Milliy turizm mahsulotlari va brendlari


Milliy turizm mahsulotining qiymati va sotilishini tahlil qilish


Download 418.19 Kb.
bet21/37
Sana22.06.2023
Hajmi418.19 Kb.
#1647832
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37
Bog'liq
Majua

Milliy turizm mahsulotining qiymati va sotilishini tahlil qilish
Reja

  1. Milliy turizm mahsulotini nisbiy tahlil qilish usuli.

  2. Turizm bozorida sotiladigan milliy turizm mahsulotining qiymatlari.

  3. Yangi yaratilgan milliy turizm mahsuloti tarkibi va qiymati. Iste’molchilar tomonidan ko‘rsatilgan xizmat darajasi bo‘yicha berilgan baholash usuli.

  4. Milliy turizm mahsuloti shakllanishining ekonometrik modellari.

  5. Milliy turizm strategiyasini ishlab chiqish. Milliy turizm korxonalarining SWOT tahlili.

Turizm iqtisodi rivojlanishining bozor modeli quyidagi faoliyatlar asosida shakllanadi:
-qo‘shma va xususiy mehmonxonalarni ko‘proq tashkil qilish yo‘li bilan xususiylashtirish;
- bozor infratuzilmasi elementlarining rivojlanishi (marketing, konsalting, reklama – axborot va boshqalar);
-turistik xizmat ko‘rsatish tariflari va narxlarining liberallashuvi;
- YUridik va jismoniy shaxslar tomonidan turistik faoliyat uchun beriladigan litsenziyalarni olish tartibining soddalashtirilishi;
- chet el kapitalini jalb qilish bilan tuzilgan qo‘shma korxonalar xisobiga turizmning nodavlat sektorini kengaytirish, korxonalar, firmalar va kompaniyalarning o‘sish sur’ati kichik va o‘rta biznesning shakllanishi;
- davlat korxonalari faoliyati tijoratlashuvi usulini chukurlashtirish, ularning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab – quvvatlash;
- turistik tadbirkorlik bo‘yicha antimonopol choralarni kiritish, buning asosida turizm sohasida raqobat muhitini yaratish;
- tashkilot mintaqaviy bo‘limlariga to‘liq mustakillik berish, xalqaro hamkorlik va tijorat faolyati.
Marketing turmahsuloti va turizm tizimining mukammalashuviga yo‘naltirilgan marketing faoliyatini ishlab chiqish iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi yadro hisoblanadi. Turmahsulot bozori respublika ichkarisida va chet elda mavjud. Lekin uning makro darajada qanchalik qoniqishi noma’lum. SHu munosabat bilan biz quydigilarni rejalashtirayapmiz:
- asosiy ustunni davlat mulkini xususiylashtirish va yangi xususiy, aksioner va boshqa turdagi korxonalar tashkil etilgandan so‘ng bozor munosabatlariga o‘tishni amalga oshirish uchun ko‘yish lozim;
- moliyaviy kredit siyosati pritsiplarini ishlab chiqish;
- meyoriy- uslubiy asoslar yaratish;
- turistik kompaniya va firmalar bo‘zilganlarini qayta tiklash,;
- kadrlarni tayyorlash va kayta tayyorlash tizimining rivojlanishi;
- turmahsulotning turili xillariga ko‘ra (ular mingdan ortiq) turmahsulotni maksimal xajmi bilan birga talab va taklifni aniqlash,
- turmahsulot bozori kon’yunkturasini o‘rganish, turmahsulotning aloxida guruhlarida aholi talablarini baholash;
- turmahsulot va turmahsulot bo‘yicha turistlar harakatining mativatsiyasini baholash va aloxida marshrutlarda talabning yaxshilanishi konkret choralarini ishlab chiqish ;
- turlar va marshrutlar reklamasini (mahaliy va xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan) amalga oshirish;
- respublikaning markaziy shaharlaridagi barcha turfirmalarida, shuningdek inofirmalarda kelishilgan asosda (Toshkentda -8, Samarqandda – 5, Buxoroda – 3, va Xivada – 2) turmahsulot sotuvchi reklama agentliklarini ochish;- transport vositalarining aloxida ko‘rinishlari temir yo‘l, aviatsiya, avtomobil va charter marshrutlari bo‘yicha marketing faoliyatini ishlab chiqish;- viloyat, respublika va mamlakat miqyosida har yili turmahsulot yarmarkalarini tashkil qilish; - turmahsulot kurgazmalarida ishtorik etish;
- jurnal, gazeta, radio va televidenieda reklamani sistematik ravishda olib borish;
- tur ob’ektlarning ajoyib tomonlarini reklama qilish maqsadida turizm sohasida radio va televideniya maxsus ko‘rsatuvlarida turizm rubrikasini ishlab chiqish;
Narx – rentabellik darajasini hisobga oluvchi xizmat ko‘rsatishning pullik ko‘rinishi. U mavsum, talab va taklif, xarajatning oshishi yoki tushishi va boshqa omillarna bog‘liq holda o‘zgaradi.
Ko‘pincha rivojlangan davlatlarda asosiy turistik xizmatlar narxi yuqoridagi omillar va turizm boshqaruv organlari nazoratiga bog‘liq holda o‘zgaradi. Narx va tarif darajasi (barcha mexmonlar uchun ) bozor nazariyasiga to‘g‘ri kelmagan, lekin rivojlanishning boshlang‘ich davrida juda zarur. Bozor munosabatlarining to‘liq shakillanganidan keyin narxlar ko‘yib yuboriladi
Turli xil turistlarga narxlarni tunatish lozim (MDX, maxalliy va chet el turistlariga) O‘zbekistonda bunday tariflash bozorga o‘tish sharoitiga kullansa bo‘ladi. Lekin narx va tariflardagi tugatish farqlari turizm bozori infratuzilmasini yaratishda nazorat qilinadi, eng kami xalqaro bozor tomonidan nazorat qilinadi, eng kami talab va taklifdan kelib chikkan holda belgilanadi.




    1. Download 418.19 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling