilan qo’rqitgil. Bolalarga muallimlar adab bersinlar, toki sendan o’g’lingning ko’nglida gina bo’lmasin“.
- Munavvar qori bolalar tarbiyasida faqat ota-onalar emas, balki muallim va keng jamoa javobgar ekanligini aytib, ulardan bolalarni axloqli qilib tarbiyalashni talab etadi. U yoshlarni bilimlarni puxta egallashga, mehnat qilishga, umuminsoniy qadriyatlarga sadoqatli bo’lishga chorlaydi, ota-onalarni farzandlarida ma’naviyat, nafosat, go’zallik tug’yularini rivojlantirishga da’vat qiladi..
Tarbiya turlari
aqliy
axloqiy
ekologik
huquqiy
estetik
jismoniy
mehnat
Print master - Aqliy tarbiya-Aqliy tarbiya. Aqliy tarbiyani shakllantirishda faqat tushuncha va faktlardan foydalanishning o‘zi yetarli emas, buning uchun fikrlash, isbotlash, xulosa chiqarish, umumlashtirish, tizimlashtirish, taqqoslash, asosiy ma’lumotni ajratib olish kabi jarayonlarni ham faol qo‘llash lozim bo‘ladi. Aqliy mehnatni to‘g‘ri tashkil qilish o‘quvchilarga mustaqil bilim olishda eng muhim element bo‘lib hisoblanadi. Aqliy tarbiya o‘quvchilarda aqliy mehnatni to‘g‘ri tashkil etish, o‘z-o‘zini boshqarish, o‘zo‘zini nazorat qilish malakasining hosil bo‘lishiga ko‘maklashadi..
Print master - . Mehnat tarbiyasi- Mehnat tarbiyasi. Mehnat tarbiyasi oldida turgan asosiy vazifa o‘quvchilarga mehnat ta’limiga oid ilmiy bilimlar berish, mehnat qurollari bilan muomala qilishga o‘rgatib, hayotga, ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlashdir. Bu vazifalarni ikki turkumga ajratish mumkin. Birinchidan, mehnatga bo‘lgan munosabat jarayonidagi zarur bilim va ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |