Milliy turizm mahsulotlari va brendlari
Download 418.19 Kb.
|
Majua
- Bu sahifa navigatsiya:
- MILLIY TURIZM MAHSULOTLARI VA BRENDLARI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCh DAVLAT UNIVERSITETI “TASDIQLAYMAN” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor _________dos. S.U.Xodjaniyazov ___________________________ «____» _________ 2021 y. MILLIY TURIZM MAHSULOTLARI VA BRENDLARIFANININGO‘QUV DASTURI
Urganch – 2021 Fanning o‘quv dasturi Urganch davlat universiteti tomonidan ishlab chiqilgan. Tuzuvchi: o‘q.B.Ro‘zmetov Taqrizchi: Turizm va mehmonxona xo‘jaligini boshqarish kafedrasi mudiri: dos. Xudayberganov D. Kadrlar iste’molchisi: Xorazm viloyati turizmni rivojlantirish departamenti direktori v.b.: Shamuratov J. Fanning o‘quv dasturi Urganch davlat universiteti kengashida ko‘rib chiqilgan va tavsiya qilingan (2021 yil “__”_________ dagi “__” -sonli bayonnoma). KIRISH Hozirgi vaqtda turizm rivojining asosiy yo‘nalishi bo‘lib, ular turistik mahsulot tayyorlash, ya’ni uni xalqaro bozorlarga yo‘naltirish, realizatsiya qilish va ularni jahon standartlariga moslashtirish hisoblanadi. Milliy turistik tashkilotlar tomonidan taklif qilinayotgan turistik mahsulot o‘lkaning turistik resurslari asosida yaratiladi va asosan madaniy, tabiat va tarixiy qiymatlarga ega bo‘ladi. O‘zbekistonning xozirgi turistik mahsuloti xalqaro bozorda yagona “Buyuk ipak yo‘li” nomi bilan taklif etiladi. Ammo, ushbu turistik mahsulot har bir hududlarning turistik imkoniyatlarni ko‘rsatib bera olmaydi hamda faqat tor iste’molchilarga mo‘ljallangan bo‘ladi. Turistik mahsulot turoperatorlar tomonidan yaratiladi va imkoniyatga bog‘liq bo‘ladi. Xususan, ichki va xalqaro turizmni rivojlanishi, uni kelajakdagi istiqbollari bevosita milliy turmahsulotlarni yaratishga bog‘liq. Turizmni tashkil etishda turoperatorning ahamiyati juda katta bo‘lib, bu sohada malakali mutaxassislarni tayyorlash g‘oyat muhim masala bo‘lib turibdi. Shu bois turizm sohasidagi har bir mutaxassis “Milliy turizm mahsulotlari va brendlari” fanini o‘zlashtirishi lozim. Mazkur fan yaqin istiqboldagi eng muhim vazifa hisoblangan iste’mol talabini kengaytirish maqsadida ijtimoiy sohani rivojlantirish, mehnatga haq to‘lashni yanada oshirish, xizmat ko‘rsatish sektori, infratuzilma ob’ektlarini rivojlantirish, transport va kommunikatsiya loyihalari amalga oshirilishiga alohida e’tibor berishdan iborat. Shunga asosan, keltirilgan ma’lumotlar, qoidalar va xulosalarni puxta o‘zlashtirishlari, kelgusi faoliyatida samarali foydalanishlari hamda ijodiy yondashishlarini ta’minlash fanni o‘rganish oldida turgan asosiy vazifalaridan biridir. Download 418.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling