Milliy turizm mahsulotlari va brendlari


Segmentlash: eng istiqbolli maqsadli bozorni tanlash


Download 418.19 Kb.
bet23/37
Sana22.06.2023
Hajmi418.19 Kb.
#1647832
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37
Bog'liq
Majua

Segmentlash: eng istiqbolli maqsadli bozorni tanlash

Turistik korxona murakkab bozor sharoitlarida faoliyat yuritayotib kimga, qanday xizmat ko‘rsatish lozimligini aniq bilishi shart. Gap shundaki, marketing nuqtai nazaridan, har bir bozor bir-biridan ta’bi, istaklari, ehtiyojlari bilan farq qiladigan va turistik xizmatlarning turli motivlaridan kelib chiqib, xarid qiladigan iste’molchilardan iborat. SHu sababli muvaffaqiyatli marketing faoliyatining amalga oshirilishi iste’molchilarning turli guruhlarining o‘ziga xos afzalliklarini hisobga olishni ko‘zda tutadi. Aynan shu bozorni segmentlashning asosini tashkil etadi. Segmentlash yordamida potensial iste’molchilarning umumiy miqdoridan turistik mahsulotga u yoki bu darajada bir xil talablarga ega bo‘lgan aniq turlar (bozor segmentlari) tanlab olinadi.


Turistik bozorni segmentlash – potensial xaridorlar talablarining sifati va miqdori bo‘yicha o‘ziga xosliklariga mos ravishda turkumlash sifatida ta’riflanadi. Korxona segmentlashni amalga oshirayotib bozorni mijozlarning alohida guruhlariga bo‘ladiki, ularning har biri uchun bir xil yoki o‘xshagan xizmat turlari talab etilishi mumkin bo‘ladi.
Segmentlashning asosiy maqsadi turistik mahsulotga yo‘nalish berish bo‘lib, u barcha iste’molchilarning talablariga javob bera olmaydi. Uning vositasida marketingning asosiy tamoyili – iste’molchiga mo‘ljallanish amalga oshiriladi. Bunda turistik korxona o‘z kuchlanishlarini to‘rt tomon tarqatmay, balki "asosiy zarba yo‘nalishida" (u uchun eng istiqbolli bo‘lgan bozor segmentlariga) markazlashtiradi. SHuning bilan savdo, reklama, sotuvlarni rag‘batlantirishning boshqa shakl va uslublari qo‘llanilish samaradorligining oshirilishiga olib keladi.
Demak, segmentlash bir tomondan, turistik korxonaning marketing faoliyati yo‘naltiriladigan bozor qismlarini topish va ob’ektlarini (avvalo iste’molchilarini) aniqlash usullarini aks ettiradi. Ikkinchi tomondan, bozor bilan bog‘liq bo‘lgan qarorlar qabul qilish jarayoniga boshqaruvchilik yondashuvi hamda marketing unsurlarining optimal birikmasini tanlash asosidir.
Turizmdagi marketing amaliyoti shunga kafolat beradiki, bozorni segmentlash:

  • o‘z maqsadiga ega istiqbolli bozorni tanlash vositasidir;

  • mijozlarni eng ko‘p (maksimal) darajada qoniqtirish imkonini beradi;

  • optimal marketing strategiyasini tanlashga yordam beradi;

  • erishib bo‘ladigan va aniq maqsadlarning qo‘yilishiga;

- qabul qilinayotgan qarorlar darajasini, ularning asoslanishini iste’molchilarning bozordagi xatti-harakatlari to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlab amalga oshirish imkonini beradi;
- taklif etilayotgan xizmatlar va umuman olganda korxona raqobatbardoshligini oshirilishi ta’minlab beradi;
- turistik korxona marketing xarajatlarining optimallashtirilishini ko‘zda tutadi;

  • raqobat kurashini chetlab o‘tish yoki egallanmagan segmentni o‘zlashtirish yo‘li bilan uning darajasini pasaytirish imkonini beradi.

Bozorni segmentlash – so‘zsiz, turizmdagi marketingning eng muhim dasturlaridan biri. Raqobat kurashidagi muvaffaqiyat uning qanchalik to‘g‘ri amalga oshirilganligiga bog‘liq bo‘ladi. Samarali bo‘lishi uchun segmentlash alohida belgilar bo‘yicha olib borilishi shart. Segmentlash belgilari.
Belgi – bozorda berilgan segmentni belgilash usuli. Turli mualliflar tomonidan taklif etilayotgan va turistik faoliyat amaliyotida foydalanilayotgan bozorni segmentlash belgilari ko‘p jihatdan nihoyat darajada o‘zaro o‘xshashdir. SHu erda qayd etib o‘tish lozimki, segmentlashga bo‘lgan biror - bir universal yondashuv mavjud emas. SHu sababli belgilangan bozorda talab va taklifning o‘ziga xos tomonlarini hisobga olgan holda bir necha belgilar asosida (bir vaqtning o‘zida bir yoki bir necha) segmentlash variantlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Turizmda segmentlashning asosiy belgilari:

  • geografik;

  • demografik;

  • ijtimoiy-iqtisodiy;

  • psixografik;

  • xulqiy (xatti-harakat, yashash tarzi).

Bozorni geografik belgilar bo‘yicha segmentlayotganda iste’molchilarning u yoki bu hududda yashashlari bilan belgilanadigan bir xil yoki o‘xshash afzalliklarini ko‘zda tutmoq lozim bo‘ladi. Geografik segment sifatida qandaydir tarixiy, siyosiy, milliy yoki diniy birlikka ega bo‘lgan butun bir mamlakat, mamlakat guruhlari ko‘rib chiqilishi mumkin.

Download 418.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling